O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Daromad samarasi – iste‘mol majmuasiga kiruvchi ne‘matlardan birining narxi 
o‗zgarishi natijasida hosil bo‗lgan real daromad hisobidan iste‘mol tarkibini o‗zgarishi. 
Engel chiziqlari – iste‘mol qilingan tovarlar miqdorini iste‘molchi daromadining 
o‗zgarishidan bog‗liqligini ko‗rsatuvchi chiziq. 
Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar. 
Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar. 
Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar. 
Ishlab chiqarish omillari – biror ne‘matni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa 
har qanday tovar yoki ne‘mat.Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining 
kengayishi sur‘ati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‗sish sur‘ati o‗rtasidagi bog‗liqlikni 
ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi 
deyiladi. 
Uchta masshtab samarasi to‗g‗risida gapirish mumkin: 
1. O„suvchi masshtab samarasi yoki musbat masshtab samarasi - ishlab chiqarish 
masshtabining kengayishi (ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o‗sishi) 
su‘atidan mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati yuqori. Masalan, resurslar sarfi 100 
foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish sur‘ati 100 foizdan yuqori o‗sishga ega, ya‘ni 120 
foiz. 


265 
2. O„zgarmas masshtab samarasi – ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar 
sarfining o‗sish sur‘ati mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘atiga teng. Masalan, resurslar 
sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish ham 100 foizga oshadi. 
3. Pasayuvchi masshtab samarasi – resurslar sarfining o‗sish sur‘atidan mahsulot 
ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati past, ya‘ni resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab 
chiqarish 80 foizga o‗sadi. 


266 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling