2. Javdar donidan oddiy un tortish.
. Bunda un tortishga elevatordan kelgan donning massasiga nisbatan javdar
unining chiqishi 95 % bo’lishi kerak, chiqindilar miqdori 2 % ni tashkil qiladi.
Unning yirikligi quyidagi talablarga javob berishi shart: N 067 metalmatoli elakda
qolgan mahsulot 2 % dan ko’p bo’lmasligi, N 38 kapron elakdan o’tgan elanma
30% dan kam bo’lmasligi kerak. Un N 067 metalmatoli elakdan o’tgan yirik
bo’lakchalardan shakllantiriladi.
Oddiy takrorlanadigan un tortish jarayoni uchta yoki to’rtta texnologik
sistemadan iborat bo’ladi. Har qaysi sistemada mahsulot valli dastgohlarda
maydalanadi va elakdonlarda un ajratib olinadi.
Oddiy takrorlanadigan un tortishda maydalash sistemalarining texnik tavsifi
16-jadvalda keltirilgan.
Oddiy un tortishda sistemalarning texnik tavsifi shunday tanlanganki, don
tezroq un holigacha maydalanishi kerak. Oddiy un tortish sxemasida mahsulot valli
dastgohdan keyin darrov elakdonlarga emas qamchinli mashinalarga yuboriladi.
Buning natijasida elakdonlarga tushadigan yuklama 50 % ga kamayadi va saralash
jarayoni yaxshilanadi 11-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |