O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- muallif nutqi
- Jonlantirish
- “Qizg‘aldoq”
Ko‘chirma nutq, deb boshqalarning aytgan gaplari ma’nosini saqlagan holda ko‘chirib gapirishdir. Agar badiiy asardagi personajlar nutqi boshqalardan olib, o‘xshatib gapirtirilsa, bu o‘zlashtirma nutq deyiladi.
Monolog – badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Monolog nutq – dialogdan nutqqa boshqa shaxslarning aralashmasligi bilan farq qiladi. Badiiy adabiyotda muallif nutqi, personaj nutqidan tashqari badiiy nutq ham mavjud. Notiq badiiy adabiyotdagi obrazlarning xilma-xilligi, ko‘pligi, yozuvchi, shoir asari orqali nima demoqchiligiga, so‘zlarni, iboralarni gapida qanday tasvir vositalaridan foydalanganligiga ham e’tibor berishi va o‘rganishi lozim. Adabiy asarning go‘yo ko‘rish, eshitish va sezish, his qilish mumkin bo‘lgan manzara va obrazlar yaratuvchi elementlari tasviriy vositalar deyiladi. Tasviriy vositalar voqelikni badiiy aks ettirish usullari, tasviriy-emotsional vositalar bo‘lib, ularning jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish, mubolag‘a, antiteza, sarkazm, obrazli parallelizm, ramziy obrazlar, allegorik obrazlar kabi ko‘rinishlari xalq og‘zaki ijodida va yozma adabiyotda ko‘p uchraydi. Jonlantirish – badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lib, insonga xos xususiyatlarni jonsiz va mavhum hodisalarga nisbat berib tasvirlashdir. Jonlantirish buyum va hodisalarni jonlantirishdek tasvirlash orqali badiiy obrazga emotsionallik bag‘ishlaydi. Masalan: Muhammad Yusufning “Qizg‘aldoq” she’rida: Sollanasan kelinchakday boshing egib, Jayron o‘tgan so‘qmoqlarga yoshing to‘kib. Qizil yuzing qon dilimga turar tegib, Meningdek sen g‘aribning ham parvonang yo‘q... Shoir bu she’ri orqali lolaqizg‘aldoq obrazini kitobxon ko‘z oldida jonlantira olgan. Sifatlash – kishi, narsa-hodisa, voqealarning biror belgisini, sifatini aniq, ravshan ko‘rsatib beruvchi badiiy tasvir vositasi bo‘lib, turli sifatlarni ifodalovchi so‘z va iboralardan, gaplardan tashkil topadi. Sifatlash ma’lum bir so‘z ma’nosini boshqa so‘zga, ma’noga ko‘chirilgan holda ta’riflashdir. Masalan: zumrad bahor, oltin vodiy, O‘zbekiston gavhari kabi. Voqea-hodisani ta’riflaganda sifatlashdan foydalanganda uning mazmun-mohiyati, ma’nosi yaxshiroq, aniqroq ifodalanadi. Sifatlash orqali narsa, voqea-hodisa ko‘z oldimizda yanada yorqinroq, chiroyliroq ko‘rinadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling