Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Matematika oʻqitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
L.D.Kudryavtsev
Hayotda matematikani oʻrganishdan va oʻqitishdan yaxshiroq narsa yoʻk. Feldblyum BIRINCHI MA’RUZA Mavzu: Matematika oʻqitish metodikasi fani, matematika oʻqitish mazmuni va vazifalari. 1. Matematika – fan va oʻquv predmeti sifatida. 2. Matematika oʻqitish metodikasi fani maqsad va vazifalari. 3. Maktabda matematika oʻqitish mazmuni va vazifalari 4. Matematika oʻqitishda predmetlararo aloqalar. Tayanch iboralar: matematika, matematika oʻqitish metodikasi, davlat ta’lim standarti, oʻquv dasturi, oʻquv rejasi. h 1.Matematika - fan va oʻquv predmeti sifatida. “Matematika” soʻzi grekcha “bilish, fan” soʻzidan olingan boʻlib, bizga qadimgi Yunonistondan etib kelgan. Bu fan oʻz rivojlanish davri mobaynida quyidagi davrlarni bosib oʻtgan: 1) Matematikaning paydo boʻlish davri - amaliy hisoblashlar va oʻlchashlar, son va figura tushunchalari shakllanishi bilan belgilanadi. Bu davrda arifmetika va geometriya kabi matematikaning boʻlimlari oʻz bosh-langʻich asoslariga ega boʻldi. 2) Oʻzgarmas miqdorlar davri –eramizgacha VI-V asrlardan boshlanib, bu davrda matematika fani tadqiqot tushunchalariga (son va shakl), usullariga ega boʻlgan mustaqil fan sifatida shakllandi Bu davrda matematikaning yangi sohasi – algebra fani paydo boʻldi va rivojlandi. Bunda buyuk vatandoshlarimiz Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy , Umar Hayyom, Abu Ali Ibn Sino , Ulugʻbek , Al-Fargʻoniy-larning xizmati katta boʻlgan. 3)Oʻzgaruvchi miqdorlar davri XVII asrdan boshlanib XIX asr birinchi yarmigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olib, matematikaning tadbiq qilish sohalari koʻpaydi, funktsiya va u bilan bogʻliq, uzluksizlik va harakat gʻoyalari asosiy oʻrinni egalladi. Matematik analiz tarkib topdi va takomillashtirildi. 4) Oʻzgaruvchi munosabatlar davrida abstrakt nazariyalar, matematik tuzilmalarning roli oshdi va modellashtirish usuli keng qoʻllanila boshlandi. Bu davr XIX asr ikkinchi yarmidan boshlanib to hozirgacha boʻlgan davrni qamrab olib, fanda algebraik strukturalar, yangi nazariya va yoʻnalishlarning paydo boʻlishi va rivojlantirilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda matematika yanada taraqqiy etib, turli nazariy kashfiyotlar bilan birgalikda uning amaliy tadbiqlari koʻpayib bormoqda. Matematika fan sifatida ham, oʻquv predmeti sifatida ham yosh avlodga oʻrgatilishi talab etiladi. Bunga sabablar quyidagilar: Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni toʻla va chuqur oʻrganish, targʻib etishni talab etadi; oʻrganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bogʻliq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi boʻlib hisoblanadi. Matematika oʻquv predmeti sifatida: oʻquvchilarga matematikadan bilim, koʻnikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda oʻquvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; oʻqitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; oʻquv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas. 2. Matematika oʻqitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari Insoniyat oʻz rivoji davrida yosh avlodga bilimlar berar ekan asosiy e’tiborini oʻz faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib, fanlar asoslarini oʻrgatishga harakat qiladi. Shu sababli oʻquvchilarga barcha bilimlar qatori matematikadan chuqur bilimlar berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika oʻqitish metodikasi asosiy oʻrinlardan birida turadi. "Metodika" soʻzi yunoncha "metod" yoki "usul" soʻzidan olingan. Matematika oʻqitish metodikasi (metodikasi) fani deb jamiyat tomonidan qoʻyilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda matematika oʻqitish usullarini, qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida oʻrganadigan va tadqiq etadigan pedagogikaning boʻlimiga aytiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling