Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet39/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Deduktsiya lotincha deduktio – keltirib chiqarish ma’nosini anglatib, tasdiqning bir shakli boʻlib, bitta umumiy hukmdan va bitta xususiy hukmdan yangi unchalik umumiy boʻlmagan yoki xususiy hukm keltirib chiqariladi. Umumiy hukm EKUB (6,7) q1. Yangi xususiy hukm: 6 va 7 oʻzaro tub sonlar.
Deduktiv xulosalar uch xilda boʻladi: a) umumiyroq qoidadan umumiyroq boʻlmagan (yoki birlik) hukmga oʻtish, masalan, yuqoridagi misol bundan dalolat beradi; b) umumiy qoidadan umumiy qoidaga oʻtish
(masalan, barcha juft sonlar 2 ga boʻlinadi, barcha toq sonlar 2 ga boʻlinmaydi, hech qanday juft son bir vaqtda toq son ham boʻlolmaydi);
v) birlikdan xususiyga oʻtish ( 2 soni-tub son, 2 –natural son, ba’zi natural sonlar tub sonlardir).
Matematikada yana matematik induktsiya printsipi mavjudki, u orqali koʻpgina mulohxazalarni isbotlash mumkin boʻladi.Uning bosqichlari quyidagilardan iborat: 1) kuzatish va tajriba; 2)faraz; 3) farazni asoslash( isbotlash). U uch qadamda amalga oshirilishi mumkin: 1) pq1 uchun mulohaza toʻgʻriligi tekshiriladi: 2)pqk uchun mulohaza toʻgʻri deb, mulohazaning pqkQ1 uchun toʻgʻriligi isbotlanadi.3) isbotning oldingi ikki qadami va matematik induktsiya printsipiga asosan teorema yoki mulohaza har qanday p uchun toʻgʻri degan xulosaga kelinadi. Bundan oʻqitishda keng qoʻllanib, turli xil sonli tengliklar va tengsizliklarni isbotlashda foydalanish mumkin.
Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1. Matematika oʻqitishda qanday ilmiy-tadqiqot usullari qoʻllaniladi?
2. Kuzatish va tajriba oʻqitishda qanday qoʻllaniladi?
3. Taqqoslash va analogiyaning qanday xususiyatlari mavjud?
4. Analiz va sintez qanday matematika oʻqitishda amalga oshirish mumkin?
5. Umumlashtirishning qanday belgilari mavjud?
6.Maxsuslashtirish va konkretlashtirish xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
7.Induktsiya va uning xossalari haqida nimalarni bilasiz?
8.Deduktsiya va uning oʻqitishda qoʻllanilish xususiyatlari nimalardan iborat?
9.Matematik induktsiya printsipi bilan matematik mulohazalar kanday isbotlanadi?



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling