O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


OLAP-biznes vaziyatlarini tahlil qilish va prognozlash texnologiyalari


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

OLAP-biznes vaziyatlarini tahlil qilish va prognozlash texnologiyalari
1993 yilda ma‘lumotlar bazasini qurish uchun relyasion yondashuvga asos 
solgan Edgar Kodd (Edgar Codd, matematik va IBM stipendiati) hamkorlari bilan 
«Arbor Software» (bugungi kunda bu eng mashhur kompaniya «Hyperion 
Solutions») tomonidan ―Tahlilchi-foydalanuvchilar uchun OLAP (tezkor tahliliy 
qayta ishlash)ni ta‘minlash‖ sarlavhali maqolani chop etdi, unda OLAP 
texnologiyasining 12 ta o‗ziga xos xususiyatlari shakllantirilgan bo‗lib, keyinchalik 
ular yana 6 ta qo‗shimcha ma‘lumot bilan to‗ldirilgan. Bu qoidalar katta hajmli 
ommaviy ma‘lumotlarni tahlil qilish uchun yangi va o‗ta istiqbolli texnologiyaning 
asosiy tarkibi bo‗lishdi. 
Keltirilgan ro‗yxatda OLAP (Basic)texnologiyasining o‗ziga xos 
xususiyatlarining eng muhimlari ko‗rsatilgan: 
• 
ma‘lumotlarni katta hajmda konseptual taqdim etilishi; 
• 
ma‘lumotlarni intuitiv manipulyasiyalash; 
• 
ma‘lumotlarni olish va detallash; 
• 
interpretatsiyaga qarshi ma‘lumotlarning paketli to‗planishi; 
• 
OLAPni tahlil qilish modellari; 
• 
«mijoz-server» arxitekturasi (OLAP ishchi stoldan olinishi mumkin); 
• 
shaffoflik (tashqi ma‘lumotlarga tiniq kira olish); 
• 
ko‗p foydalanuvchilarni qo‗llab quvvatlash. 
Maxsus xususiyatlar (Special): 
• 
shakllanmagan ma‘lumotlarni qayta ishlash; 
• 
OLAP natijalarini saqlash: ularni boshlang‗ich ma‘lumotdan alohida saqlash; 
• 
mavjud bo‗lmagan ko‗rsatkichlarning mustasnoligi; 
• 
mavjud bo‗lmagan ko‗rsatkichlarni qayta ishlash. 
Hisobot taqdim etishning xususiyatlari (Report): 
• 
hisobotlarni shakllantirishning o‗zgaruvchanligi; 
• 
hisobotlarning standart ishlab chiqarilishi ?


155 
• 
ma‘lumotlarni chiqarishning jismoniy bosqichini avtomatik tarzda o‗rnatish
O‗lchovlarni boshqarish (Dimension): 
 
• 
o‗lchovlarning universalliligi; 
• 
o‗lchamlar va agregatsiya darajasining chegaralmagan miqdori; 
• 
o‗lchamlar orasidagi operatsiyalarninng chegaralanmagan soni. 
OLAP-servis o‗zida real vaqt rejimidagi ma‘lumotlarning katta hajmini tahlil 
qilish uchun omborda saqlanadigan uskunalarni aks ettiradi. OLAP- tizim bilan 
o‗zaro munosabatga kirishib, foydalanuvchi, axborotlarni tezkor ko‗rish, 
ma‘lumotlarning ixtiyoriy kesimlarini olish va bir vaqtning o‗zida ko‗plab 
parametrlar bo‗yicha taqqoslashning tahliliy operatsiyalarini bajarishi mumkin.
OLAP-tizim bilan ishlashning barcha jarayonlari fan sohalari atamasida yuz beradi 
va biznes vaziyatining statistik jihatdan asoslangan modelini qurishga imkon 
beradi.
Bu choralarning axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis, ekspert-
statistist tomonidan emas, balki professional boshqaruvchi foydalanishiga 
yo‗naltirilganligi asosiy xususiyati hisoblanadi. Tadbirlar tahlilchining 
kompyuterda emas, balki muammo ustida ishlashi uchun taqdim etilgan. 12.13 –
rasmda ma‘lumotlarni uch o‗lchamda baholashga imkon beradigan elementar 
OLAP-kub ko‗rsatilgan. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling