Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Tovarning yashash davri va uning bosqichlari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
Tovarning yashash davri va uning bosqichlariFirmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar boʻlgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri konsepsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e'lon qilingan. Tovarning yashash davri toʻrt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qoʻllash usullarining yashash davri, mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, mahsulot turiga esa, qoʻl va osma 20 Lamben Jan Jak Strategicheskiy menedjment: strategiyacheskiy i operasionnqy marketing. –SPb.: Piter, 2006. soatlarni keltirish mumkin, qoʻllash usullariga koʻra esa qoʻngʻiroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. Marketing maqsadlarida yashash davrining jami toʻrtta tipi oʻrganiladi, firma doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga koʻproq e'tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, toʻrtinchisi esa, raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo boʻlganda qoʻllaniladi. Tovarning an'anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi. 1.ishlab chiqarish; 2.kirib kelish; 3.oʻsish; 4.etuklik; 5.toʻyinish; 6.inkiroz (kasodlik). Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga kirib kelishining uzoq davrini boshidan kechiradi, boshqasi tezda kirib keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi. Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir. Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida muhim bosqich boʻlib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga oshirilsa, ya'ni loyihalashtirilayotgan tovar boʻyicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini firma vaqt boʻyicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar shuncha kam boʻladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi. Kirib kelish bosqichida sotish hajmining gʻoyat keskin oʻsishi bilan ajralib turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori boʻladi. Savdo yuqori daromadli guruhlarga moʻljallanadi. Raqobatchilar umuman oz. Shunday qilib, bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan boʻlsa, ular toʻliq xarajatlar hisobiga oʻtkaziladi, ya'ni hisobdan oʻchiriladi. Oʻsish davrida tovar sotish hajmi oʻsib boradi- iste'molchilar mahsulotni qabul qilgan va unga boʻlgan talab ta'minlangan boʻladi. Har qanday mahsulot bu bosqichga etib kelmaydi: koʻplari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan toʻlib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi. Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini davom etishi va absolyut oʻsishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat hukm suradi. Yangi modifikasiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat koʻrsatish uslublarini kiritish intensiv innovasiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi. Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni modifikasiyalash, tovarni modifikasiyalash va marketing-miksni modifikasiyalash boʻlib hisoblanadi. Toʻyinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi. Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib chiqariladi. Tovar sotish sur'atlari tobora pasayadi. Toʻyinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari boʻyicha toʻliq sotishni tobora oshirib borishni ta'minlashga qaratiladi. Inkiroz davrida mahsulotning oʻtishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» boʻladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni toʻxtatish haqida qat'iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin boʻlgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi. Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling