O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


 Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

6.2. Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar 
Aholi turmush darajasini miqdor va sifat tomonidan tahlil qilish uchun ilmiy 
jihatdan asoslangan ko‘rsatkichlar bo‘lishi shart. Turmush darajasi murakkab va ko‘p 
qirrali mazmunga ega bo‘lganligi sababli u bitta ko‘rsatkich bilan emas, aholi 
daromadi va turmushining turli tomonlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan 
harakterlanadi. 
Aholi turmush darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar majmui ifodalaydi. 
BMT tomonidan taklif qilingan ko‘rsatkichlar 12 guruhni tashkil qiladi: 
- aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlari; 
- turmushning sanitar – gigienik sharoitlari; 
- oziq - ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish; 
- yashash sharoitlari; 
- ta’lim va madaniyat; 
- mehnat sharoiti va bandlik
- aholining daromadlari va harajatlari; 
- turmush qiymati va iste’mol baholari; 
- transport vositalari; 
- dam olishning tashkil etilishi; 
- ijtimoiy ta’minot; 
- kishi erkinligi. 
Aholining turmush darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ham ifodalash 
mumkin: 
- jami va aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan: 
- milliy daromad; 
- iste’mol fondi; 
- nominal daromad va nominal ish haqi; 
- real ish haqi va real daromad; 
- omonat kassalaridagi aholi pul qo‘yilmalari; 
- aholiga ko‘rsatilgan maishiy xizmat hajmi, tarkibi, o‘sish sur’ati va hokazolar. 
Aholi turmush darajasini yaxshilanishi, aholining daromadlari va ularni turli 
maqsadlarda 
sarflanishini 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda, 
O‘zbekistonda 1995 yillarda ishlab chiqilgan uslubiyat asosida yaratilgan dasturga 
ko‘ra, aholining pul daromadlari va harajatlari balansi hisoblab boriladi. Quyidagi 
jadvalda aholi pul daromadlari va harajatlari balansi, pul daromadlari manbalari
harajatlar miqdori va tarkibi keltirilgan. Balansning daromadlar qismiga mulk 
shakllaridan qat’iy nazar barcha korxona va muassasalardan aholi ixtiyoriga tushgan 
pul mablag‘lari, naqd pulsiz o‘tkazmalar, natura shaklida to‘langan ish haqi va 
boshqa daromadlar kiradi. Aholi guruhlari o‘rtasidagi pul aylanmalari balansida 
hisoblanmagan. 


74 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling