O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Nafas olishga tashqi omillarning ta'siri


Download 1.85 Mb.
bet17/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Nafas olishga tashqi omillarning ta'siri.
Nafas olish jarayonining kuchli yoki sust borishi o’simlik organlarining turi, yoshiga bo?lik. Masalan, unayotgan uru?lar, ?o’l mevalar, yosh ko’rtak va barglar, ildiz tukchalarining nafas olishi kuchli bo’ladi. O’sish jarayoni sekinlashgan yoki tugagan o’simlik organlari - yo?ochlangan poya, quruq meva va uru?lar juda sekin nafas oladi. Nafas olish jarayonining kuchli yoki sekin borishi tashqimuhit omillariga bog’liq. Bularga kislorod va karbonat angidrid konsentratsiyasi, ?arorot, suv rejim, mineral ozu?alar, yoru?li?, fiziologik faol moddalar va bosh?alar kiradi.
?arorat. Nafas olish boshqa jarayonlar kabi ?arorotning kuchli yoki past bo’lishiga ?arab, tez yoki sekin borishi kuzatiladi. Ma'lum kimyoviy ?onunga ko’ra ?arorat 10°S ga ko’tarilganda, nafas olish 2-3 barabor yu?ori kechadi.
?aroratni bunday ortishi nafas olishning ?arorat koeffitsenti deb ataladi. harbir o’simlik va uning organlari uchun minimal, optimal va maksimal ?arorat mavjud.?o’za o’simligini me'yorda o’sishi uchun zarur optimal ?arorat 25-28°S o’rtasida bo’ladi. ?arorotni o’zgarishi birinchi hosil shoxining paydo bo’lish balandligiga hamta'sir ko’rsatadi. ?arorat past bo’lsa, hosil shoxi yu?ori bo’ginda, ?arorat ko’tarilsa, pastki bo’?inda paydo bo’ladi. Biro? ?arorat yu?ori bo’lishi hamzararli bo’lib, shona va go’llarni to’kilib ketishiga sabab bo’ladi.
Namlik o’simliklarning nafas olishi jadalligi ko’p ji?atdan to’?imalardigi suvning mi?doriga bog’liq. Buni uru?larning unib chi?ish davridagi nafas olishni o’zgarishiga ?arab ani?lasa hambo’ladi. quruq uru?larning nafas olishi juda past bo’ladi (suvning mi?dori 10-12%). Uru?larning namligini biroz oshirilganda (15-16%) nafas olish jadalligi 4-5 barobar ko’tariladi. Agar namlikni mi?dori yanada oshirilsya (30-35%) nafas olish tezligi yuzlab marta yu?ori bo’ladi. Bunda ?arorat muhim ahamiyatga ega. Agar uru? sa?lanayotgan ?arorat 10°S atrofida bo’lsa, namlikni ta'siri kam bo’ladi. Bu jarayon 18-25°S da keskin yuqoriga ko’tariladi.
Mineral ozu?lanish. Bu omil o’simliklarning nafas olishga birmuncha keskin ta'sir ko’rsatish xususiyatiga ega.
Kaliy elementining yetishmasligi nafas olish jarayonining faollashishi kuzatiladi. Bu ?ol azot almashinuvi bilan bog’liq deb ?araladi. Chuiki azot almashinuvda hosil bo’lgan aminlar za?arli bo’lib, nafas olish jarayonini ko’tarilishiga sababchidir. Mineral elementlarning tuzlari unayotgan maysalarga ta'sir ettirilsa ularni nafas olishi kuchayishi kuzatiladi. Bunday samara "Tuzda nafas olish" deb ataladi. Biro? ba'zi bir ionlarning orti?cha mi?dori, masalan nitratlar nafas olishni sekinlashtiradi. Mineral ozu?alarning yetishmasligi hujayra strukturasiga ta'sir ?ilib nafas olish jarayonini hamo’zgartirishga olib keladi.
Yorug’lik . O’simliklarining nafas olishiga yorug’lik ta'siri yetarli darajada o’rganilmagan. Chunki o’simliklarda nafas olish bilan bir va?tda fotosintez jarayoni hamamalga oshiriladi. Nafas olish jadalligini fotosintez jadalligiga teng bo’lgan yoritish darajasi (CO2ni ajralishi va yutilishi) kompensatsion nu?ta deb ataladi.
Yorug’da suv va karbonat angidriddan sintez ?ilingan organik moddalar mavjud bo’lgandagina nafas olish jarayoni me'yorida kechadi. O’simlik ?oron?uda sa?lansa hosil bo’lgan moddalarning kamayishi ?isobiga nafas olish sekinlashadi. O’simliklarning xlorofilsiz ?ismlarida yoki xlorofilsiz o’simliklarda (?oronguda o’stirilgan) yorug’lik nafas olishni faollashtirishi ani?langan. Yashil o’simliklarda esa yoru?li? ta'siri 2 xil gipoteza yordamida tushintiriladi. Shulardan biri bo’yicha yorug’lik ta'sirida fotosintezda hosil bo’lgan ATF hujayradagi barcha jarayonlarni energiya bilan ta'minlaydi. Yorug’lik ta'sirida nafas olish keskin sekinlashadi.
Mu?itning gaz tarkibi. O’simliklarning nafas olishi ?avo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlari bilan to’?ridan-to’?ri bo?langandir. Atmosferada kislorodning konsentratsiyasining oshishi nafas olish jarayonini kuchaytiradi, karbonat angidrid esa kamaytiradi. Biro? toza kislorodning o’zini ta'sirida o’simliklarning nafas olishi sekinlashadi. Bu hujayrada erkin radikallarni ko’payishiga va oxirida membrana sistemalarni buzilishga olib keladi.
Karbonat angidrid o’simliklarda anerob nafas olishni bosh?arishda ishtirok etadi deb taxmin ?ilinadi. Barglarda CO2ni mi?dori ko’p bo’lganda nafas olishning kamayishi bunday sharoitlarda barg o?izchalarini yopilishi bilan bog’liq deb ?araladi. Nafas olishni bosh?arish. O’simliklarning nafas olishini bosh?arishda bir qator yo’llar mavjud. Kislorodning mi?dorini ko’p bo’lishi nafas olishni tezlatib ?olmay, balki, bu jarayonda parchalanayotgan moddalarni sarflanish darajasiga hamta'sir ko’rsatadi. Bu dastlab L.Paster tomonidan kuzatilgan bo’lib, uning achit?ilar bilan o’tkazgan tajribalarida kislorod ishtirokida glyukozani parchalanishi va achish jarayonining jadallanishi sekinlashgan. Shu va?tni o’zida achit?ilar biomassasini jadal o’sishi ani?langan. Demak kislorod nafas olish jarayonida glyukoza parchalanishini tezlatish o’rniga, uni sintetik ma?sadlarda ishlatilishga imkon yaratar ekan. Bu ?odisa fanda Paster effekti degan nom bilan yuritiladi. Shu sababli glikoliz jarayoni O2 ishtirokida sekinlashadi.
Mu?itning gaz tarkibini o’zgartirish yo’li bilan nafas olish jarayonini bosh?arish mumkin. Bundan tash?ari nafas olish jarayonini, shu jarayonda faol ishtirok etuvchi moddalar, ya'ni ATF glyukoza , ATF kabi birikmalar yordamida bosh?ariladi.
Nafas olish va fotosintez. harikkala jarayonning bir-biriga ta??oslansa, ular ?arama ?arshi ekanligi ma'lum bo’ladi. Agar fotosintez jarayonida CO2 va suvdan organik moddalar. xosil bo’lsa va unishi uchun o’simliklar quyosh energiyasidan foydalansa nafas olishda aksincha organik moddalar parchalanib CO2 va suv hosil qiladi . Parchalanish va?tida ajralib chi??an energiya esa o’simliklarda sodir bo’ladigan jaroyonlarga sarflanadi. Bu ?arama-?arshi jarayonlar assimilyasiya, ya'ni moddalarning hosil bo’lishi anabolizm, moddalarni parchalanishi dissimiyalyasiya esa katabolizim deb ataladi. Bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, biri ikkinchisiz amalga oshmaydi. Demak ?arama-?arshi va bir-biri bilan chambarchars bog’liq bo’lgan bu jarayonlar asosida o’simliklarning ?ayot faoliyatini belgilovchi asosiy sharoit vujudga keladi.
harikkala jarayon bilan bog’liq bo’lgan asosiy birikma fosfoglitserin kislota hisoblanadi . Agar u ATF yordamida ?aytarilsa karbon suvlar hosil bo’ladi (fotosintez), bordiyu u moddaning oksidlanishi natijasida pirouzum kislota hosil bo’lsa, uning keyingi parchalanish reaksiyasi (nafas olish) CO2 va suvni hosil ?ilishiga olib keladi.
Bu ikkala jarayon uchun umumiy ?isoblangan yana bir qator moddalar mavjud bo’lib, bularga fosfoglitserin al'digidi, fosfodioksiatseton, NADF, ATF va boshqa birikmalarni misol ?ilib ko’rsatish mumkin. Umuman olganda fotosintez va nafas olishning o’zaro munosabati, ularni nisbati -oxir ?ishlo? xo’jalik ekinlarining ma?suddorligi bilan bog’liq bo’lib, ?osildorlik darajasini ani?lashda asosiy rolni o’ynaydi.
Tekshirish uchun savollar:

  1. Nafas olish jarayonida fosforning ahamiyati nimadan iborat?

  2. Elektron ko’chiruvchi zanjirni ?is?acha ta'riflab bering.

  3. Pentozafosfat yo’lida qanday asosiy reaksiyalar amalga oshiriladi?

4.Fotosintez va nafas olishning o’xshashlik va farqili tomonlari nimalardan iborat?
5.Nafas olish jarayonida kislorod va fosforni ahamiyati qanday ?
6.Nafas olishni bosh?arishda ?aysi tashqiva ichki omillardan foydalaniladi?

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling