O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kasbiy ta’lim fakulteti mexnat ta’limi va chizmachilik kafedrasi o’qituvchisi abdullayeva komilaning «Bolalar shapkachasini tukishni o’rgatish»


Download 3.08 Mb.
bet1/9
Sana05.11.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1749475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalar shapkachasini


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


KASBIY TA’LIM FAKULTETI
MEXNAT TA’LIMI VA CHIZMACHILIK KAFEDRASI
O’QITUVCHISI ABDULLAYEVA KOMILANING
« Bolalar shapkachasini tukishni o’rgatish» mavzusi bo’yicha ochiq darsi.

Mavzu: « Bolalar shapkachasini tukishni urgatish»


BOSHNI О‘LCHAB OLISH. QALPOQCHANING ASOS ANDOZASI. MODELNING YUQORI QISMIDA PETLYALARNI KAMAITIRISH QOIDASI. AYOLLAR QALPOQCHASI. AMALIY MASLAHATLAR
Qulay, chiroyli qalpoqcha tо‘-qish qiyin emas — unga ma’-lum darajada tо‘qish texnika-sidan tajriba va ba’zi «sir-larni» bilish kerak. Qanday qilib, qalpoqchani boshga yax-shi yopishib turadigan, chо‘zi-lib ketmaydigan va о‘zingizga yarashadigan bо‘lishiga eri-shish mumkin (1-rasm) Ishda hisobga olinishi kerak bо‘lgan asosiy talablar bilan tanishib chiqing. Eng asosiy narsa — andozadan boshlaymiz. U qalpoqcha tо‘­qish jarayonini yengillashti-radi, «kо‘rmasdan» ishlashdan qutqaradi.
Tо‘qima qalpoqcha uchun boshni о‘lchab olish (2-rasm). О‘lchash uchun kizak chizig‘i asos qilib olinadi. U bosh aylanasiga teng bо‘lib, bosh kiyim raz-merini belgilaydi. Qoshning ustidan peshona bо‘y­lab va eng turtib chiqqan ensa bо‘ylab о‘lchab oling. Santimetrli lentani tarang tortib turing. Masalan, bosh aylanasi 56 sm ga teng bо‘lsin deylik. Endi boshning qoq о‘rtasidan old tomoni, bosh kiyimning chetigacha (16 sm), ort tomoni (17 sm) va yon tomonini (21 sm) о‘lchab oling.
Oxirgi о‘lchov (21 sm) ni boshning qoq о‘rtasidan boshlab, chakka qismi bо‘ylab о‘lchang. Keyin quloqning solinchig‘i-dan boshlab, ensa о‘rtasigacha bо‘lgan oraliqni (11 sm) aniqlab oling. Eslatma. Boshning qoq о‘rtasi­dan boshlab old tomon qal­poqcha chetigacha bо‘lgan ora­liqni о‘lchashda, qalpoqcha qanday kiyilishini: peshona-ning hammasini bekitib kiyilishini yoki aksincha peshona ochiq bо‘lishini hisobga olish zarur. Shunga qarab о‘lchov har xil bо‘ladi. Qalpoqchaning asosiy andoza-si. Ulchovga binoan chizma tuzing (3-rasm) — bu asosiy andoza bо‘ladi. Agar andozaga asosan qalpoqchani pastdan yuqori tomon tо‘qib, punktir chiziq ustida petlyalarni ka-maytirib, keyin biriktirib tiksangiz, «boshga moye» qal­poqcha bо‘ladi. U boshning shaklini takrorlaydi va unga yopishib turadi. Boshqa shakldagi qalpoqchalar uchun asosiy andozaga yangi chiziqlar belgilab qо‘yiladi (modellash). Masalan, kichki-na kizakli (3—4 sm) sharsi-mon qalpoqcha boshda bemalol



1-rasm. Qalpotschalar
turishi uchun 8—10 sm qо‘shib, uni bir tekisda taqsimlash zarur, shunda andoza kengligi 66 sm bо‘ladi (56 sm+10 sm= 66 sm). Qalpoqcha kizagi bosh-ga yopishib turadigan bо‘lishi uchun uning о‘lchami о‘zgarmay-di. Agarda ip «bо‘sh», pru-jinalanmaydigan bо‘lsa, uni boshning о‘lchamidan 2—4 sm kichikroq qilib tо‘qish kerak. Sharsimon qalpoqcha andoza-ning uzunligi 3—4 sm ga
uzaytiriladi. Natijada ish andozasi (4-rasm) hosil bо‘ladi. Endi gul tanlash, kontrol namunasini tо‘qib, undan ishni boshlash uchun kerakli petlyalar sonini hi-soblash va qalpoqchaning qoq tepasida petlyalarni qaysi usulda kamaytirishni о‘ylab kо‘rishgina qoldi. Petlyalarni kamaytirish va-riantlari juda kо‘p, chunki u konkret gulga bog‘liq bо‘la-
di, shuning uchun qalpoqlar guli qancha bо‘lsa, kamayti­rish varianti ham shuncha bо‘ladi. Lenin petlyalarni kamaytirish uchun hisoblashda rioya qilish zarur bо‘lgan muayyan qoida bor. U quyida-gilardan iborat: qalpoqcha-ning qoq tepa qismida petlyalarni qator oralab kamay­tirish kerak. Bu ishni qal­poqcha qoq tepasidan 8—10 sm pastroqda boshlash lozim. Yumaloq shakldagi tо‘qimani 6—7 bо‘lakka ajratiladi va har birining oxirida 1 tadan petlya kamaytiriladi. Uchli tо‘qima esa 3—4 bо‘lakka ajratiladi.
Demak, petlya qanchalik siyrak kamaytirilsa, qalpoqcha tepa-si shunchalik uchli bо‘ladi. Ayollar qalpoqchalari tо‘qish-ni konkret misollarda kо‘rib chiqamiz.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling