Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Yangi tovar ishlab chiqish


Download 2.86 Mb.
bet69/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Yangi tovar ishlab chiqish


Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan bogʻliqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni oʻz vaqtida amalga oshirish kerak.


Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash boʻyicha 3 ta strategik yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

  1. Tovar innovasiyasi

  2. Tovar variasiyasi

  3. Tovar eliminasiyasi.

Variasiya deganda birinchi navbatda tovarning tashqi shakli va stili, uning oʻrovi va tovar markasini oʻzgartirishni, tovar holatining emas, balki mavjud tovar shakli va texnik jihozlanishning oʻzgarishini tavsiflar texnik eksplatasion xususiyatlarini oʻzgartirishni tushunadi.

9.2-rasm. Firmaning tovar strategiyasi21


Modifikasiya tovar sifatini yaxshilanishidan tashqari, uning funksional tavsifnomalarini takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa tovarni differensiasiyasiga, ya'ni uning innovasiyasiga mansubdir.


Tovar eliminasiyasi – samarali tovar siyosati korxonaning tovar nomenklaturasi va ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda nazorat qilish va tartibga solib borishni nazarda tutadi.
Tovar eliminasiyasi strategiyasining vazifasi – bozorda jozibadorlik nuqtai nazaridan shubhali va qayta tekshiruvdan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlarni aniqlashdan iborat.
Tovar variasiyasi – ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud boʻlgan tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki koʻrsatkichlarini oʻzgartirish yoʻli bilan modifikasiyalash.
Variasiya – bozorda mavjud boʻlgan tovarlarni zamonaviylashtirish.
Eliminasiya – ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab chiqarishni chiqarib tashlash.
Tovar innovasiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovasiya «yangilik kiritish» va
«yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Bozor innovasiyasi deganda mavjud mahsulot boʻyicha yangi gʻoyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi.
21 Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. Darslik. -T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2014. -
240b.
Tovar innovasiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qoʻllashni koʻzda tutadi va amalga oshirish shakli boʻyicha tovar differensiasiyasi va tovar diversifikasiyasiga boʻlinadi.
Tovar diversifikasiyasi oʻzida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikasiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikasiyalashda sotish hajmini oshirish, iste'molchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e'tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste'molini ragʻbatlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikasiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash koʻzda tutiladi.
Marketing-miksni modifikasiyalashda esa marketing elementlaridan toʻliq ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qoʻllash koʻzlanadi.
Maqsadli bozorni oʻzlashtirish yoʻllarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matrisasi ishlatiladi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling