O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-Mavzu: RESTORAN BIZNESINI RIVOJLANTIRISHDA REKLAMANING O‘RNI
Tayorlanish bosqichlari: 326 16-Mavzu: RESTORAN BIZNESINI RIVOJLANTIRISHDA REKLAMANING O‘RNI Reja: 1. Restoran biznesini rivojlantirishda reklamaning ahamiyati 2. Restoran biznesida dizayn va reklama vositalari 1. Restoran biznesini rivojlantirishda reklamaning ahamiyati Reklama lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «reklamo» ya’ni «qichqirmoq» degan ma’noni bildiradi. Reklama mahsulotning sifati, uning iste’molchiga nafi haqidagi axborot bo‘lib, bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborotdir. Reklamaning paydo bo‘lish tarixi juda qadimiy Yunoniston va Qadimgi Rimda og‘zaki va yozma reklama, hatto tovar belgisi qo‘yib tamg‘alash yo‘li bilan mahsulotlar reklama qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklamalar ilk marta AQShda paydo bo‘lgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat ko‘rsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama xaridorlarni savdo do‘konlari va unda sotiladigan mahsulotlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxta lavhasida yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama doimiy xaridorlarga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi, ya’ni afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborot reklama e’lonlari paydo bo‘ldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi. 327 Reklamaning maqsadi - mijozlar diqqatini jalb etish, qiziqish uyg‘otish, ularga ma’lumot yetkazish va uni ma’lum tartibda harakat qilishga majbur qilishdir. Reklama maqsadidan kelib chiqib, u bir necha vazifalarni bajaradi: 1) mahsulot va xizmatlar iste’molchilarini xabardor qilish, ma’lumot berish vazifasi. Bunda reklama e’lonlarida mahsulot va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qo‘llash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yo‘llari haqida ma’lumot beriladi; 2) ishontiruvchi reklama mavjud mahsulot, xizmatlarga iste’molchi va xaridorlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3) eslatuvchi reklamalar mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, xaridorlarning o‘zlari uchun ma’lum bo‘lgan mahsulot va xizmatlarga munosabatni kengaytirishda muhim o‘rin tutadi. Reklama restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining mijozlariga ko‘rsatadigan xizmatini o‘rganishda, ularning muvaffaqiyatli faoliyatida muhim xisoblanadi. Mijozlar va aholi ehtiyoji quyidagi uchta asosiy omil bilan belgilanadi: moddiy farovonlik; madaniyat darajasi; ovqatlantirish korxonalari tarmog‘ining keng miqiyosda yoyilishi. Bunda xizmat qilish uchun insonning kasb - kori, mutaxassisligi asosiy rol o‘ynaydi. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazishda fiziologik me’yor talablari asosida nonushta, tushlik, kechki ovqatlar taomnomasini tuzish, foydali ovqatlanishni tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy an’analar, turmushning tarixiy shakllangan xususiyatlari kishilar ehtiyojini vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlarida xamir, yorma, choyga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, O‘zbekistonda esa non - choy, unli, guruchli taomlarga bo‘lgan ehtiyoj iste’moli yuqori turadi. Sabzavot va meva - chevalar dasturxon ko‘rki bo‘lib, go‘sht, ayniqsa qo‘y go‘shti keng iste’mol qilinadi. Boltiq bo‘yi mamlakatlarida sutli taomlar, Belorusiyada kartoshkadan tayyorlangan taomlar, Uzoq Sharq mamlakatlarida baliqli taomlar ko‘p iste’mol qilinadi. Aynan 328 shunday omillarni inobatga olib, restoranlarga tashrif buyurayotgan mijozlarga taomlarni tanishtirishda reklama vositalari qo‘l keladi. Jamiyatning tarbiyaviy ishlari ham iste’mol ehtiyojlarida ijobiy didni shakllantiradi. To‘g‘ri tashkil qilingan reklama, ko‘rgazmali - savdo yangi mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni ommaviylashtiradi, kishilarda shu taomga bo‘lgan talabni shakllantiradi va oshiradi. Bu holat mahsulotga bo‘lgan talabni oshiribgina qolmay, xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini shakllantirishga turtki bo‘ladi. Qandolat mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlarni sotish, uyga taom buyurtma qilish, to‘y, bayram, tadbirlarda restoran va ovqatlantirish korxonalari xodimlarining xizmati, tabiiy ob - havo ta’siri ham aholining iste’mol talablari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat ovqatlantirish sohasida, restoran biznesida o‘zgarishlar va rivojlanishlarga olib keladi. Ovqatlanish inson hayotida birlamchi ehtiyoj xisoblanadi. Oziq - ovqat sifatini yaxshilash muammosi va dam olish insoniyat madaniyatining asosiy muammolaridandir. Oziq - ovqat mahsulotlari miqdori, ta’m xususiyati va assortimenti, o‘z vaqtida va muntazam ovqatlanish - insonning yashashida hal qiluvchi omil xisoblanadi. Hozirgi zamon fani taomning miqdor va sifatini xisobga olgan holda ovqatlanishning foydali tamoyillarini, taom iste’mol qilish tartibini ishlab chiqqan. Biroq bu tamoyillar hali keng xalq ommasi hayotiga, har bir oilaga yetib borganicha yo‘q. Buning asosiy sabablaridan biri moddiy ta’minot, ovqatlantirish sohasida targ‘ibot va reklamaning yetarli emasligidadir. Ko‘p odamlar ovqatlanish qoidalarini bilishmaydi, bu haqda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida salomatligi yomonlashgandagina eslaydilar. Ishonarli reklama va targ‘ibot ishlarining zaifligi natijasida odamlar o‘z vaqtida ovqatlanishni unutadilar, ovqatlantirish korxonalari tavsiyasini chetlab o‘tib, yurgan yo‘lida va boshqa noqulay sharoitlarda ovqatlanib ketaveradilar. Shunday hollar ham bo‘ladiki, odamlar yoshi, toifasi, ob - havo sharoitiga e’tibor bermasdan haddan tashqari ko‘p taom iste’mol qiladilar va buning natijasida kasallanadilar. 329 Ovqatlanish qoidalarining oddiy tartiblarini bilmaslik natijasida ko‘pchilik kishilar xamir taomlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qiladilar, kechki taomda achchiq taomlar yeb, spirtli ichimliklar ichadi. Bularning hammasi kishi organizmi uchun zarar xisoblanadi. Ovqatlantirishni tashkil qilish muammolarini bartaraf etish, ovqatlantirish korxonalarida qo‘lga kiritilgan hozirgi zamon fani yutuqlarini targ‘ibot va reklama qilishdan iborat. Ovqatlantirish korxonalari reklamasini to‘g‘ri tashkil qilish aholining oziq - ovqatga bo‘lgan iste’moliga katta ta’sir ko‘rsatadi va uni tegishlicha tartibga soladi. Aholining mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini (talab) ovqatlantirish korxonalari uch yo‘nalishda olib boradi: sotilgan mahsulotlar; qanoatlantirilmagan mahsulotlar; shakllanayotgan ehtiyoj. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling