Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet66/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Yordamchi kuch berilgan tovar


Real bajarilgan tovar
Maqsadli tovar

9.1-rasm. Tovarning uch darajasi18


Tovar siyosatidagi marketologlar yondashuvi, quyidagicha:



  • innovasion siyosat, ya'ni iste'molchilarni aniq talablarini e'tiborga olgan holda, eng soʻnggi gʻoyalar asosida yangi tovarlar ishlab chiqish va ularni bozorga olib chiqish;

  • assortiment siyosati, ya'ni tovar birliklari yigʻindisi boʻyicha bozorda optimal nisbatni aniqlash.

Puxta oʻylanmagan tovar siyosati natijasida quyidagi hollar yuzaga kelishi mumkin:

  • tashqi soha omillarini ta'sirini toʻgʻri baholashmaganlik sababli, mustahkam tovar nomenklaturasiga ega boʻlmaslik;



18 Kotler F., Armstrong G., Vong V., Sonders Dj. Osnovi marketinga.–M.: OOO “I.D.Vilyams”, 2012.- 752 s.

  • bozorda tovarni raqobatbardoshligi ustidan nazoratni yoʻqotish;

  • ular natijasida, tovarlarni tijorat samaradorligini pasayishi sodir boʻladi.

Tovar-murakkab koʻp qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste'mol xususiyatlari, ya'ni tovarning oʻz vazifasini bajarish-unga ega boʻlgan iste'molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarning iste'mol qiymati uning iste'mol xususiyati majmuasidir. Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e'tibor beriladi:
-rangi, oʻrash, dizayni, ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta'mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste'mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovar-murakkab koʻp qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste'mol xususiyatlari, ya'ni tovarning oʻz vazifasini bajarish-unga ega boʻlgan iste'molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarlar quyidagi mezonlari boʻyicha alohida guruhlarga boʻlinadi:

    • maqsadli koʻrsatkich boʻyicha;

    • bozor turiga koʻra;

    • foydalanishga tayyorligiga koʻra;

    • iste'molchilar soniga qarab boʻlinadi.

Maqsadli xarakteriga koʻra esa tovarlar iste'mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga boʻlinadi.
Iste'mol tovarlari – bu shaxsiy iste'mol uchun moʻljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga boʻlinadi.
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq- ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xoʻjaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.
Kundalik iste'mol tovarlarini iste'mol qilish intensivligiga koʻra ularni oʻz navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:

    1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xoʻjalik sovuni)

    2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta)

    3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-

roʻzgor uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni kiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:

  • oʻxshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi boʻyicha farqlanadi);

  • alohida koʻrinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan)

Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam oʻylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga koʻra

  • qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar;

  • uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar. Tovar siyosatini asosiy maqsadi boʻlib

  • foydani ta'minlash;

  • taqsimotni ustirish;

  • firma harakat qilayotgan bozor ulushini koʻpaytirish;

  • ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash;

  • imijni oshirish boʻlib hisoblanadi.

Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi:

  • uning innovasiyasi;

  • variasiya;

  • differensiasiya;

  • eliminasiya;

  • markani oʻrnatish va tanlash;

  • qadoqlash ;

  • tovarni shakli, turi va boshqalar.

Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:

  • yangi tovarlarni qidirish;

  • yangi tovarlarni rivojlantirish;

  • bozorga yangi tovarlarni kiritish;

  • tovar shakllarini asoslash;

  • tovar sifatini tartibga solish;

  • bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi,

qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Buning uchun, ya'ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi.
Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish boʻyicha bir- biriga juda oʻxshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir.
Tovar sifati – bu tovarning oʻz funksiyalarini bajarishda koʻrinadi va u quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya'ni uzoq muddat xizmat koʻrsatishi, pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.
Marketing fani boʻyicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan oʻlchanadi.
Mamlakat hududlarini kompleks rivojlantirishning muhim ustuvor yoʻnalishi boʻlib, iste'mol mahsulotlari bozorini barqaror rivojlanishini ta'minlash hisoblanadi. Iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha barcha hududlar yuqori oʻsish sur'atlarini namoyish qildi. Respublika koʻrsatkichidan (112,9%) yuqori koʻrsatkichlar Sirdaryo, Buxoro, Jizzax, Andijon, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etildi. Koʻrsatilgan hududlarda iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori oʻsish sur'atlari mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoati korxonalarida investisiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq.
Aholi jon boshiga iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish indeksi Buxoro, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻsdi. 8 ta hududda ushbu koʻrsatkich respublika oʻrtacha koʻrsatkichidan past boʻldi. Eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida (3,013) kuzatilib, asosan sanoat korxonalarini modernizasiyalash va texnik qayta qurollantirish hisobiga oshdi. Hududiy iste'mol bozorining rivojlanishidagi ijobiy siljishlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini barqaror rivojlanishini ta'minlash, shuningdek mahalliy xom-ashyo asosida lokalizasiya dasturi kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirish bilan bogʻliq. Ammo hududlar orasida iste'mol mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha yuqori darajadagi hududlararo farqlanish saqlanib qolmoqda. Surxandaryo viloyatida ushbu koʻrsatkich Navoiy viloyati koʻrsatkichidan 6 marta kamdir.
1-jadval
Iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish19

Hududlar

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

Qoraqalpogʻiston
Respublikasi

109.2

119.9

110.6

113.0

112.0

118.8

111.5

Viloyatlar:




Andijon

109.0

102.7

109.3

121.9

101.0

92.4

114.2

Buxoro

109.0

108.7

103.6

102.8

110.9

113.4

116.8

Jizzax

118.7

117.6

110.3

114.2

113.3

113.9

116.0

Qashqadaryo

11.1

120.6

108.0

113.0

105.8

110.1

112.6

Navoiy

115.1

119.3

110.5

111.1

105.1

113.7

112.0

Namangan

115.5

125.2

113.1

113.9

113.7

119.4

113.9

Samarqand

120.5

109.2

103.1

114.3

117.3

108.2

112.1

Surxondaryo

105.5

109.1

105.3

10.0

114.0

116.0

113.3

Sirdaryo

107.7

141.1

106.7

110.2

110.8

108.7

117.7

Toshkent

119.5

116.8

113.0

114.6

109.8

122.69

111.0

Fargʻona

110.7

109.8

101.3

109.2

107.0

113.1

109.2

Xorazm

112.6

115.4

112.5

108.7

186.7

124.8

110.3

Toshkent sh.

110.0

111.7

106.1

110.7

115.5

116.9

114.3

Oʻzbekiston
Respublikasi

112.0

111.0

107.6

114.1

109.4

109.7

112.9




    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling