O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


O’zbek tilidagi sintaktik strukturalarning funksional tavsifi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422368
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi

3.2. O’zbek tilidagi sintaktik strukturalarning funksional tavsifi. 
Sintaksis (grekcha syntaxis – “tuzilish” demakdir) grammatikaning bir 
qismi bo‟lib, unda so‟zlarning o‟zaro bog‟lanish yo‟llari, bir-biri bilan aloqasi, 
munosabati, so‟z birikmasi; gap, gap bo‟laklari, gaplarning tuzilishiga, intonatsiya 
va mazmunga ko‟ra turlari, ko‟chirma va o‟zlashtirma gaplar o‟rganiladi. 


64 
Gapda so‟zlar bir-biri bilan bog‟langan bo‟ladi. Bu bog‟lanish ma‟lum 
grammatik qonun-qoidalar asosida reallashadi. Masalan: Talabalarimiz qishki 
sessiyani muvaffaqiyatli yakunladilar gapida grammatik jihatdan quyidagicha 
shakllanib, o‟zaro bog‟langan birikmalar mavjud: 
1) 
Talabalarimiz yakunladilar; 
2) 
sessiyani yakunladilar; 
3) 
qishki sessiyani; 
4) 
muvaffaqiyatli yakunladilar. 
Har bir so‟z birikmasi kamida ikki mustaqil so‟zdan tashkil topadi. Har ikki 
so‟z birgalikda murakkabroq tushunchani anglatish uchun xizmat qiladi. Demak, 
o‟zaro semantik, grammatik jihatdan bog‟langan ikki yoki undan ortiq mustaqil 
so‟zlar qo‟shilmasi so’z birikmasi deyiladi. 
So‟z birikmasining yuqorida keltirilgan ko‟rinishlari erkin birikma 
sanaladi. Erkin birikmalarni turg‟un birikmalardan farq qilish kerak. Chunonchi
yeng shimarmoq, qo’ltig’idan tarvuzi tushmoq, xamir uchidan patir kabi iboralar 
ham strukturasiga ko‟ra so‟z birikmasi hisoblanadi, ammo bu birikmalar 
tarkibidagi so‟zlar gap bo‟lagi sifatida ajratilmaydi, chunki ular nutq paytidan 
oldin o‟zaro birikkan holda mavjud bo‟ladi, nutqda ham shu holicha qo‟llaniladi, 
hozir buzilmas birikma holatiga kelib qolgan. Bunday birikma tarkibidagi 
so‟zlarning har biri mustaqil tushuncha bildirmay, butunicha ko‟chma ma‟no 
ifodalaydi, gapda ham bitta vazifada keladi. Birikmalarning bu tiplari turg’un 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling