“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
27
NAVLI UN TORTISHDA BUG‘DOY DONINING GEOMETRIK KO’RSATKICHLARINI
TEXNOLOGIK AHAMIYATI
ass. Berdimuradov Xasan To’xli o’g’li, ass. Shaxriddinov Farrux Faxriddin o‘g‘li,
ass.Ibragimov Anvar Kuchkarovich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
Bug'doy doni biologik jihatdan murakkab ko'pkomponentli tuzilmalar bo'lib, unda sifat
ko'rsatkichlari yuqori agroekologik va genotipik omillarga bog'liqligi bilan ajralib turadi.Shu sababli
navli un tortishda ularning har birida optimal
texnologik rejimlarni tanlash, ularni boshqarish va
ko'rib chiqish zaruriyati mavjud.
Ma'lumki, don va undan qayta ishlanadigan sifatli mahsulotlar olishda va shakllantirishda
asosiy hissa agroekologik va genotipik omillar tomonidan qo'shiladi. Biroq,
ularning birgalikdagi
ta'siri haqida ma'lumotlar kam bo'lib, bu ularni aniqlash usullarining mukammalligi, omillarning xom
ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar sifatiga ta'siri darajasini izohlashdagi
qiyinchiliklar bilan bog'liq sanaladi.
Don qattiqligining ko'rsatkichi asosan bug'doyning genetik jihatdan texnik tasnifi bo'lib,
agroekologik omillar ta'siriga eng chidamli bo'lib, bug'doyning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarini
baholash uchun ob'ektiv mezon sifatida ishlatilishi mumkin.
Donlarning yirikligi, ularning geometrik o‘lchamlari bilan tavsiflanadi. (uzunligi,
qalinligi,
eni). Bu o‘lchamlarning bir xilligi, don massasini yiriklik bo‘yicha tekisligini anglatadi.
Qaysi o‘lchamlar chegarasidagi (masalan: uzunligi bo‘yicha teshiklari 2,2...2,5x20 mm elakda
qolgan donlar) donlar miqdori 80
% dan ortiq bo‘lsa, don shu o‘lchamda yirikligi bo‘yicha
tekislangan hisoblanadi [1].
Donni yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish uning geometrik o‘lchamlariga ta’sirini ko’rib
chiqish uchun biz Umanka va Polovchanka navlaridan foydalanamiz.
Jadval-1
Bug‘doy doni yirikligini uning geometrik o‘lchamlariga ta’siri (Umanka)
№ mm
o‘lcham li
elak qoldig‘i
Uzunligi, l
mm
Eni, a mm
Qalinligi, V mm
Don xajmi,
V mm
3
Don yuzasi
maydoni, F
mm
3
3,0x20
6,93
3,33
3,16
36,43
64,74
2,8x20
6,68
3,15
2,84
30,57
57,92
2,5x20
6,17
2,93
2,64
24,55
49,13
2,2x20
5,54
2,57
2,37
18,53
39,26
2,0x20
5,38
2,54
2,11
14,35
35,57
1,7x20
4,87
2,35
1,87
11,14
28,83
Dastlabki
don
5,72
2,65
2,32
18,32
40,58
Donning uzunligi, eni va qalinligi bo‘yicha fraksiyalarga ajralishi
bu donlarga gidrotermik
ishlov berish, maydalash, qobiq ajratish jarayonlarining eng samarali ko‘rsatkichlarini hisobga olgan
holda jarayonni bir xil ketishini murakkablashtiradi [2]. Yuqori texnologik natijalarni ta’minlash
uchun qayta ishlashga yuborilayotgan don partiyalarining geometrik o‘lchamlari bo‘yicha tengligiga
kata ahamiyat beriladi. Don partiyalarining tengligini oshirish uchun donning mayda fraksiyasi ajratib
olinadi va partiyalar yirikligi bo‘yicha bir necha fraksiyalarga ajratiladi.
“Umanka” navinidan namuna olinib, undan 100 ta don uzunligi,
qalinligi va , eni bo‘yicha
o‘lchamlari aniqlandi. O‘lchamlari olingan donlar umumiy namunaga aralashtirilib, uni quyidagi
elaklar jamlanmasida 3,0x20, 2,8x20, 2,5x20, 2,2x20, 2,0x20 va 1,7x20 fraksiyalarga ajratildi.
Fraksiyalarga ajratilgan don massasidan 100 ta dondan ajratilib, uzunligi, eni va qalinligi bo‘yicha
o‘lchamlari shtangensirkul yordamida aniqlandi. Tajribadan olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.
Jadvalda keltirilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, donning dastlabki namunasi, 3,0x20
mm o‘lchamli elak qoldig‘i orasidagi farqni % dagi ifodasi kuyidagicha: mos tarzda, uzunligi 22% ,