O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim


Download 0.8 Mb.
bet39/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam, eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


* * *
Sen bo‘lmasang nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q, derlar.
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam, har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlaru Abdullolar,
Sening qaytgan kuning – men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Muhammad Yusuf bu she’rini shunday mahzun ohangda, go‘yoki aybdor ekanligi uchun, yig‘lamsiragan intonatsiyada o‘qiydiki, she’rni eshitgan har qanday tosh yurakli inson­ning ham eti junjikib ketadi. Shoirning bu nolalari o‘tmishimizni, ona tilimizga uzoq yillar bepisand bo‘lgan­ligimizni esga soladi. Ona tilimizni ehtiyotlash zarurligi uchun bong urmoqda. Ona tili bu xalqning, mil­latning madaniyatini, uzoq o‘tmishini, tarixini ko‘rsatuv­chi vosita ekanligini aytib, shoir barchamizni xushyor­likka chorlamoqda.


Har bir notiq Markaziy Osiyo va jahon mutafakkir­larining hikmatli so‘zlaridan, maqollar, matallaridan mahorat bilan foy­dalanishi mumkin. Nutqida ashula, ri­voyatlar, she’rlardan par­cha­lar keltirib, foydalansa, bu notiqning mahoratidan dalolat beradi.
Nutq madaniyatida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va into­natsiya katta rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Notiq nutqida qo‘llayot­gan so‘zning har biriga tushayotgan urg‘usiga alohida aha­miyat bersa, nut­qining mazmunlilik, ta’sirlilik dara­jasi ortishini bilishi mumkin. Notiqlikning eng muhim belgilaridan yana biri so‘zlanayotgan gapning intonatsiya­sidir. Notiqning nutqi agar bir tempda, bir xil ovozda davom etaversa, fikrlar qanchalik ahamiyatli, dol­zarb, qiziqarli bo‘lishidan qat’iy nazar, tinglovchilarning, ayniq­sa, talabalarning zerikishiga, hech qaysi fikrni, hech narsani qabul qilmasligiga olib keladi. Tajribali no­tiqlar nutqining rit­mik va ohangdor tuzilishi, o‘zgarib turishi, past-balandligi, sado kuchi, ovoz tebranishi or­qali nutqning mazmundorligi oshishiga alohida e’tibo­rini qaratadi.
O‘zbek nutqining o‘ziga xos intonatsiya, sukut, sur’at, ritm kabi tarkibiy qismlari mavjud. Notiq ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida intonatsiya, pauza qayerda kelishi­ni aniqlab olishi kerak.
Nutqda intonatsiyaning roli benihoyat katta. Chunki nutqni turli shaklda, uzun-qisqaligidan qat’iy nazar, ohangning, ovoz­ning rang-barangligi, aytilayotgan fikr­ning tinglovchiga yetib borishidagi roli alohida aha­miyatga ega. Nutqning rang-barang­ligi uni jozibali qi­ladi, nutqning eng muhim jihatlarini bo‘rttirib ko‘r­satadi, aytilayotgan g‘oyalarni tinglovchilarga to‘la-to‘kis yet­kazishga yordam beradi. Notiq har doim qayerda, qachon, kim­larga gapirishdan, ma’ruza o‘qishdan, suhbatlashishdan qat’iy nazar, tez, shoshma-shosharlik bilan gapirmasligi, aksincha, nutqning mazmuniga mos ohangda gapirish usu­lini oldindan aniqlab, belgilab olishi kerak. Ya’ni, no­tiq nutqi ritmini aniqlab, qaysi fikrlarini sal bo‘rt­tirib, ovozini sal ko‘tarib, qaysi fikrlarini aytayot­ganida ovozini sal pasaytirishi zarurligini ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida belgilab, aniqlab olishi zarur. Mana shu talablarga amal qilingandagina nutq san’at asa­riga, notiq san’at­korga aylanadi. “So‘z inson kuchining qo‘mondoni” (Mayakovskiy) bo‘lib, tinglovchini o‘ylatadi, kuldiradi, yig‘latadi, mulohaza yuritishga majbur qiladi.
Notiq o‘z nutqini kuchaytirishida san’atning barcha tur­larining xizmati katta. So‘z san’atidan tashqari, ama­liy bezak, san’at turlari: teatr, raqs, sirk, rassomlik, kino kabilarda qo‘l­laniladigan umumiste’molda bo‘lmay­digan so‘zlardan, tasvirlar­dan, so‘z qo‘llashdagi usullar­dan, ovozdan foydalanib, notiqlik darajasini o‘stirish mumkin. Notiq ilmiy asarlarni o‘qib, o‘rganib borishi kerak. Masalan: 2020-yil “Ilm-fan va raqamli iqtisodiyot yili” deb ataldi. Demak, notiq raqamli iqtisodiyot nima ekanli­gini yaxshi tushunib olishi va keng xalq ommasiga tushuntira olishi darkor. Ayni kunlarda Prezident ta­shab­busi bilan ilm-fandagi yangiliklar, kashfiyotlar ish­lab chiqarishga yordam berishi, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligi aytil­moqda. Demak, notiq za­mon, davr bilan hamnafas qadam tash­lashi lozim.
Notiq nutqini boyitishda turli lug‘atlarning foy­dasi juda katta. Ma’lumki, lug‘atlar har xil bo‘ladi: izoh­li lug‘at, fra­zeologik lug‘at, sinonim so‘zlar lug‘ati, baynalmilal so‘zlar lug‘ati, o‘zbek tilining orfoepik lug‘ati, ensiklopedik lug‘at, turli fan tarmoqlariga oid terminologik lug‘atlar. Notiq nota­nish so‘zlarni “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (5 jildlik)dan ma’no­sini yaxshi o‘rganib olishi mumkin. Notiq hamma vaqt yangi so‘z va so‘z birikmalarini, iboralarni bilib, tushunib olishga va yodda saqlab qolishga harakat qilishi lozim.
Notiq kundalik hayotda eshitilib turiladigan gap-so‘zlarga, radio-televideniye eshittirishlari va ko‘rsatuv­lariga doimo diqqat bilan quloq solishi, kuzatishi, o‘qi­ladigan matnlarga sinchkovlik bilan e’tibor qaratib, notanish va noaniq so‘z va yangi iboralarni yozib olishga odatlanishi kerak. Haqiqiy mehnatkash notiq, o‘z obro‘-e’tiborini saqlovchi sifatida u tevarak-atrofidagi ki­shi­larning so‘zlashuvidan ham ko‘p yangiliklar oladi.
Notiq, avvalo, mamlakatimizning Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Toshkent, Namangan kabi tarixiy obidalar ko‘p bo‘lgan shaharlarini yaxshi bilishi, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bo‘lishi lozim. Qolaversa, jahondagi mashhur obi­dalar mavjud bo‘lgan mam­lakatlarga sayohat qilib ham so‘z boyliklarini yanada boyitishi lozim.
Notiq bo‘lmoqchi bo‘lgan har qanday mutaxassislikni egal­lagan shaxs avvalo, o‘zbek tilini yaxshi o‘zlashtirgan, “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati”, “Mumtoz asarlar lug‘ati”, “O‘zbekcha-ruscha lug‘at”, “Islom ensiklopediyasi”, “O‘zbekiston Milliy en­sik­lopediyasi”, “Ensiklopediya lug‘ati”, “Yosh rahbar ensiklo­pe­dik lug‘ati” kabi o‘nlab qo‘llanmalarni o‘qishi va ulardan unumli foydalanishi kerak. Barcha lug‘atlar notiq nutqini boyitishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling