O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


MAVZU: G'ARBIY TABIIY GEOGRAFIK REGIONI. AND TOG'LARI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

MAVZU: G'ARBIY TABIIY GEOGRAFIK REGIONI. AND TOG'LARI 
REJA: 
1. 
G'arbiy tabiiy geografik regioniga umumiy tavsif. 
2. 
And tog'lari o'lkalari haqida ma'lumot. 
3. 
And tog'lari o'lkalarining o'ziga xos hususiyatlari. 
Adabiyotlar : 
1. 
T.V.vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» 
nashriyoti 1983 yil. 190-207 betlar. 
2. 
P.P.Vtorov, N.N.Drozdov «biogeografiya materikov» Moskva Izdatelstvo 
«Prosvesheniye» 1974 god. 
3. 
A.Qozoqov «Okeanlar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 
1992 yil. 
 
 
G'arbiy Karib and. shimoliy and. markaziy and. 
Karib And tog'lari tektonik jihatdan koriyera burmalanishi mintaqasining
Antil Karib oblastiga kiradi va tuzilishi hamda rivojlanish hususiyatlariga ko'ra
shimoliy Amerikaning kordilera tog'laridan o'zidan ham farq qiladi. Karib And
tog'larining barcha qismi paleozoyning burmalangan jinslardan tuzilgan hamda
ularning turli yoshdagi intruziv jinslari yorib kirgan. Butun Karib And tog'lari
sistemasi seysmik lekin so'nmagan vulkanlar yo'q. Tog'lar Relyefi palaksali o'rtacha 
balandlikka ega eng baland tepalar 2500 m dan oshmaydi tog' botiqlari bir-biridan 
ajratib turadi. O'lka yil bo'yi shimoliy sharqiy past shimollari keltiradigan tropik
havo ta'sirida bo'ladi yillik yog'in miqdori 1000 mm dan oshmaydi, lekin ko'pincha 
500 mm dan ham kam yog'adi. YOg'inning asosiy qismi may oyidan noyabr 
oyigacha yog'adi lekin eng qirg'oqchilik shimoliy rayonlar namgarchil davr etagi
2-3 oy davom etadi. Materikning va orollarining lagunali sohillari keng mangra
o'rmonlari bilan qoplagan. Tog'larning yog'in ko'proq yog'adigan yonbag'irlari va 
dengiz tomonga ochiq vodiylar aralash o'rmonlari bilan qoplangan. Bu o'rmonlarda
doimiy yashil bargini to'kadigan o'simlik turlari hamda igna bargli va keng bargli
daraxtlar turlari aralash o'sadi.


62 
Shimoliy And tog'lari deganda and tog'larining Karib dengizi sohilidan 
janubda ekvator bilan Peru chegarasigacha bo'lgan shimoliy qismi tushuniladi. Bu 
yerda 4-50 janubiy kenglikdan shimoliy And tog'larini markaziy And tog'laridan 
ajratib turuvchi yoriq o'tadi. Shimoliy And tog'lari uchun balandlik mintaqalarining
aniq ifodalangan sistema xos tog'larning quyi qismlari va qirg'oq bo'yi past 
tekisliklari sernam va issiq bu yerda janubiy Amerikadagi eng yuqori o'rtacha 
oylik temperaturalar kuzatiladi. Shimoliy And tog'larining ko'p rayonlarda
kundakov qilingan nam tropik o'rmonlar o'rnida shakarqamish va banan janubiy 
Amerika shimoliy rayonlarning asosiy tropik mevalari yetishtiriladi. Tog'larning
quyi issiq mintaqalarda yuqorida shimoliy And tog'larning mo''tadil mintaqasi 
joylashgan balandligi 2500-3000 m gacha boradi. Yillik o'rtacha temperatura
Q150 dan Q200 S gacha tog'larning mo''tadil mintaqasi inson hayoti uchun eng 
qulay. Shimoliy And aholisining ko'p qismi shu mintaqada joylashgan yirik 
shaharlar ham shu mintaqada iqlim qattiq. Yilning hamma faslida ham kunduzgi 
harorat musbat bo'lgani holda kechasi bo'ladi. Shimoliy And tog'larida 4500 m dan 
yuqorida mustaqil manfiy haroratli doimiy qor va muzliklar boshlanadi. And 
tog'larining ko'p tepalarida alp tipidagi katta muzliklar bor. 
Markaziy And tog'lari shimolda ekvator va Peru orlig'idagi davlat
chegarasidan janubda 270 janubiy kenglikgacha juda katta masofaga cho'zilgan 
markaziy And tog'lari butun tog' sistemasining eng kengaygan qismi bo'lib
kengligi Boliviyada 700-800 km ga yetadi. Markaziy And tog'larida cho'l va
chalacho'l landshaftlari ko'pchilikni tashkil etadi. Shimolda yiliga 200-250 mm 
yog'in tushadi uning ham katta qismi yozga to'g'ri keladi. Oylik o'rtacha eng yuqori 
harorat +260 S ga yetadi, eng past harorat +180 C o'simlik keskin kirofit qiyofaga 
ega va kaktus opunsiya akasiya hamda qattiq o'tlardan iborat. Janubroqda iqlim
yana qirg'oqchilik cho'ldan iborat. Atakama botig'ida va Tinch okean sohilining
Atakamaga qo'shni qismida yiliga 100 mm dan kam ba'zi joylarda esa 25 mm dan 
ham kam yog'in tushadi. O'lkaning sharq va shimolida yillik yog'in miqdori asta-
sekin oshib boradi lekin iqlimning boshqa hususiyatlari saqlanib qoladi. YOg'in 
miqdori sharqda 800 mm gacha shimolda esa hatto 1000 mm gacha ko'payishi 
tufayli o'simlik ko'proq va hilma-hilroq bo'lib boradi, hamda tog' chalacho'llari
tog' dashti bilan almashinadi. Tog' dashtini mahalliy aholi puna deb ataydi. 
Punaning o'simlik qoplami uchun turli hil g'allagullilar ayniqsa tipchoq chalov
ro'vak harakterli. Bulardan tashqari puanada turli hil yostiqsimon butalar ham 
o'sadi Punalar markaziy And tog'larida juda katta maydonlarni egallaydi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling