O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- V bob. XALQARO MEHNAT RESURSLARI STATISTIKASI
- 5.1. Xalqaro mehnat resurslari haqida tushuncha, ularning tarkibi va taqsimlanishi
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Chet ellarda aholi ro‘yxatlarini o‘tkazish qanday usulda amalga oshiriladi? 5. Aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar manbai deganda nimani tushundingiz? 6. Aholining harakat ko‘rsatkichlari qanday? 7. Chet ellarda aholi tarkibini o‘rganish usullarni ayting? 8. Aholi kategoriyalari nimalardan iborat? Asosiy adabiyotlar 1. Социально – экономическая статистика / Под ред. В.Н.Салина. Практикум. – М., 2004. 2. Доклад о развитии человеческого потенциала в странах Европа и СНГ – М.: ПРООН, 2002. 10. Аюбжонов А.Ҳ. ТИФ статистикаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон, 2004. 11. europa.eu.int 12. europa.eu.int/comm/relays/index_en.htm 13. www.euireland.ie 14. www.cec.org.uk 15. www.eurunion.org 16. www.europarl.ie 55 V bob. XALQARO MEHNAT RESURSLARI STATISTIKASI 5.1. Xalqaro mehnat resurslari haqida tushuncha, ularning tarkibi va taqsimlanishi. 5.2. Xalqaro mehnat bozori va uning xalqaro migratsiyasi statistikasi. 5.3. Jahon mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar tahlili. 5.4. Mehnat resurslarini mintaqalar va mamlakatlar bo‘yicha taqsimlanishini statistik o‘rganish. 5.5. Zamonaviy jahon mehnat bozorining iqtisodiy-statistik tahlili. 5.1. Xalqaro mehnat resurslari haqida tushuncha, ularning tarkibi va taqsimlanishi Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Bunda ishchi kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning sub’ektiv elementi bo‘lib, uning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli benihoya katta. Ishchi kuchisiz har qanday darajadagi taraqqiy etish, hatto, hozirgi zamon texnikasi ham jonsiz metallar to‘plamiga aylanishi mumkin. Mehnat ishlab chiqarish vositalariga tegishi bilanoq bu o‘lik vositalarni tiriltiradi, ularga jon kiritadi, ularni mehnat jarayoni omiliga aylantiradi va ular bilan qo‘shilib mahsulot shakliga kiradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning moddiy buyum qismi o‘tgan zamondagi jonli mehnat natijasi bo‘lib, hozir bu buyumlashgan mehnat shaklida gavdalanadi va har qanday ishlab chiqarish jarayonida hal qiluvchi omil sifatida ishtirok etadi. Ishchi kuchi yoki mehnat qilish qobiliyati deganda, inson ega bo‘lgan va biron bir iste’mol qiymatlarini ishlab chiqargan vaqtda u har safar ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar tushuniladi. Ishchi kuchi taklif va talabga ega. Ishchi kuchining o‘z bozori mavjud, u mehnat bozori deb ataladi. U erda mehnat kuchini sotish va sotib olish mumkin. Mehnat kuchi o‘zining bahosiga ega, va u har erda har xil bahoda bo‘ladi. Ishchi kuchi (ya’ni ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxslarning barchasi) mehnat resurslarini tashkil etadi. Ular xalq xo‘jaligi tarmoqlarida haqiqiy band bo‘lgan va shu tarmoqlarga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslardan iborat. Mehnat resurslari asosiy qismini aholining mehnatga yaroqli yoshdagi qismi tashkil etadi. Mehnat yoshining quyi va yuqori chegarasi direktiv ravishda belgilanadi. Respublikamizda mehnat resurslarining mehnatga yaroqli yoshi ayollar uchun 16 yoshdan- 60 yoshgacha deb qabul qilingan. Ushbu chegaralarni belgilashda aholining turmush darajasi, sog‘liqni saqlash, sport va maorif tizimlari, nafaqa ta’minotini sharoitlari, ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillar hisobga olingan. Jahonning ayrim mamlakatlarida yuqorida qayd etilgan chegaralar quyidagicha: AQShda yosh ikkala jins uchun 16 yosh va yuqori chegarasi 64 Fransiyada har ikkala jins vakllari uchun 15 yoshdan 59 yoshgacha, Yaponiyada esa bu ko’rsatkich 15-64 yoshni ko’rsatadi. 56 O‘zbekiston mehnat resurslari: 1.Yuqori darajali malakaga va intellektual rivojga ega. 2.Respublika katta yoshdagi aholisining savodxonlik darajasi dunyodagi iqtisodiy rivojlangan davlatlarga qaraganda juda yuqori (99,1%). 3.Moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan aholining 4 1 qismi oliy va o‘rta ma’lumotga ega. 4.Ilm-fan bilan band aholi har 10000 kishiga Gresiya va Portugaliyaga qaraganda 1,5 baravar yuqori. 5.Respublikada matematika, biologiya, fizika va shu kabi fanlar bo‘yicha olimlarning izlanishlari chet el mamlakatlarida ham mashhur, shu bilan birgalikda geliomaterialshunoslik kabi sohalardagi izlanishlar butun dunyo bo‘yicha eng rivojli deb tan olingan. Respublikamizda mehnat resurslarining soni quyidagicha hisoblanadi: 1. Mehnat qilish yoshidagi aholi. 2. Mehnat qilish yoshida bo‘lgan, mehnatga layoqatsiz aholi (1;2 guruh nogironlari va imtiyozli qarilik nafaqasiga chiqqan 50-59 yoshdagi erkaklar va 45-54 yoshdagi ayollar). 3. Mehnat qilish yoshida bo‘lib, xalq xo‘jaligida band bo‘lmagan aholi (uy- ro‘zg‘or va yosh bolalarni tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan ayollar va boshqalar). 4. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida band bo‘lgan nafaqaxo‘rlar va o‘smirlar (16 yoshdan kichik bo‘lmaganlar). Bunda mehnat potensial soni 1-2 4, haqiqiy soni esa 1-2-3 4 ning algebraik yig‘indisidan iborat. Mehnat resurslarining xalq xo‘jaligi tarmoqlarida band bo‘lgan qismi iqtisodiy faol (aktiv) aholini tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholi tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) davlat, shirkat, jamoat va shaxsiy tashkilotlarning korxona va muassasalarida band bo‘lgan ishchi va xizmatchilar, fermerlar; 2) qishloq xo‘jaligidagi yordamchi tarmoqlarda band bo‘lgan dehqon, ishchi- xizmatchilarning oila (hunarmandlar, yakka hol dehqonlar va boshqalar) a’zolari. Iqtisodiy faol aholi sonining umumiy aholi soniga nisbati aholining iqtisodiy faollik darajasini ifodalaydi, ya’ni Aholining faollik darajasi 100 soni umumiy aholining soni aholi faol iqtisodiy Faol aholi soni mehnat resurslari soni bilan taqqoslansa mehnatga qobiliyatli potensial kuchlardan foydalanish koeffitsienti kelib chiqadi = 100 soni potensial ning resuralari mehnat soni aholi faol iqtisodiy Statistikada iqtisodiy faol aholini jinsi va yoshi tarkibi bo‘yicha o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki mehnat unumdorligi va mehnat faolligi darajasiga xodimlarning jinsi va yosh tarkibi ham birmuncha ta’sir etadi. Xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining jismoniy va aqliy mehnat bilan shug‘ullanishi va uning ma’lumoti bo‘yicha tarkibini o‘rganish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan ayrim ziddiyatlarni bartaraf qilish jarayonlarini o‘rganish imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling