Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Tovarning raqobatbardoshligini baholash
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
Tovarning raqobatbardoshligini baholashHozirgi bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida faol qatnashishda tovarlar sifatini koʻtarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir. Har bir xaridor oʻziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste'molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan koʻproq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish 19 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma'lumotlari. orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bogʻliqdir. Tovar raqobatbardoshligini oʻrganish murakkab va oʻz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: tovarni sotish bozorini oʻrganish; raqiblar haqida ma'lumotlar yigʻish; iste'molchilar talablarini oʻrganish; raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish; ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror. Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok oʻz raqobat qobiliyatini yoʻqota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini toʻla yoʻqotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi. Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi koʻrinishga ega boʻlgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: K = R / S max bu erda: R-tovarning foydali samarasi; S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: bozorni tahlil qilib, oʻzimizning tovarimizga oʻxshash namunasini topib olish; bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy koʻrsatkichlarni belgilash; oʻzimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash. Raqobatning asosiy quroli boʻlib, talabni shakllantirish va sotishni ragʻbatlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste'mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi koʻrinishlarda boʻlishi mumkin: tovarlarning xizmatlari boʻyicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali boʻladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikasiyada tovar ishlab chiqarish. Hozirgi davrda raqobat oʻziga xos qiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam boʻladigan mamlakatlarda yoʻlga qoʻyishni talab qiladi. Narx bilan raqobat oʻtmishda erkin bozor raqobati boʻlgan, bozorda bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo boʻlgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan oʻz tovarini ajratib koʻrsatishga, unga e'tiborni qaratishga va pirovard natijada oʻzi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini oʻzgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investisiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan yutuq va raqiblarni surib chiqarish oʻrniga kutilmagan sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani koʻpaytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bogʻliq boʻlmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi. Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste'mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi. Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini oʻrganishda quyidagi savollarga javob topiladi: -boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar? -raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni ragʻbatlantirish usullari qanday? -qaysi savdo belgilari ishlatilmokda? -raqobatchilar tovarlarining oʻramasi-bezaklari, dizaynida nimalar koʻzga tashlanmokda? -tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmokda? -milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma oʻz shahobchasini ochganmi? -raqobatchilar qoʻllayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, omborlari va ularning joylanishi. Rossiyalik olim P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta'minlaydigan iste'mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya'ni oʻxshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta boʻlgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim». Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste'mol etish bilan bogʻliq xarajatlar tashkil etadi. Raqobatbardoshlik keng tushuncha boʻlib, unga koʻplab omillar ta'sir etadi. Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; Raqiblar harakatlarining diversifikasiyalashuvi darajasi; Bozordagi talab hajmini oʻrganish; Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi; Iste'molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga koʻchish harakatlari; Bozordan chiqib ketish tusiqlari va ularning darajasi. Bozorga kirib kelish va uning darajasi. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat. Raqiblar strategiyasidagi farqlar. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning boʻlishi, raqobat darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi. J.J.Lamben raqobatli ustunliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va ichki raqobatli ustunliklar, ya'ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir20. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor kuchini ifodalaydi, ya'ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi boʻlgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan koʻra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat hosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga koʻproq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir». Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikasiyasi sxemasini zanjir koʻrinishida koʻrsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti. Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bogʻliqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing koʻrsatkichlari yordami bilan toʻliq tavsiflanishi mumkin. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling