O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 84 Kb.
bet2/9
Sana22.02.2023
Hajmi84 Kb.
#1222502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yangi

Tadqiqot maqsadi: donni oqlash texnologik jarayoni va uskunasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
mahalliy bug‘doy donlarini maydalashga tayyorlashda kuldorlikni 0,3-0,4% kamayishi hamda II-tindirish vaqtini 1,5-2 soatga qisqarishi aniqlangan;
quruq va issiq iqlim sharoitida etishtirilgan bug‘doy donini oqlash va sovuq suv bilan namlashda yuz beradigan strukturaviy o‘zgarishlar, un ishlab chiqarishning texnologik parametrlari aniqlangan;
uskunada ishlov berish hisobiga, yuqori navli un chiqish miqdorini 0,5-1,0% oshirish va kuldorligini 0,02-0,03% kamaytirish ko‘rsatilgan;
bug‘doy partiyalarini oqlash texnologik jarayoni va uskunasi takomillashtirilgan.
Tadqiqotning ob’ekti. Mahalliy bug‘doy doni, nonvoylik bug‘doy uni, donni oqlash uskunasi tanlangan.
Tadqiqotning predmeti. Bug‘doy donini navlari bo‘yicha tortishda donni oqlash jarayonini takomillashtirish, un chiqish miqdori va sifatini oshirish bo‘yicha barqaror yuqori xususiyatlarga ega un olish.
Tadqiqot usullari. Ilmiy ishini bajarishda fizik-kimyoviy, fizik-mexanik, kinematik, eksperimentlarni rejalashtirish hamda matematik statistika usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘doy donlarini navlari bo‘yicha nazariy va eksprimental tadqiqot asosida tortishga tayyorlashning samarali usuli ishlab chiqildi;
mahalliy bug‘doy donlarini maydalashga tayyorlashda kuldorlikni 0,3-0,4% gacha kamayishiga hamda II-tindirish vaqti 1,5-2 soatga qisqarishi asoslandi;
quruq va issiq iqlim sharoitida etishtirilgan bug‘doy donini oqlash va sovuq suv bilan namlashda yuz beradigan strukturaviy o‘zgarishlar, un tortishning texnologik parametrlari aniqlandi;
donni navlari bo‘yicha un tortishga tayyorlashda texnologik tavsiya va reglamentlar ishlab chiqildi;
uskunada ishlov berish hisobiga yuqori navlardagi un chiqish miqdorini 0,5-1,0 % gacha oshirish va kuldorligini 0,02-0,03% gacha kamaytirishga erishildi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling