O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


qiz so‟zi mazkur sifatdosh o‟ram ko‟chimidan oldingi qurilmada vositasiz  to‟ldiruvchi o‟rnida bo‟lganligini qayd etish mumkin. Qiyoslang: I loved the


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/46
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422368
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi

qiz so‟zi mazkur sifatdosh o‟ram ko‟chimidan oldingi qurilmada vositasiz 
to‟ldiruvchi o‟rnida bo‟lganligini qayd etish mumkin. Qiyoslang: I loved the 
girl//Men qizni sevdimthe girl I loved//men sevgan qiz yoki I, who loved the 
girl//qizni sevgan men. Bunday zich bog‟liqlik sifatdosh o‟ramdagi ikkinchi 
darajali predikatsiya asosida yotuvchi propozitsiyaning asosiy gapdagi 
propozitsiya bilan qo‟shilib, mazkur sodda gap mazmuniy tarkibini 
murakkablashtirishida muhim rol o‟ynagan. 
Aytish mumkinki, mazkur holatlarda sifatdosh o‟ram hamisha ham asosiy 
predikatning sub‟ektini aniqlab kelavermaydi. Asosiy predikat o‟zlik va majhul 
nisbatdagi fe‟llar bilan ifodalanganda, ma‟lumki, bu predikatning sub‟ekti 
noma‟lum yoki ob‟ekti bilan birga ifodalangan bo‟ladi. Gapning grammatik egasi 
sifatida ham ana shu ob‟ektni ifoda etuvchi so‟z shaklsi qatnashadi. Bu ob‟ekt esa 
sifatdosh o‟ram predikativ bo‟lagining ob‟ekti bilan referentlari jihatidan bir xil 
bo‟ladi, shunga ko‟ra ikki semantik propozitsiya bir gapda birlashgan holda 
ifodalanadi.bunday hollarda, demak, sifatdosh o‟ram asosiy predikatning 
sub‟ektini emas, balki ob‟ektini ifodalaganm bo‟lak bilan munosabatda bo‟ladi. 
Masalan: The paths I walked around were lost in the bushes//Ko’milib bo’libdi 


84 
men kezgan so’qmoq (A. Oripov) gapidagi asosiy predikat – ko’milib bo’libdi 
shaklidagi o‟zlik nisbatdagi fe‟l bilan ifodalangan. So’qmoq//The path so‟zi esa 
ayni predikat ifoda etgan harakatning ob‟ektini ifodalagan. Ayni sifatdosh 
o‟ramning predikativ bo‟lagi ifodalagan harakatning ob‟ekti ham shudir 
(So’qmoqni kezgan//to walk along the path). Ko‟rinib turganidek men kezgan 
sifatdosh o‟rami asosiy predikat ifodalagan harakatning sub‟ektini emas, balki 
ob‟ektini harakterlagan, aniqlagan.
Ayrim sifatdosh o‟ramlarning sub‟ekt bo‟lagi egalik qo‟shimchalari 
(asosan,III shaxsdagi) bilan shakllangan bo‟ladi. Bu esa mazmuniy va grammatik 
jihatdan shu sub‟ekt bo‟lagining qaratqich kelishigidagi so‟zdan iborat o‟z 
aniqlovchisi bor ekanligiga ishora qiladi. Ammo bu aniqlovchi ayni sifatdosh 
o‟ramning ichida sintaktik ifodalanmagan bo‟ladi. Lekin e‟tibor qilinsa, ana shu 
aniqlovchi asosiy predikatning sub‟ekti sifatida o‟ramdan tashqarida gap tarkibida 
mavjudligini umumiy mantiqqa ko‟ra ko‟rish mumkin. Masalan: The singer said 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling