O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“Iqtisodiyot fakulteti”
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish kafedrasi”
“Investitsiya loyihalari tahlili” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: XUDUDLARNING RIVOJLANISHIDA LOGISTIKANING AHAMIYATI
Bajardi: MI-75 guruh talabasi
Abduraimov Aslbek
Toshkent - 2023
Мундарижа:
Кириш……………………...…………………………….…………………3
1. Логистиканинг транспорт соҳасида қўлланилиши ……………….5
2. Логистик тизим турлари ………………………….............................14
3. Логистик марказлар ва улурнинг аҳамияти………………………19
4. Логистик марказларнинг функциялари…………………...………26
5.
Хулоса…………………….……………………………………..…..……32
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.…………………………………...….34
Кириш
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o`ziga xos yo`nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o`rin tutishini o`z vaqtida to`g`ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo`lgan e`tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo`lga qo`yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta`kidlash lozim.
Barchamizga ma`lum, islohotlar va yangalanishlar oʻz-o`zicha amaliyotga tadbiq qilinganda oxirgi ya`ni yakuniy samara kutilganidek boʻlmasligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish mumkin bo`ladi. Shuning uchun, yangi iqtisodiy tizim va munosabatlarning qaror topishida barcha tarmoqlar kerakli darajada hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlab boriladi, bu olib borilayotgan islohotlarninig samarali bo`lishini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-bosqich asta-sekinlik bilan amalga oshirish va bu jarayonda davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga oʻtishida oʻziga xos turtki bo`lib hisoblanadi. Bu jarayon investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni tartibga solish borasida koʻplab yangi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qarorlar qabul qilishni talab qiladi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag`lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo`l bilan respublika iqtisodiyotini ko`tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag`batlantirish yo`li bilan investitsiyalarni, ko`proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Lekin, iqtisodiyotimiz tarmoqlaridagi investitsiya faoliyatni to`g`ri yo`lga qo`ymasdan, investitsiyalarni jalb qilish va samarali oʻzlashtirish ishlarini amalga oshirmasdan, investitsiyalarni to`g`ri boshqarmay turib iqtisodiyotni barqaror o`stirish, asosiy kapitalni yangilanishiga va koʻpayishiga, butun investitsion sohada tarkibiy oʻzgarishlarga erishib boʻlmasligi aniq ko`rinib turibdi. Aynan ushbu natijalarga erishishda biz dissertatsiyamizdagi takliflar va tavsiyalarni ko`rsatishni lozim deb topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |