O’zbеkiston rеspublikasi qishloq
АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari
АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo’llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, to’qigan narsalar, tikkan qo’g’irchoqlar, to’qib, so’zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruktsiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o’qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o’rganish inson ruhiyatini o’rganish metodlari ichida o’ziga xos o’rinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, inson ruhiyatini o’rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo’shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo’llanilayotgan har bir metodning o’ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. SHu bois konkret shaxs ruhiyatini o’rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’ektivlik, tekshiriluvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling