O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
immediately called Aziz in. Yo’lakda turganlar darrov Azizni chaqirib olishdi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
immediately called Aziz in. Yo’lakda turganlar darrov Azizni chaqirib olishdi
(O’.Usmonov) gapidagi yo’lakda turgan sifatdosh o‟rami asli asosiy predikat (chaqirib olishdi)ning sub‟ekt bo‟lgan odamlar so‟zini aniqlab kelgan va ikkinchi darajali predikat (turgan)ning ham mazmuniy jihatdan sub‟ekt bo‟lagini ifoda etgan. Mazkur gapda esa ana shu odamlar so‟zining tushishi bilan yo’lakda turganlar shaklida sifatdosh o‟ram otlashgan va asosiy predikatning sub‟ektini ifodalab kelgan. Ana shu asosda mazkur sodda gapning mazmuniyati murakkablashgan. II bob bo’yicha xulosa Sifatdosh o‟ramlar boshqa bo‟laklarni ham aniqlab kelishi yoki otlashib boshqa bo‟laklar vazifasida kelishi ham mumkin. Barcha hollarda shakl va mazmun nomuvofiqligi yuzaga keladi. Ma‟lumki, sifatdish o‟ramlar sintaktik jihatdan o‟z ichida bo‟lina oladi. Ayni paytda ular hoh sifatlashgan holda bo‟lsin, hoh otlashgan holda bo‟lsin, yoyiq bo‟lak sifatida muayyan bir sintaktik o‟rinni egallaydi. Bu holat esa sifatdosh 50 o‟ramning o‟z ichidagi sintaktik aloqa butun gap nuqtai nazaridan funksional emasligini, bu sintaktik aloqaning funksionalligi faqat o‟ram ichidagina namoyon bo‟lishini, bu aloqani faqat ayni o‟ramni alohida sintaktik tahlil qilish yo‟li bilangina baholash mumkinligini ko‟rsatadi. Ammo mavjud lingvistik adabiyotlarning juda ko‟pchiligida sifatdosh o‟ram (shuningdek, harakat nomi va boshqa tizim) tarkibida muayyan “bo‟laklar” gapning funksional bo‟laklari bilan mutlaqo tenglashtiriladi. Aniqlovchi gapning zaruriy (konstruktiv) bo‟lagi bo‟la olmaganligi uchun o‟ramdagi aniqlovchi bilan o‟ramdan tashqarida, gapda mavjud bo‟lgan aniqlovchi tenglashtirilishi mumkin. Ammo o‟ram tarkibidagi “to‟ldiruvchi”ning o‟ramdan tashqarida, gapda mavjud bo‟lgan to‟ldiruvchi bilan tenglashtirilishi mutlaqo asosga ega emas. Chunki avvalo, birinchisi gap nuqtai nazaridan funkdional emas, ya‟ni butun gapning zaruriy (konstruktiv) bo‟lagi emas, ikkinchisi esa funksional bo‟lib, gapning bevosita zaruriy (konstruktiv) bo‟lagidir. Qolaversa, o‟ram tarkibidagi “to‟ldiruvchi” ikkinchi darajali predikatning ob‟ektini bildirsa, undan tashqaridagi “haqiqiy” to‟ldiruvchi asosiy predikatning ob‟ektini ifodalaydi. Bunday to‟ldiruvchilarning maqomini bir xil deb qarash ikkinchi darajali va asosiy predikatlarning ham bir-biriga tenglashtirilgan holda baholanishiga olib keladi. Bu esa mutlaqo ilmiy asosga va mantiqqa ega emas. Shuning uchun ham to‟ldiruvchilarni baholash kriteriyalarini birmuncha aniqlashtirish lozimga o‟xshaydi. Bizningcha, to‟ldiruvchilarni 2 turga ajratish kerak: 1) funksional to‟ldiruvchilar va 2) nofunksional to‟ldiruvchilar. Bunda bevosita asosiy predikatning ob‟ektini ifodalagan, ya‟ni to‟g‟ridan-to‟g‟ri kesimga bog‟langan to‟ldiruvchilar funksional to‟ldiruvchilar deb, ikkinchi darajali predikatning ob‟ektini ifodalagan, ya‟ni turli tizimlar (o‟ramlar) tarkibidagi to‟ldiruvchilar eas nofunksional to‟ldiruvchilar deb qaralishi maqsadga muvofiqdir. Ana shunda to‟ldiruvchilarning mazmuni ham, ayni paytda butun gapning mazmunini ham baholashdagi yondashuv yana ham xolis bo‟lgan bo‟lardi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling