3-Modul. Kimyo fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalar
7.Kimyo fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalar
Kimyo fanini o’qitishda o’yinli darslarni qo’llanilishi va o’yin faoliyati funktsiyalari.O’yinli texnologiyalarga qo’yiladigan didaktik talablar. O’quvchilarning bilim olish faoliyati va o’yin faoliyati bilan uyg’unligi.
8.Kimyo fanini o’qitishda didaktik o’yinli darslarning turlari
Kimyo darslarida o’quvchilarning bilish va o’yin faoliyatini uyg’unlashtirish. O’yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari. Kimyo fanini o’qitishda foydalaniladigan, didaktik o’yinli darslarning turlarini ajratish.
4-Modul. Kimyo fanini muammoli o’qitish asoslari
9.Kimyo fanini muammoli o’qitish. Muammoli yondoshuv.
Ta’lim jarayonida muammoli darslarni loyihalashtirish yo’llarini tarkib toptirish. Muammoli savollarni tuzish va yechish bosqichlari. Muammoli yondoshuv asosida kimyo kursini o’qitish masalalari.
10.Kimyo fanini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari.
Muammoli ta’lim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Muammoli metodga qo’yiladigan talablar. Kimyo fanini o’qitishda muammoli darslardan foydalanish yo’llari.
5-Modul. Kimyo fanini o’qitishda interaktiv texnologiyalar
11.Interaktiv texnologiyalar. Tanqidiy fikrash texnologiyasi.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan interaktiv texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan tanqidiy fikrlash texnologiyasi.
12.Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi. Kimyoni tabaqalashtirilgan o’qitishning xususiyatlari.
Kimyoni tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. O’qitishni tabaqalashtirilgan texnologiyasida individual yondoshuvdan foydalanish yo’llari. O’quvchilarda ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |