Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 462.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.12.2017
Hajmi462.01 Kb.
#22257
1   2   3   4   5   6

  Uyga vazifa. 

  Har  bir  guruhga  tegishli  vazifalar  alohida-alohida  aytiladi.  (bular  ijodiy 

daftarda  ishlash,  diafilmlar  tuzish,  matndan  bosh  gʻoyalarni  ajratib  yozish, 

ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.) 



Darsni xulosalash. 

-Bu  darsdan  qanday  yangilik  oʻrgandingiz?  Sizga  nima  yoqdi?  Nima  sizga 

yoqmadi? Siz qanday boʻlishini xohlar edingiz? 


46 

 

       Ushbu  darsni  aniq  modul  asosida  tashkil  qilish  oʻquvchilarning 

faolligini  oshiradi  va  darsning  qiziqarli  va  jonli  tarzda  oʻtishida  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.  

Modul dasturi aniq maqsad sari yoʻnalganligi, har bir topshiriq uchun  qat`iy  

vaqt  belgilanishi, umuman, darsning oldindan rejalashtirilishi oʻqituvchilarda katta 

qiziqish uygʻotayotir. 

Modulli  ta’limning  asosiy  mohiyati,  oʻquvchilar  modul  dasturlari  ustida 

mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar. 

Modul  dasturlari  ta’lim  tasbiyaviy    mavzuning  maqsadini  dars    davomida 

mustaqil bajaradigan topshiriqlar asosida aks ettirgan koʻrsatmalr majmuidir. 

Modul dasturlari – dars matni yoʻi oʻqituvchilar tomonidan oʻquv materialini 

rejalashtirish  emas,  balki  oʻquvchilarning  mazkur  mavzuni  mustaqil  va  ijodiy 

oʻrganishi  boʻyicha  oʻquv  faoliyati  dasturidir.  Modul  dasturlari  oʻqituvchilar 

tomonidan tuzilib, unda modulning umumiy didaktik maqsadi, mavzuni  oʻrganish 

bosqichlari,  oʻquvchilar  tomonidan  bajariladigan  oʻquv  faoliyati  elementlari, 

ularning bilimini nazorat qilish yoʻllari ketma-ket bayon etiladi. 

Oʻqituvchi  modul  dasturlarini  tuzishda  va  undan  ta’lim  jarayonida 

foydalanishda quyidagilarga e`tibor berishi zarur: 

1.

 



Oʻquv materialini tanlash. Oʻquvchilarga mustaqil  oʻzlashtirish uchun 

tavsiya etiladigan oʻquv  materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan boʻlishi 

kerak. 

2.

 



 Vaqtni  tejash.  Oʻquvchilar  oʻquv  materialini  dasturda  belgilangan 

vaqt doirasida egallab olishlariga erishish zarur. 

3.

 

Oʻquvchilarda  mustaqil  va  ijodiy  ishlash  koʻnikmalarini  hosil  qilish. 



Oʻqituvchi  oʻquvchilarni    modul  dasturlari  bilan  ishlashga    yoʻllashdan  avval 

ularda  darslik  va  boshqa  manbalar  ustida  mustaqil  ishlash  koʻnikmasi 

shakllanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 

 Yuqoridagilardan  koʻrinadiki,  1-sinf  oʻqish  darslarini  turlicha  metodlar 

bilan  tashkil  qilish  va  oʻtkazish  mumkin.  Bu  qoʻllangan  metodlarning  barchasi 


47 

 

pirovard  natijadi  bir  maqsadga-  oʻquvchilarni  ma;anaviy  barkamol  inson  etib 



tarbiyalashga qaratilmogʻi  juda muhimdir.  

 

2.3.Umumlashtiruvchi  darslar  va  ularni  ilgʻor  pedagogik  texnologiyalar 

asosida tashkil qilish orqali dars samaradorligini oshirish 

 

           Boshlangʻich  ta’limda  umumlashtiruvchi  darslar  oʻziga  xos  xususiyatlarga 

ega.  Jumladan,  1-sinfda    oʻqishdan  oʻtkaziladigan  umumlashtiruvchi  dars 

oʻquvchilar  bilimini  bir  tizimga  solish,  oʻrganilganlarni  takrorlab  umumlashtirish 

maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda  oʻqish dasturidagi u yoki 

bu  muhim  mavzu  yuzasidan  utkaziladi.  Umumlashtiruvchi dars  darslikning  butun 

bir boʻlimini yakunlashga xizmat qilishi xam mumkin.  

   1-  sinfda  oʻtkaziladigan  umumlashtiruvchi  dars  bolalar  tasavvuri  va 

tushunchalarni  kengaytirishga  yordam  beradi;  bunday  darslarda  oʻquvchilar 

egallagan bilimlarning sinf va maktab jamoasi xayotida, har bir oʻquvchi xayotida 

kanday axamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda oʻqituvchi bolalar bilimini 

boyitadigan shu mavzu oid qoʻshimcha materiallar ham berishi mumkin. 

1-sinfda  umumlashtiruvchi  darsda  takrorlash  ilgari  oʻqilganlar  mazmunini 

oʻquvchilar yodida kayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda boʻlishi, 

bolalar  bilimini  sistemalashtirishga,  ayrim  tasavvur  va  tushunchalarni  tartibga 

solishga  yordam  berish  lozim.  Shunday  ekan,  bunday  darslar  uchun  kitobdan 

ukiganlargina  emas,  balki  bolalarning  kuzatishlari  natijasida  bevosita  idroʻlangan 

tabiatdagi predmetlar va xodisalar, ijtimoiy xayot voʻealari, shaxsiy tajribalari xam 

material  buladi. Maktab  hayoti, oila  mavzusi  yoki  tabiatshunoslikka  oid  mavzuga 

bagʻishlangan 

umumlashtiruvchi 

darsning 

vazifasi 

kitob 

materialini 



oʻquvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bogʻliq 

hisoblanadi. 

Umumlashtiruvchi  darslarda  ish  turlari  xilma  -  xil  bulib,  koʻrilgan  va 

kechirilganlar  yuzasidan, illyustrativ  materiallarni  (rasmlar,  misollar)  kursatish va 



48 

 

taxlil  qilish,  oʻquvchilarning  ayrim  asarlardan  parchalar  oʻqish,  ekskursiya  va 



kuzatishlar hakida bolalarning ogʻzaki hikoyani kabilardan foydalaniladi. 

Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib 

tanlanadi.  Umumlashtiruvchi  darslarga  asosan  quyidagi  pedagogik  talablar 

qoʻuyiladi: 

-  oʻquvchilar  muayyan  mavzu  ustida  ishlab,  oʻqiganlari,  koʻrganlari, 

eshitganlari,  kuzatganlari  haqida  uz  fikr  -  muloxazalarini  dadil  va  erkin  aytish 

imkoniyatiga  ega  bulsinlar.  Masalan,  ma’lum  bir  mavzuni  yakunlab  utkazilgan 

umumlashtiruvchi  darsda  bolalar  kitobdan  shu  mavzuga  oid  oʻqigan  hikoya  va 

maqollardan  qaysi  biri  qiziqarliroq  ekanini,  shuningdek,  u  yoʻi  bu  hikoya  yoʻi 

maqolda  katnashuvchi  shaxslar,  ularning  xulq  -  atvorlari  haqida  oz  fikrlarini 

aytadilar, ayrim zaruriy  hollarda oʻqqilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. 

Agar mavzuni urganish jarayonida oʻquvchilar bilan ekskursiya oʻtkazilgan boʻlsa, 

ular  ekskursiyada  koʻrganlaridan  nimalar  qiziqarli  bulganini,  kaysilari  kuchli 

taassurot  qoldirganini  aytib  berishlariga  oʻqituvchi  yordam  beradi.  Bular 

oʻquvchilar  tafakkurini  faollashtiradi,  ularni  faol  fikrlashga  urgatadi,  ustiruvchi 

ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 

1– sinfda umumlashtiruvchi darslar «Oʻqish kitobi» darsligida berilgan 7 ta 

boʻlim  yuzasidan  oʻtkazilishi  hamda  oʻquv  yili  oxirida  barcha  oʻrganilganlar 

yuzasidan  oʻtkazilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Masalan,  “Xalq  oʻgiti-  baxt  kaliti” 

boʻlimi materiallari oʻrganilgach  boʻlim yuzasidan umumlashtiruvchi dars tashkil 

qilinadi.  Bunda  boʻlimdagi  “She’r  va  sichqon”,  “Maymun  bilan  duradgor”, 

“Rostgoʻy  bola”,  ertaklari,  maqollar  va  topishmoqlar,  latifalar  va  “Laylak  keldi-

yoz boʻldi” qoʻshigʻi oʻrganilgach bu dars tashkil qilinadi.   

Bunda  oʻquvchilarning  shaxsiy  tajribasi,  oila  va  maktab,  shahar  xayoti 

haqidagi  bilimlari  katta  axamiyatga  ega.  Bunday  darslarda  umumiy  xulosani 

oʻqituvchining  yordamisiz  oʻquvchilarning  uzlari  mustaqil  ravishda  chikarishlari 

juda muhim bulib, bu ularning kelgusi ishonchlarini shakllantirish uchun ularning 

kelgusi ishonchlarini shakllantirish uchun mustaxkam asos xisoblanadi. 



49 

 

Oʻqish  kitoblarida  berilgan  savol  va  topshiriqlar  bolalar  qiziqishlarida 



berilgan savol va  topshiriqlarga  yaqin,  ularning  yosh xususiyatlariga  mos boʻlishi 

kerak.  Shunda    ular  yuzasidan  bolalar  tugri  yakuniy  va  umumiy  xulosa  chikara 

oladilar. Mustaqil xulosa chikarish tarbiyalovchi ta’limda muhim axamiyatga ega. 

1-sinfda 

umumlashtiruvchi 

darsni 


muvaffaqiyatli 

oʻtkazish 

unga 

oʻqituvchining  kanday  tayyorgarlik  koʻrganiga  bogʻliq.  Bunday  darsda  juda  koʻp 



material  yuzasidan  umumiy  xulosa  chiqarishni  rejalashtirish  mumkin  emas;  bu 

darsga  kup  material  yuklash  oʻquvchilar  dikkatini  tarkatib  yuboradi,  idrok  etish 

qobiliyatlarini  pasaytiradi  va  faol  fikrlash  imkonini  chegaralaydi.  Oʻqituvchi 

umumlashtiruvchi  darsda  oʻquvchilardan  nimalarni  surashni,  mavzu  yuzasidan 

yana  nimalarni  umumlashtirishni  belgilab  oladi;  darsning  maqsadi  haqida  uylab, 

bolalar  tafakkuri  va  faoliyatini  faollashtirishga  ta’sir  etadigan  ish  formalaridan 

foydalanishni rejalashtiradi. 

Umumlashtiruvchi darsni oʻqish dasturidagi har bir mavzu oʻrganilgan soʻng 

oʻtkazish  shart  emas.  Uni  fakat  oʻqish  darsining  muhim  va  katta  boʻlimi 

materiallari  oʻrganilgandan  keyin  utkazish  maqsadga  muvofiq.  Mavzularni 

oʻrganish  davrida  foydalanilgan  koʻrgazma  qurollardan,  savol  va  topshiriqlardan, 

ekskursiya,  kuzatish,  uchrashuv  va  suxbat  materiallaridan  umumlashtiruvchi 

darslarda shundayligicha - bir xilda foydalanish tavsiya etilmaydi. 

Umumlashtiruvchi  dars  oldiga  qoʻyilgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirish  uchun  oʻqituvchi  kundalik  mashgulotlarida  foydalanilgan  juda  koʻp 

materiallardan  har  bir  mavzu  uchun  juda  muhim  va  xarakterlilarni  tanlashi, 

oʻquvchilar  mustaqil  xulosa  chikara  olishlariga  va  uz  fikr  -  muloxazalarini 

mustaqil  ravishda  bayon  etishga  imkoniyatni  ekskursiya  va  kuzatishda  yozgan 

xotiralarni (agar boʻlsa) oʻqib chikishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yigʻishlari, 

kitobdagi  materiallarni  koʻzdan  kechirib,  qiziqarli  oʻrinlarini  belgilashlari,  u  yoʻi 

bu  asardan  ayrim  parchani  yodlashlari  yoʻi  matnga    yaqin  bayon  etishga 

tayyorlanishlari lozim. 

Masalan, “Xalq oʻgiti- baxt kaliti” boʻlimi materiallarini umumlashtiruvchi 

dars quyidagi texnologik xarita asosida tashkil qilinadi.   



50 

 

                            Darsning texnologik xaritasi 



Mavzu:  Xalq  oʻgiti-  baxt  kaliti”  boʻlimi  yuzasidan  umumlashtirish 

(noan’anaviy dars) 



Mavzuga  doir  tayanch  tushunchalar:  Shu  boʻlimda  berilgan  barcha 

mavzulardagi tushunchalar. 



Soatlar soni: 1 soat. 

Mavzuning  qisqacha  ta’rifi:  Bu  darsda  oʻzbek  xalq  ogʻzaki  ijodining  ertak, 

maqollar,  topishmoqlar,  xalq  qoʻshiqlari,  latifa  janriga  doir  oʻrganilgan  bilimlar 

takrorlanadi, umumlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi. 

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: 

Metod:  Suhbat,  didaktik  oʻyin,  ifodali  oʻqish,  tushuntirish,  munozara, 

musobaqa, muammoli izlanish. 



Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash. 

Jihoz: Ertakalar tasvirlangan rasmlar. 

Nazorat: Oʻquvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. 

Baholash: Oʻquvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. 

                                           Darsning maqsad va vazifalari 

                                               Maqsadlar: 

Ta’limiy:  Oʻquvchilarning  xalq  ogʻzaki  ijodi  boʻlimi  yuzasidan  olgan 

bilimlarini 

mustahkamlash, 

toʻgʻri, 

ravon, 

ifodali 


oʻqish 

malakalarini 

takomillashtirish. 

Tarbiyaviy:  Oʻquvchilarni  doʻstlikni  qadrlashga,  mehnatsevarlikka,  rostgoʻy 

va xushmuomala boʻlishga oʻrgatish. 



Rivojlantiruvchi:  Oʻquvchilarning  toʻgʻri,  ravon,  ifodali  oʻqish  malakalarini     

rivojlantirish. 



                                                  Kutilayotgan natija 

Dars  yakunida  oʻquvchilarning  toʻgʻri,  ifodali  va  tez  oʻqish  malakalari 

takomillashadi.  Xalq  ogʻzaki  ijodining  oʻrganilgan  janrlari  boʻyicha  egallagan 

bilimlari  sinovdan  oʻtadi.  Oʻquvchilar  oʻz-oʻzini  anglashga,  oʻz  xatolarini  tuzatishni 



51 

 

oʻrganadilar. 



                                          Dars jarayoni va texnologiyasi 

Ishning nomi 

       Bajariladigan ish mazmuni 

  

Metod  



  

Vaqt  


1-bosqich 

Tashkiliy    

qism 

Oʻquvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning 



darsga tayyorligi tekshiriladi. 

Suhbat  


2 daqiqa 

2-bosqich 

(Refleksiya) 

ehtiyojlarni 

aniqlash 

Dars  davomida  rioya  qilish  lozim  boʻlgan 

qoidalar  belgilanadi.  Dars  shiori  ishlab 

chiqiladi. 

Munozara  

2 daqiqa 

3-bosqich 

Darsning 

borishi 

 

 



 

 

1.



 

Oʻqituvchi  tashkiliy  qismni 

oʻtkazgach,  bugungi  dars  mavzusini  e’lon 

qiladi. 


Darsda  Laylakvoy  ishtiroʻ  etadi. 

(Laylakvoy 

rolini 

yuqori 


sinf 

oʻquvchilaridan biri bajarishi mumkin). 

2.

 

Butun 



dars 

davomida 

Laylakvoy  va  oʻquvchilarning  muloqoti 

boʻlib,  barcha  mavzularga  doir  bilimlar 

takrorlanadi. 

3.

 



Boshqotirma 

va 


rebusni 

yechish. 

Ifodali oʻqish 

 

 



 

 

Suhbat  



 

 

 



Muammoli 

izlanish 

7 daqiqa 

 

 



 

 

14 



daqiqa  

 

8 daqiqa 



4-bosqich 

mustahkamlas

1.  Oʻrganilganlar  takrorlanib  dars 



mustahkamlanadi. 

2. Test yechish. 

Suhbat   4 daqiqa 

 

5 daqiqa 



5-bosqich 

baholash 

Darsni 

Oʻquvchilarning 



darsda 

ishtiroʻi 

hisobga  olinib,  reytingi  e’lon  qilinadi  va 

dars yakunlanadi. 



 

2 daqiqa 



52 

 

yakunlash 



6-bosqich 

Latifalar 

oʻrganib 

kelish 


topshirigʻi 

beriladi.  

Tushuntirish   1 daqiqa 

 

 



                                    Darsning borishi: 

1. Oʻqituvchi tashkiliy qismni oʻtkazgach, bugungi mavzuni e`lon qiladi. 

Darsda  Laylakvoy  ishtiroʻ  etadi.  (Laylakvoy  rolini  yuqori  sinf 

oʻquvchilaridan biri bajarishi mumkin). 

2.  Oʻqituvchi:  Bugun  siz  bilan  boʻlim  yuzasidan  olgan  bilimlaringizni 

mustahkamlaymiz.  Qaysi  boʻlimni  yakunladik?  (“Xalq  oʻgiti  –  baxt  kaliti” 

boʻlimini). 

Shu vaqt sinfga “Laylakvoy” kirib keladi. 

- Men qayerga kelib qoldim? (Maktabning birinchi sinfiga). 

- Siz bu yerda nima bilan shugʻullanasiz? (Bilim olamiz). 

- Juda yaxshi. Men ham nimalarni oʻrganganlaringizni bilsam boʻladimi? 

Oʻqituvchi: - Albatta boʻladi. Bu sinfdagi bolalar juda bilimdon. Bular hatto 

sening kimligingni va qaysi ertakdan kelganingni ham bilishadi. 

Laylakvoy: - Rostdanmi? Qani unda ayting-chi, men kimman? 

Oʻquvchilar: Sen ”Oltin tarvuz” va ”Ur toʻqmoq” ertagidagi Laylakvoysan. 

Laylakvoy:  Juda  bilimdon  ekansizlar-ku.  Men  esa  bir  qancha  jumboqlarni 

yecha olmay boshim qotdi. Sizlar uni yechishga yordamlashasizlarmi? (Ha). 

-  Men  juda  koʻp  yurtlarni,  oʻrmonlarni,  togʻlarni  koʻrdim.  Ayrim 

jumboqlarni  hech  hal  qila  olmadim.  Ulardan  biri  shuki,  bir  oʻrmonda  she’r  va 

sichqon doʻst tutunishibdi. Nega endi shunday bahaybat sher ayiq bilan emas, boʻri 

bilan emas, mittigina sichqoncha bilan doʻst tutingan? 

Oʻquvchilar: ”Sher va sichqon” ertagining mazmunini soʻzlab beradilar. 

Laylakvoy: Uni qarang-a, kim oʻylabdi mittigina sichqon shunday bahaybat 

sherni oʻlimdan qutqara oladi, deb. 



53 

 

Doʻstlik shunchalik qadrli ekan, men ham bilib oldim. Yana doʻstlik haqida 



nimalarni bilasiz? 

Oʻquvchilar doʻstlik haqidagi maqollar, hikmatli soʻzlardan aytadilar. 

Laylakvoy:  Juda  bilimdon  ekansiz.  Menga  yana  bir  jumboqni  yechishga 

yordam berasizlarmi? (Ha). 

Men  Hindistonda  maymunlar  toʻdasiga  duch  keldim.  Ular  orasida  bir 

maymunni koʻrdim. Unga qarab ham kulgim keldi, ham rahmim keldi. Uning dumi 

yoʻq ekan. Buniyam sababini bilasizlarmi?  

Oʻquvchilar:  ”Maymun  va  duradgor”  ertagining  mazmunini  soʻzlab 

beradilar. 

Oʻqituvchi: Qissadan hissa shuki... 

Oʻquvchilar: ”Oʻzingga aloqador boʻlmagan ishga aralashma”. 

Laylakvoy:  Demak  maymunvoy  oʻzi  bilmagan  va  tushunmagan  ishga 

aralashgani uchun dumidan ayrilgan ekan-da. 

Men  yana  bir  yurtda  farzad  koʻrmagan  bir  shohnig  oddiygina  bir  bolani 

farzand  qilib  olganini  eshitdim.  Nima  uchun  aynan  shu  bolani  tanlaganini  hech 

tushunmadim. 

Oʻquvchilar ”Rostgoʻy bola” ertagini soʻzlab beradilar. 

Oʻqituvchi: Bolalar, keling, Laylakvoyga shu boʻlimda oʻrgangan maqollar, 

topishmoqlar, qoʻshiqlarni aytib beramiz. (Oʻquvchilar aytadilar). 

Laylakvoy:  Rahmat,bolajonlar.  Men  sizlar  bilan  vaqtimni  samarali 

oʻtkazdim.  Menga  koʻp  jumboqlari  hal  etishga  yordamlashdinglar.  Men  endi 

qaytaman. Sizning yurtingizga esa yozda qaytib kelaman. Sizning yurtingizga esa 

yozda qaytib kelaman. 

Oʻqituvchi:  Xayr,  Laylakvoy.  Biz  seni  yozda  mana  bu  qoʻshiq  bilan  kutib 

olamiz. 

Oʻquvchilar:  ”Laylak  keldi,  yoz  boʻldi”  qoʻshigʻini  kuylaydilar.  Soʻng 

”Laylakvoy” xayrlashib chiqib ketadi. 

Oʻqituvchi  darslikdagi  boshqotirma  va  rebusni  hal  etishni  aytadi. 

Oʻquvchilar bu topshiriqni ham hal etadilar. 


54 

 

Oʻqituvchi  mavzuga  oid  test  savollari  yordamida  darsni  xulosalaydi, 



oʻquvchilar reytingini e’lon qiladi. 

Yuqoridagilardan koʻrinadiki, bunday usulda tashkil qilingan va oʻtkazilgan 

dars samaradorligi bilan ajralib turadi.  

Umumlashtiruvchi  dars  oldiga  kuyilgan  vazifalarni  muvaffakiyatli  amalga 

oshirish  uchun  oʻqituvchi  kundalik  mashgulotlarida  foydalanilgan  juda  kup 

materiallardan  har  bir  mavzu  uchun  juda  muhim  va  xarakterlilarni  tanlashi, 

oʻquvchilar  mustaqil  xulosa  chikara  olishlariga  va  uz  fikr  -  muloxazalarini 

mustaqil  ravishda  bayon  etishga  imkoniyatni  ekskursiya  va  kuzatishda  yozgan 

xotiralarni (agar boʻlsa) oʻqib chikishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yigʻishlari, 

kitobdagi  materiallarni  koʻzdan  kechirib,  qiziqarli  oʻrinlarini  belgilashlari,  u  yoʻi 

bu  asardan  ayrim  parchani  yodlashlari  yoʻi  matnga    yaqin  bayon  etishga 

tayyorlanishlari  lozim.  Xususan,  ”Mehnatning  tagi  rohat”  boʻlimi  yuzasidan 

oʻtkaziladigan darsni tashkil qilish va oʻtkazish y`ollarini keltiramiz.   

Darsning texnologik xaritasi 

Mavzu: ”Mehnatning tagi rohat” boʻlimi yuzasidan takrorlash. 

Mavzuga  doir  tayanch  tushunchalar:  Boʻlimdagi  barcha  mavzularga 

tegishli tushunchalar. 

Soatlar soni: 1 soat. 

Mavzuning  qisqacha  ta’rifi:  Bu  darsda  oʻquvchilar  boʻlimda  oʻrgangan 

bilimlarini  takrorlaydilar,  mustahkamlaydilar,  umumlashtiradilar  va  oʻzlarini 

baholash, tashxislashga oʻrganadilar. 

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: 

Metod: Savol-javob, suhbat, hikoya, tushuntirish, munozara. 

Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash. 

Jihoz: Turli kasbdagi kishilar mehnati tasvirlangan rasmlar. 

Nazorat: Oʻquvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. 

Baholash: Oʻquvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. 

                                           Darsning maqsad va vazifalari 


55 

 

                                               Maqsadlar: 



Ta’limiy:  Bilimlarni  mustahkamlash,  toʻgʻri  va  ifodali  oʻqish  malakalarini 

mustahkamlash. 



Tarbiyaviy: Oʻquvchilarni mehnat qilishga , oʻzgalar mehnatini qadrlashga 

oʻrgatish, turli kasblar haqida ma’lumot berish orqali kasbga yoʻnaltirish. 



Rivojlantiruvchi: 

Oʻquvchilarning 

toʻgʻri, 

ravon, 


ifodali 

oʻqish 


malakalarini, mehnatga muhabbat tuygʻularini rivojlantirish. 

                                                  Kutilayotgan natija 

Dars  yakunida  oʻquvchilarning  toʻgʻri,  ifodali  va  tez  oʻqish  malakalari 

takomillashadi. Oʻquvchilar har qanday mehnatni e’zozlashga oʻrganadilar. Boʻlim 

yuzasidan bilimlarini sinovdan oʻtkazib, oʻzlarining kamchilik va yutuqlarini bilib 

oladilar, kamchiliklarni tuzatishga kirishadilar. 

                                          Dars jarayoni va texnologiyasi 

Ishning nomi 

   Bajariladigan ish mazmuni 

Metod  


Vaqt  

1-bosqich 

Tashkiliy    

qism 


Oʻquvchilar 

davomati 

aniqlanadi. 

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi. 

Suhbat  

2 daqiqa 

2-bosqich 

(Refleksiya) 

ehtiyojlarni 

aniqlash 

Dars  davomida  rioya  qilish  lozim 

boʻlgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori 

ishlab chiqiladi. 

Munozara  

2 daqiqa 

3-bosqich 

Darsning 

borishi 


 

 

 



 

1. Bugungi mavzu e’lon qilinadi. 

 

2.  Oʻqituvchi  mehnatining  afzalligini 



tushuntirib,  ”Aqilli  bogʻbon”  ertagini 

eslatadi.  Oʻquvchilardan  biri  ertakni 

soʻzlab  beradi.  Shundan  soʻng  matnga 

doir 1-test va rebus hal etiladi. 

3.  Abdulla  Avloniyning  „Soqi  bilan 

Ifodali 


oʻqish, 

tushuntirish, 

test, rebus. 

 

 



 

Ifodali 


1 daqiqa 

 

6 daqiqa 



 

 

 



 

6 daqiqa 



56 

 

onasi“  hikoyasining  mazmuni  eslanadi, 



matnga doir testlar ishlanadi. 

4.  Poʻlat  moʻminning  „Yer  nima  der“ 

she’ri  eslatiladi.  Mavzuga  doir  testlar 

ishlanadi. 

5.  Shuhratning  „Tugma“  hikoyasi 

eslatiladi. 

6.  Abdulla  Avloniyning  „Maqtanchoq 

gʻoz“ hikoyasining mazmuni eslatiladi. 

7.  Oʻquvchilarning  kasblar  haqidagi 

tayyorlagan sahna koʻrinishlari tomosha 

qilinadi. 

oʻqish 


 

Suhbat, 


muammoli 

izlanish 

Suhbat, test 

 

Ifodali 



oʻqish, test 

Hikoya, 


didaktik 

oʻyin 


 

 

4 daqiqa 



 

 

5 daqiqa 



 

4 daqiqa 

 

 

9 daqiqa 



4-bosqich 

mustahkamlash 

Darslikdagi savol va topshiriqlar asosida 

dars mustahkamlanadi. 

Suhbat  

3 daqiqa 

5-bosqich 

baholash 

Darsni 

yakunlash 



Oʻquvchilarning darsda ishtiroʻi hisobga 

olinib,  reytingi  e’lon  qilinadi  va  dars 

yakunlanadi. 


Download 462.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling