Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Mustaqil oʻrganish uchun savollar
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika oʻqitish metodikasi
- Matematika oʻqitishda predmetlararo aloqalar – bu
Mustaqil oʻrganish uchun savollar:
1. Maktabda toʻgʻri chiziqlarning fazodagi oʻzaro joylashishi qanday xossalari oʻrganiladi? 2. Toʻgʻri chiziq va tekisliklarning fazoda oʻzaro joylashishi qanday xossalarga ega? 3. Fazoda tekisliiklar oʻzaro qanday joylashishi mumkin va ular-ning qanday xosslari mavjud? 4. Koʻpyoqlarning qanday turlari oʻrganiladi? 5. Prizmaning qanday xossalari mavjud va ular qanday oʻrganiladi? 6. Piramida va uning xossalari haqida nimalarni bilasiz? 7. Koʻpyoqlar yon sirti va hajmlari qanday formulalar bilan topiladi? 8. Muntazam koʻpyoqlar qanday tartibda oʻrganiladi? 9. Aylanish jismlariga qanday ta’riflar beriladi? 10. Tsilindr va konusning qanday elementlari mavjud va ularning tasvirlash qanday usulda amalga oshiriladi? 11. Shar va sfera qanday tartibda oʻrganiladi? 12. Aylanish jismlarining sirti va hajmini topish masalalari qanday oʻrganiladi? Tabiat qonunlarini oʻrganishda insoniyatga yoʻl ochuvchi fanlar orasida eng qudratlisi, eng buyugi – matematika. S.V.Kovalevskaya Matematika barcha bilim sohalariga kirib boradi. K.E.Tsiolkovskiy GLOSSARIY 1. “Matematika” -grekcha “bilish, fan” soʻzidan olingan 2. Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni toʻla va chuqur oʻrganish, targʻib etishni talab etadi; oʻrganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bogʻliq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi boʻlib hisoblanadi. 3. Matematika oʻquv predmeti sifatida: oʻquvchilarga matematikadan bilim, koʻnikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda oʻquvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; oʻqitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; oʻquv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas. 4. Matematika oʻqitish metodikasi (metodikasi) fani - jamiyat tomonidan qoʻyilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda matematika oʻqitish usullarini, qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida oʻrganadigan va tadqiq etadigan pedagogikaning boʻlimi. 5. Matematika oʻqitish metodikasi fani – “matematika pedagogikasi” sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon boʻlish xususiyatlarini oʻrganadi. Nima uchun matematikani oʻrgatish kerak? Kimni matematikaga oʻrgatish kerak? Bir tomondan bu savol yosh haqida boʻlib, qachondan boshlab bolalarni matematikaga oʻrgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur oʻrnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi. Oʻrganiladigan matematika mazmuni qanday boʻlishi kerak? Yoki nimani oʻrgatish kerak? Bu savolga javob matematika oʻkitish maqsadlari haqidagi savol bilan mustahkam bogʻliq. Matematika fanidan uni oʻqitish va oʻrgatish uchun qanday hajmda va qanday ma’lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan hisoblanadi. Matematikani qanday oʻrgatish kerak? Bu savolga javob matematika oʻqitish metodikasining muhim qismi boʻlib, eng harakatchan, eng ilgʻor va eng qulay oʻqitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targʻib qilish talab etiladi. 6. Matematika oʻqitish metodikasi fanining asosiy vazifalari quyidagilar- matematikani oʻrganishning maqsadlari va oʻquv predmeti maz-munini aniqlash; qoʻyilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy oʻqitish shakllarini yaratish. 7. Matematika oʻqitish metodikasi boʻlimlari-matematika oʻqitish umumiy metodikasi (masalan, oʻqitish usullari printsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika oʻqitish xususiy metodikasi (maktab matematika kursining ayrim boʻlimlari yoki tushunchalari yoʻnalishlarini oʻrganish usul va yoʻllari qaraladi); matematika oʻqitish maxsus metodikasi (masalan, akademik litsey, kasb-hunar kollej va maxsus oʻquv yurtlarida matematika oʻqitishning xususiyatlari oʻrganilishi mumkin). 8. Maktabda matematika oʻqitishning asosiy maqsadlari -umumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maqsadlar. 9. Umumta’lim maqsadlar-: oʻquvchilarga ma’lum matematik bilim, koʻnikma va malakalar sistemasini berish; oʻquvchilarga olamni oʻrganishning matematik usullarini egallashlariga yordam berish; oʻquvchilarni ogʻzaki va yozma matematik nutqqa oʻrgatish; oʻquvchilarning ta’lim jarayonida va oʻz ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qoʻllashlari uchun etarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish. 10. Tarbiyaviy maqsadlari- matematika faniga boʻlgan turgʻun qiziqishni tarbiyalash; oʻquvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, mehnatga hurmat, burch hissi, goʻzallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); oʻquvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. 11. Amaliy maqsadlari- olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni echishga, boshqa oʻquv fanlarni oʻrganishda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga oʻrgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish koʻnikmalarini tarkib toptirish. 12. Maktabda oʻquvchilarga matematikani oʻqitishdan koʻzda tutilgan maqsadlar: - oʻquvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli oʻzlashtirilishida hamda hayotga tadbiq eta olishiga intilish; - oʻquvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yoʻllarini topa olishlariga koʻmaklashish; - insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning oʻqitilishiga boʻlgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uygʻunlashtirish; - vatanparvarlik, milliy gʻururni tarkib toptirish, rivojlantirish, matematika rivojiga komusiy olimlarimiz qoʻshgan ulkan hissalaridan oʻquvchilarni xabardor qilish; - jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika toʻgʻrisidagi tasavvurlarni shakllantrish; - oʻquv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish. 13. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari -son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi oʻrnini koʻrsatish; hisoblashning amaliy koʻnikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish koʻnikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi masalalarni echishda qoʻllash; elementar funktsiyalarning xossalari, grafiklarini oʻrganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini oʻzlashtirish; oʻrganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda roʻy berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi toʻgʻrisida tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini oʻrganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini echishga tadbiq qilish koʻnikmalarini shakllantirish. 14. Davlat ta’lim standarti(DTS)- matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan oʻquv yuklamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan talablar va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi. 15. Matematik ta’limning asosiy yunalishlari- son va hisoblashlar; ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funktsiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va kattaliklar. 16. Oʻquvchilarning matematik tayyorgarligiga qoʻyiladigan talablar-: a) matematik ta’lim jarayonida oʻquvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi; v)oʻquvchilarning matematikadan egallashlari majbur boʻlgan bilim va malakalar, masalalar echish koʻnikmalari koʻrsatiladi. 17. Matematika oʻqitishda predmetlararo aloqalar – bu matematika boshqa oʻquv fanlari bilan ,ayniqsa fizika, astronomiya, biologiya, chizmachilik, kimyo va hokazo fanlar bilan bogʻlanishlarga. 18. Matematika boshqa predmetlar bilan ichki aloqalari-bu geometriya va algebra orasida ham aloqalar 19. Matematik tadqiqotning matematika oʻqitishda qoʻllaniladigan asosiy usullari- kuzatish va tajriba; taqqoslash va analogiya; analiz va sintez; umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish va abstraktsiyalash. 20. Kuzatish - atrof olam alohida ob’ektlar va hodisalarining xossalari va munosabatlarini ular mavjud boʻlgan tabiiy sharoilarda oʻrganish usuliga aytiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling