Uzunligi oshirilgan yuk poezdi (поезд грузовой повышенной длины). Uzunligi 350
o’q va undan ortiq bo’lgan yuk poezdi.
Birlashtirilgan yuk poezdi (поезд грузовой соединенный). O’zaro tirkalgan bir yoki
bir necha yuk poezdlaridan tuzilgan bo’lib, har qaysi poezd boshida ishlab turgan lokomotivlari
bo’ladi.
Og’ir yukli yuk poezdi (поезд грузовой тяжеловесный). 100 tonna va undan ortiq
og’irlikka mo’ljallangan tegishli rusumdagi lokomotivlar uchun og’irligi shu poezd o’tadigan
uchaskalardagi harakat grafigida ko’rsatilgan og’irlikdan ortib ketadigan poezd.
Odam tashish poezdi (поезд людской). Yuk poezdi bo’lib, unda odamlar band qilgan
o’nta va undan ortiq vagonlari bo’ladi.
Yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский). Yo’lovchilar, bagaj va pochta tashish
uchun mo’ljallangan, yo’lovchi vagonlardan tuziladi. Yo’lovchi poezdlari qatnaydigan yo’li
bo’yicha uzoqqa qatnaydigan (700 km va undan ortiq), mahalliy (700 km gacha) va shahar
atrofiga qatnaydigan (200 km gacha) poezdlarga bo’linadi.
(5-bo’lim qirq birinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2012
yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi).
Uzun tarkibli yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский длинносоставный). Uzunligi
ayni poezdni turish sxemasida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan yo’lovchi poezdi.
Uzunligi oshirilgan yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский повышенной длины).
Tarkibida 20 dan ortiq vagonli yo’lovchi poezdi.
Birlashgan yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский соединенный). Ikkita yo’lovchi
poezdidan tuzilgan, o’zaro tirkalgan, ikkala poezd boshida ishlab turgan lokomotgivlari bo’lgan
poezd.
Pochta-bagaj poezdi (поезд почтово-багажный). Pochta, bagaj va yuk bagajni tashish
uchun mo’ljallangan yo’lovchi va yuk vagonlari, shuningdek, yo’lovchilarni tashiydigan alohida
yo’lovchi vagonlardan tuziladi.
(5-bo’lim qirq to’qqizinchi xatboshi matni “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining
2012 yil 02 oktyabr 130-son buyrug’iga muvofiq o’zgartirildi).
Do'stlaringiz bilan baham: |