Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donnanning membrana muvozanati.
32 -rasm. Osmometrning sxemasi
Shunday qilib, manometr ichidagi simobning balandligi ni oʻlchab eritmaning osmotik bosimini aniqlash mumkin. Eritmalarning osmotik bosimi juda katta qiymatga ega boʻla oladi, masalan, dengiz suvining osmotik bosimi 28 atmosferaga yaqin. Agar kolloid zarrachalarning hajmi va massasi quyi molekulyar moddalar molekulasining hajmi va massasidan birmuncha katta ekanligini hisobga olsak, unda bir xil konsentratsiyali kolloid va chin eritmaning ma‘lum bir hajmida asl zarrachalar soni chin eritma zarrachalarining sonidan ancha kam boʻladi. Shuning uchun ham chin eritmalarning osmotik bosimiga qaraganda kolloid eritmalarniki juda past boʻladi. Masalan, massaviy konsentratsiyasi 10 g/l boʻlgan oltin zolining osmotik bosimi 45 Pa ga, xuddi shu konsentratsiyali saxarozaning osmotik bosimi 7250 Pa ga teng, shuningdek, kolloid eritmalar osmotik bosimining ma‘lum bir ulushi elektrolitlar aralashmasi bosimiga toʻgʻri keladi. Chin eritmalardagi kabi 61 kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiq qilish mumkin. Kolloid eritmalar uchun Klaypeyron-Mendeleyev tenglamasi quyidagicha yoziladi: N RT V P yoki RT N PV bu yerda, V - kolloid zarrachalarning konsentratsiyasi, ya‘ni hajm birligida boʻlgan kolloid zarrachalarning soni, N- Avogadro soni, ν – zarrachalar soni, P – osmotik bosim. Kolloid eritmalarning osmotik bosimining aniq qiymatiga ega boʻlgach, mitsellalarning molekulyar massasi quyidagi formuladan foydalanib topiladi. MV gRT P Donnanning membrana muvozanati. Odatda, chin eritmalarning osmotik bosimini oʻlchashda devorlari yarim oʻtkazuvchi pardadan iborat boʻlgan idishga eritma solinib, idish toza erituvchiga masalan, suvga solinadi. Erituvchini oʻtkazadigan va lekin, eritmani oʻtkazmaydigan parda yarim oʻtkazgich parda yoki membrana deyiladi. Agar jismni membrana bilan teng ikkiga boʻlsak va bir tomoniga erituvchi va ikkinchi tomoniga eritma quysak, erituvchi membrana orqali eritmaga oʻta boshlaydi. Erituvchining yarim oʻtkazgich membrana orqali eritmaga bir yoqlama oʻtish hodisasiga osmos deyiladi. Ma‘lum bir vaqt va balandlikdan soʻng, muvozanat qaror topadi. Ya‘ni, erituvchining va eritmaning membrana orqali oʻtish tezliklari tenglashadi. Umuman olganda, erituvchini eritmaga oʻtkazmaslikni ta‘minlovchi, aniqrogi eritma va erituvchi orasidagi muvozanatni saqlash uchun eritmaga berilishi kerak boʻlgan, bosim - osmotik bosim deyiladi (33-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling