O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
His home was in the North, in the mountains, about fifty miles from
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Ingliz va O’zbek tillaridagi sintaktik sinonimiya hodisasini mantiqiy-gnosiologik masalalari.
- Ahmad o’qiydi, Ahmad
His home was in the North, in the mountains, about fifty miles from
the border (A.Christie). Izohlovchi aniqlovchi aniqlanayotga so‟zning belgisini aniqlashtiradi yani aniqlashtirilayotgan tushunchaning chegaralanishi ma‟nosida: It was a gracious house, beautifully proportioned, she hated it. A gracious well-built house, harmoniously furnished and decorated (A.Christie). Xulosa sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin: 1) So‟z birikmasi atamasi deganda biz kamida ikki leksemaning birikishini tushunamiz; 2) So‟z birikmalari chegarasida besh xil sintaktik aloqa mavjud: attrubutiv ob‟ektli, sirkuitantli, appozitiv va predikativ. 3.4. Ingliz va O’zbek tillaridagi sintaktik sinonimiya hodisasini mantiqiy-gnosiologik masalalari. Sintaktik mazmuniyat gap mazmuni sof, alohida olingan holda o‟rganmaydi, bunday qilish, albatta, shakl va mazmun dialektikasini buzishga olib keladi. Garchi,”mazmuniy tahlil gapning qanday tushunilishi, qanday talqin qilinishi va uning tashqi olamdagi holatlar, jarayon, ob‟ektlar bilan qanday aloqadorlikda ekanligini tushuntirishi kerak” bo‟lsa-da, bunday tushuntirishda gap shakli, sintaktik qurilishini hamisha e‟tiborda tutish lozimligi hech shubhasizdir. Sintaksisda ham ma‟no kategoriyasi, umuman, tilda bo‟lganiday, markaziy masaladir, ammo sintaksis va mazmuniyat (semantika) ni qay tarzda bo‟lmasin bir- biridan keskin ajratish ulardan qaysi birining birinchi jihatga chiqarilishidan qa‟tiy nazar kutilgan natijaga olib kelmaydi. Qisqasi, R.A.Budagov ta‟kidlaganiday, shakl va mazmun hamda ularning o‟zaro aloqadorligi masalasi sintaksisning 77 markaziy muammosi bo‟lib, ularni tadqiq etishda bu har ikki kategoriya dialektik birlikda olib qaralishi lozim. Zero, A.A.Vetrov ko‟rsatganiday, “shakliy va mazmuniy tahlil bir-biri bilan dialektik ravishda bog‟langan”. Sintaktik nazariya ana shu ikki tomonni, ya‟ni ham shakliy, ham mazmuniy tomonni to‟liq nazarda tutgandagina, u haqiqiy nazariya bo‟la oladi. Chunki gapning shakliy va mazmuniy qurilishlari o‟rtasidagi aloqa benihoya murakkab va ziddiyatli bo‟lib, juda ko‟p asosiy hollarda bu qurilishlar bir-biri bilan aynan bir xil, teng, muvofiq aloqada bo‟lmaydi, ular o‟rtasida deyarli hamisha muvofiqlik (simmetriya)ning buzilganligi kuzatiladi. Dastlab S.Karsevskiy tomonidan oldinga surilgan lisoniy belgining nomuvofiq dualizmi haqidagi konsepsiya sintaktik sathda ham to‟liq namoyon bo‟ladi. Gapning mazmuniy va shakliy qurilishlari o‟zaro dialektik birlikda o‟rganilar ekan, ayni qurilishlar o‟rtasidagi mavjud nomuvofiqlik (assimetriya)ni hisobga olish shart. Albatta, sintaktik tuzumi aniq, ko‟rish mumkin bo‟lgan sath bo‟lganligi uchun bu tuzilishni aniq belgilash qiyin emas. Ammo gapning mazmuniy qurilishi haqida bunday deb bo‟lmaydi. Gapning mazmuni nima? Hozirgi kunda gap mazmuning talqini masalasida tilshunoslikda bir necha yo‟nalishni kuzatish mumkin. Ulardan gap ma‟nosining denotativ ( yoki referent) konsepsiyasi tilshunoslar orasida keng tarqalgan. Bu konsepsiyaning mohiyati gap ma‟nosining denotati sifatida g‟ayrilisoniy vaziyat (ekstralingvistik situatsiya)ni, voqeani qarashdan iborat. V.G.Gak gapni so‟zdan farqli o‟laroq, to‟liq til belgisi deb hisoblaydi va gap (“высказывание”)ning referenti vaziyat (ситуация) ekanligini ta‟kidlaydi. U yozadi: “Gap yaxlit situatsiyaning nomi sifatida kelib, leksik nominatsiyadan mutlaqo farq qiluvchi o‟ziga xos nominatsiyadir”. Gap vaziyat bilan bevosita bog‟lanadi, ya‟ni gapning ifodalanuvchisi vaziyat, muayyan dalil, shuning uchun ham gap to‟liq til belgisi hisoblanadi. So‟z esa ana shu to‟liq til belgisi tarkibiga kirgandagina vaziyat bilan bog‟lana oladi, ana shunga ko‟ra so‟z xususiy til belgisidir. To‟liq til belgisi sifatidagi gapning bu denotativ tomonini 78 O.I.Moskalskiya gapning “gapning semantik yadrosi” deb ataydi. Albatta bu “semantik yadro” gap mazmuni to‟lig‟icha qamrab olmaydi, balki gap mazmuning muayyan bir jihatini tashkil etadi. Shunday bo‟lsa-da, gapning shakliy va mazmuniy qurilishlari o‟rtasidagi nomutanosib munosabatni belgilashda ayni shu “semantik yadro” ahamiyatlidir. Hozirgi turli yo‟nalishli mazmuniy izlanishlar jarayonida gap ma‟nosini o‟z tabiatiga ko‟ra turlicha bo‟lagan unsurlar majmui sifatida tushunish anchayin turg‟unlashib va umumiylashib bormoqda. V.A.Beloshapkova shunday yozadi: “Semantik sintaksisning taraqqiyoti munosabati bilan juda ko‟p tilshunoslar tomonidan turli vaqtlarda aytilgan gap ma‟nosida bir-biridan prinsipial farqlanuvchi ikki tur mazmun – borliqni aks ettiruvchi ob‟ektiv mazmun va fikrlovchi sub‟ektning ana shu borliqqa bo‟lgan munosabatini aks ettiruvchi sub‟ektiv mazmun qo‟shilgan, degan fikr alohida dolzarblik kasb etadi”. Gap mazmunidagi bu ob‟ektiv va sub‟ektiv tomonlar dastlab Sh.Balli tomonidan farqlangan bo‟lib, u gapning yaxlit mazmunini tashkil etuvchi bu unsurlardan birini diktum (ob‟ektiv mazmun) deb, ikkinchisi esa modus (sub‟ektiv mazmun – fikrlovchi sub‟ektning ayni ob‟ektiv mazmunga nisbatan munosabatining ifodasi) deb nomlagan. Sh.Balli atamalari bilan aytganda, muayyan bir diktum turli moduslar bilan birga ifodalanishi mumkin. Masalan, Ahmad o’qiydi, Ahmad Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling