O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Ma’ruza №15. Karbonil birikmalarning xossalari


Download 1.67 Mb.
bet24/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Ma’ruza №15. Karbonil birikmalarning xossalari
Karbonil birikmalarning oksidlanishi, Grin’yar reaktivining ta’siri. Karbonil birikmalarni identifikatsiya qilish. Karbonil birikmalarning ishlatilishi
Karbonil gurush kuchli qutblangan gurush shisoblanadi. Karbonil birikmalarning kimyoviy xossalari undagi karbonil gurushning qutblanganligi va uning turli nukleofillarni biriktirish qobiliyatiga ega ekanligiga bog’liq bo’ladi. Karbonil gurush -uglerod atomidagi vodorodning faolligini oshiradi va vodorod hisobiga kipgina reaktsiyalarni amalga oshirish mumkin.
Karbonil birikmalar quyidagi reaktsiyalarga kirishadi.
Al’degidlar kuchli (KMnO4, K2Cr2O7) va kuchsiz oksidlovchilar ishtirokida oksidlanib kislotalarni hosil qiladi:

Al’degidlar juda oson oksidlanadi va bu xossalari bilan ketonlardan farq qiladi.
Al’degid va ketonlar LiAlH4 ishtirokida qaytarilib, al’degidlardan birlamchi, ketonlardan esa ikilamchi spirtlar olinadi:

Grin’yar reaktivining formal’degidga birikishi natijasida birlamchi spirtlar, boshqa al’degidlardan ikilamchi, ketonlardan esa uchlamchi spirtlar hosil bo’ladi:

Vodorod tsianidning birikishi natijasida oksinitrillar hosil bo’ladi:

Al’degidlarga va metilalkilketonlarga natriy bisul’fit birikadi:

Bu reaktsiya natijasida al’degid va ketonlarning bisul’fitli birikmalari hosil bo’ladi.
Al’degid va ketonlar gidroksilamin bilan oksim, fenilgidrazin bilan fenilgidrazon, semikarbazid bilan semikarbazon kabi hosilalarni beradi va ular al’degid va ketonlarni identifikatsiya qilishda foydalaniladi:


Al’degid va ketonlar ishqoriy va kislotali mushitda al’dol kondensatsiyaga kirishadi va gidroksial’degid va gidroksiketonlar hosil bo’ladi:

Kondensatsiya reaktsyasi -sholatdagi vodorod hisobiga boradi:

Hosil bo’lgan gidroksial’degid va gidroksiketonlardan suv ajraladi va kroton kondensatsiyalanish mashsuloti hosil bo’ladi:

Al’degid va ketonlar xalq xijaligining turli soshalarida ishlatiladi. M-n, formal’degid polimerlar olishda (fenolformal’degid smolalar, karbamid smolalar), organik sintezda va tibbiyotda keng qillaniladi. Atsetal’degid sirka kislota, butadien, pentaeritrit va boshqa mushim birikmalarni olishda ishlatiladi. Atseton kimyo sanoatida erituvchi sifatida keng qillanilmoqda.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling