O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 84 Kb.
bet3/9
Sana22.02.2023
Hajmi84 Kb.
#1222502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yangi

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati, donning texnologik tavsiflarini hisobga olib, uni eng kam energiya sarflab tortish va non yopish afzalliklarini yaxshilashga qaratilgan donni oldindan oqlash va uni sovuq suv yordamida ishlov berish yuzasidan ilmiy asoslangan echimlarni ishlab chiqish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati donning funksional xususiyatlarini yaxshilash, O‘zbekistonda ishlab turgan tegirmon mahalliy bug‘doy donlarini navlari bo‘yicha nazariy va eksprimental tadqiqot asosida tortishga tayyorlashning samarali usuli ishlab chiqildi;
mahalliy bug‘doy donlarini maydalashga tayyorlashda kuldorlikni 0,3-0,4% gacha kamayishiga hamda II-tindirish vaqti 1,5-2 soatga qisqarishi asoslandi;
quruq va issiq iqlim sharoitida etishtirilgan bug‘doy donini oqlash va sovuq suv bilan namlashda yuz beradigan strukturaviy o‘zgarishlar, un tortishning texnologik parametrlari aniqlandi;
donni navlari bo‘yicha un tortishga tayyorlashda texnologik tavsiya va reglamentlar ishlab chiqildi;
uskunada ishlov berish hisobiga yuqori navlardagi un chiqish miqdorini 0,5-1,0 % gacha oshirish va kuldorligini 0,02-0,03% gacha kamaytirishga erishildi.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya ishlarining ilmiy yangiliklari 2 ta ilmiy “Umidli kimyogarlar” ilmiy-texnikaviy anjumani to‘plami, 1 ta “Oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlari ishlab chiqarishda noananaviy yo‘nalishlar” ilmiy-texnikaviy anjumanida yoritilgan.
Dissertatsiya ishining hajmi va strukturasi: Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, 50 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, hajmi 81 betni tashkil etadi. Jumladan, foydalanilgan adabiyotlar tadan chet el hamda ta internet saytlaridan iborat. Tadqiqot ishida 19 ta jadval, 7 ta rasm va 4 ta diogramma keltirilgan.
Xulosaning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi:
1. Navli un tortishda, gidrotermik ishlov berib oqlashni takomillashtirish orqali dimlash vaqtini kamaytirish
2.donlarni qayta ishlash uchun tayyorlov bo‘limida oqlash uskunasi ishlab chiqildi, uning maqbul ishlash rejimi va oqlash, so‘ngra namlashga tayyorlangan donning texnologik parametrlari aniqlandi.
3.Oqlash uskunasida ajratilgan qobiq miqdorini eng yuqori qo‘rsatgichi 6,6% gacha ko‘paytirish va kuldorligini o‘rtacha 0,6% gacha kamaytirishga erishildi. Shuni qayd qilish lozimki, donning bunday darajada tozalanishida endosperm qisman ochiladi, bu ishlab chiqarish sharoitida un tortish natijasiga salbiy ta’sir qildi, shuning uchun qobiqni 3-4% miqdorida ajratish va kuldorligini o‘rtacha 0,3-0,4% gacha kamaytirish bilan cheklanish tavsiya etildi.
4.Taklif etilgan oqlash uskunasi yordamida don tozalash bo‘limi takomillashtirildi, un tortish uchun texnologik reglament ishlab chiqildi va
5.Bug‘doy donidan navli un chiqishi 0,5-1,0% gacha oshirildi.
Ilmiy raxbar:
t.f.b.f.d.kat,o’qit. Sanayev E.Sh
Magistrant: Jo’rayev.Z.S

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling