O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
-Mavzu. SPIRTLI VA SPIRTSIZ ICHIMLIKLAR
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
15-Mavzu. SPIRTLI VA SPIRTSIZ ICHIMLIKLAR
Reja: 1. Ichimlik chanqoqbosdi va sarflangan energiyani tiklovchi vosita sifatida 2. Alkogolsiz va alkogolli ichimliklar 3. Ichimliklar kartasi va uni tuzish tartibi 1. Ichimlik chanqoqbosdi va sarflangan energiyani tiklovchi vosita sifatida Sifatli ichimlik va taomlarni taklif etish restoran biznesining tamal toshi xisoblanadi. Ko‘pgina restoranlarda spirtli ichimlik uning asosiy reklama vositasi xisoblanadi va ko‘pgina mijozlarni o‘ziga jalb qilish orqali katta daromadga erishadi. U mahsulot aylanmasining asosiy qismini tashkil etish bilan birga kunning xohlagan bir vaqtida taklif qilish mumkin. Shuning uchun ko‘p yo‘qotish yoki zarar bo‘lmaydi. Mazkur turdagi restoran biznesini yuritishga deyarli e’tibor berishmaydi, zero uni to‘g‘ri, oqilona boshqarish uchun mutaxassis xodim kerak bo‘ladi. Bunday restoranlar o‘z xodimlari orasida somele - spirtli ichimliklar mutaxassisiga ega bo‘lishi lozim. Ushbu xodimlar restoran obruini mijozlarga xizmat ko‘rsatish orqali restoran samaradorligini kundan - kunga oshirib borishadi. Turli assortimentdagi ichimliklarni realizatsiya qilish xorijiy mamlakatlar singari O‘zbekiston restoranlariga xos xisoblanadi. Zero, dasturxon choysiz bo‘lmaganidek taomni taklif qilish san’ati choy, qahva, kokteyl, punsh, kryushon, baule, kvassiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli barlar hozirda katta obro‘ga ega bo‘lib bormoqda. Insoniyat paydo bo‘lgan vaqtdan buyon chanqog‘ini bosish va sarflagan kuchini qayta tiklash yo‘lida ichimlikdan foydalanib kelmoqda. Buni uzoq yillar davomida iqlimlariga xos xalqlar o‘zlarining mahalliy xomashyo, milliy an’analar va odatlari asosida turli xildagi ichimliklarni kashf qilishgan. Misol uchun Markaziy 315 Osiyoda - sharbat, Ukrainada - kvas va asal, Osiyoning tekislik va tog‘li joylarida - ayron va qimiz, cho‘llarda esa ko‘k choy, Fudziyamadan Albiongacha - qora choy keng tarqalgan. Musulmon mamlakatlarida spirtli ichimliklarni ichish shariat asosida ta’qiqlangan bir paytda, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliyada tushlikni vinosiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Insoniyatning ichimliklarni yaratishdagi mahoratini cheskiz desak mobolag‘a bo‘lmaydi. Zero, dunyo kolleksiyasi aralashtirilgan ichimliklarni tayyorlashning 4000 xildan ortiq turiga ega bo‘lib, ular turli xildagi vino, choy, qahva, meva sharbatlari, asal, shakar, tuxum sarig‘i, muz parchasi, konyak, rom, viski va boshva ichimliklarni o‘z ichiga oladi. Ularning ayrimlari tarkibida non, meva turlari, boshqalarida esa asal yoki sutdan iborat bo‘lgan. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ularning hammasi kuch baxshida etadi. Katta miqdordagi suyuqlikni ichish bilan faqatgina chanqoqni bosish emas, aksincha, yo‘qotilgan kuchni tiklashni ham nazarda tutadi. Shu sababli barcha ichimliklar tarkibida tabiiy sharbat, belok, fermant, vitamin hattoki yog‘ mavjud. Ming afsuslar bo‘lsinki, hozirda ko‘pchilik sun’iy va spirtli ichimliklarning maqsadli iste’moli esimizdan chiqib suvning hayotbaxsh quvvatidan bebahra qilib kelmoqda. Ichimlikni tanlash kishining hamyoni, talabi, ijtimoiy kelib chiqishiga bog‘liq. Misol uchun yoshi kattalar choy, qahva, kakao, kvas, mors kabi ichimliklarni, yoshlar esa qahva va spirtsiz ichimliklarni afzal ko‘rishadi. Ayrim ichimliklar chanqoqni bossa, ayrimlari kuch baxshida etish bilan birga yurak urishi va asab tizimini qo‘zg‘atadi. Ko‘pgina ichimliklar tarkibi kuchli kalloriyaga ega, shu sababli ular inson organizmining kunlik talabidan ham oshib ketishi mumkin. Taqdim etish haroratiga ko‘ra ichimliklarni ikkiga bo‘lamiz: - Muzdek holda, odatda +2°C + 10°C haroratda; - Qaynoq holda, odatda 70-80°C va 90 - 95°C haroratda. O‘z tarkibiga ko‘ra ichimliklar: yakka va aralash turlarga bo‘linadi. Barga keluvchilar tomonidan aralash holda tayyorlangan ichimliklar keng iste’mol qilinadi. Bular sirasiga: sut, mevali sharbatlar, sabzavotlar, pivo, har xil 316 tarkibli spirtli ichimliklar kiradi. Aralash tarkibli ichimliklar odatda bir yoki bir necha komponentlar birlashib, o‘ziga xos ta’m, ko‘rinish, tetiklashtiruvchi, chanqoqni bosuvchi yoki ishtahani qo‘zg‘atuvchi bo‘lishi mumkin. Aralash tarkibli ichimliklar o‘z navbatida spirtsiz va spirtli ichimliklarga bo‘linadi. Spirtsiz aralash tarkibli ichimliklar: sutli, mevali, qahvali, choyli, pivoli bo‘lishi mumkin. Spirtlilari esa vodka, konyak, rom, shampan, djin, viski, vino kabilarga bo‘linadi. Spirtsiz sutli ichimliklarga sutli kokteyl va sutli mevali kokteyllar kiradi, jumladan o‘rikli kokteyl, olxo‘rili kokteyl, shaftolili kokteyl muzqaymoq bilan va h.k. Bular ichida eng keng tarqalgani mevali spirtsiz ichimliklar bo‘lib, uni yil davomida taklif qilish mumkin. Qahvali ichimliklarga turli xildagi qahva (shakarli, sutli, vencha, varshavcha, sharqona, italyancha, meksikancha va b.) misol bo‘lishi mumkin. Qaynoq aralash tarkibli ichimliklar 70°C darajada odatda sopol, fayans va chinni finjonlarda, sovuqlari esa xrustal, shisha, baland bokal, fujer, turli shakllardagi stakanlarda beriladi. Bunday ichimliklar sirasiga qulupnayli kokteyl, muz bo‘lakli limonli sharbat, o‘rikli limonad, malinali mors, kvas va boshqalar kiradi. Bunday ichimliklarga sharbatlarni tarkibida mevali muzqamoq ichimliklarni ham kiritish mumkin. Sharbatlar odatda fujerlarda ustiga qaymoq va maydalangan qahvani choy qoshiq bilan birga taklif qilishadi. Sharbatlarga olmali, qulupnayli, malinali, apelsinli, mevali va boshqalarni aytish mumkin. Choy O‘zbekiston xalqi orasida eng sevimli ichimlik xisoblanadi. Choyni damlab tayyorlashadi. Qaynoq choyni choynaklarda chinni, sopol piyola yoki finjonlarda tarelkasi bilan birga beriladi. Alkagol komponenti mavjud aralash tarkibli ichimliklar o‘z tarkibiga ko‘ra kuchli va dessertlarga bo‘linadi. Kuchli alkagol ichimliklarga vodka, konyak, rom, viski, djinlarni kiritamiz. Eng keng tarqalgan alkogol ichimliklar sirasiga kokteyllar kiradi. Bularga: «Troyka», «Raketa», «Pelikan», «Vostok», «Palmira» (vodka bilan), «Admiralskiy», «Kiyev», «Luks», «Privet» (konyak bilan), «Kuba», «Bakardi», 317 «Gavana», «Ekvator» (rom bilan) «Martini», «Rfivera», «Sfinks» (djin bilan), «Texas», «Burbon» (viski bilan) va h.k. Kokteylning asoschisi XVIII asrda amerikalik tadbirkorlardan biri Djerri Tomas xisoblanadi. U ichimliklarni aralashtirilgan holda taklif qilish orqali ularga o‘ziga xos ta’m, ko‘rinish baxshida etdi va natijada u haqida kitob ham yozdi. Shuning uchun Djerri Tomas ro’yxati hozirgacha taniqli xisoblanadi. U bir tarzda tayyorlanib dunyoning xohlagan bir joyida shu tarzda taklif qilinadi. Bular sirasiga: «Texas», «Martini, «Kovboy», «Manxetten», «Kolibri», «Sheri kobler», «Uayt Ledi», «Pikmi-ay» va boshqlarni keltirish mumkin. Uning ko‘ngildagidek chiqishiga me’yorida foydalanilganligi ta’mi, hidi va tashqi ko‘rinishida aks etadi. Ahamiyatlisi yangi ta’m, ko‘rinishdan iborat guldastani yasashdir. Aralash tarkibli ichimliklar muzdek (2-10°C) yoki qaynoq holda (70-80°C va 90-95°C) taklif qilinadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling