322
Ichimlikni tayyorlash uchun stakanga ma’lum me’yordagi ikki xil
suyuqlikni solish,
2-3 ta muz bo‘lagini solish;
Stakan ichidagilarni qoshiqcha
yordamida aralashtirish;
Uni sitechkadan o‘tkazgan holda tayyorlab qo‘yilgan idishga solish.
Mijozlarga taqdim etiladigan idishda tayyorlash usuli. Ayrim aralash turdagi
ichimliklar (kobler, fizik, sovuq punsh, puffakli kokteyl) ma’lum me’yordagi ikki xil
suyuqlikni oldindan aralashtirilmagan holda tayyorlangan idish yoki bokalga
qo‘yishadi. Bunda mijoz o‘z ta’bi va xohishiga ko‘ra uni aralashtirib ichadi.
«Broun» va «Rowenta» ichimliklarini tayyorlashda
aralashtiruvchi stakanga
kokteyllar solinib, 10-15 soniya aralashtiriladi. Tayyor ichimlikni darhol idishga
solgan holda taklif etiladi, idish esa suvda chayiladi.
3. Ichimliklar kartasi va uni tuzish tartibi
Ichimliklar kartasi bu - alkogol va shunga o‘xshash mahsulotlarning nomi
hamda narxi keltirilgan ro‘yxat xisoblanadi. Alkogol ichimliklar ro‘yxati
asosiy
assortiment xisoblanadi. Bundan tashqari, vino kartasiga pivo, alkogolsiz ichimliklar,
tamaki mahsulotlari, qandolat mahsulotlari (konfet, shokolad va boshqalar) kiritiladi.
Ichimliklar turlari haqida yuqorida keltirib o‘tdik. Taomnomada ular quyidagi
tartibda beriladi:
Vino. O‘zbekistonda vinoning juda ko‘p xillari tayyorlanadi. Ayniqsa,
mustaqillikdan so‘ng musallas toifadagi vinolar sifatli qilib ishlab chiqilmoqda va
manzarali chiroyli shishalarda qadoqlanmoqda. Bu bilan vinolarga bo‘lgan iste’mol
ehtiyoji oshib bormoqda. Hatto chet el davlatlariga eksport qilinmoqda.
Kuchli spirtli ichimliklar - aroq, viski, rom, konyak.
Pivo. O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi, xorijdan ham keltiriladi.
Aralash ichimlik - kokteyl.
Alkogolsiz ichimliklar - ma’danli suvlar, limonadlar va sharbatlar.
323
Vino - aroq, tamaki mahsulotlari va ichimliklar bahosi preyskurantiga tegishli
navbat bilan quyidagicha yoziladi: aroq,
kuchli uzum vinosi, oq va qizil oshxona
vinosi, konyak, likyor, pivo, ma’danli va meva suvlari, tamaki mahsulotlari. Ba’zan
bu preyskurantga qandolat mahsulotlari va mevalar ham kiritiladi. Preyskurantda 4 ta
ustun chiziladi:
birinchisida ichimlik nomi, ikkinchisida shisha sig‘imi (0,25; 0,33;
0,5; 0,75), uchinchisida to‘la shisha bahosi, to‘rtinchisida 100
g ning bahosi
ko‘rsatiladi (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: