O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning deyarli barcha mamlakatlarida tayanch yoki 
umumiy o‘rta ma’lumot ish topish uchun quyi darajadagi ishonchli ma’lumotga 
aylandi. Shuning uchun o‘rta maktabni tugatish darajasi mamlakat o‘z talabalarini 
mehnat bozorining minimal talablariga javob berishga tayyorlayaptimi yoki yo‘qmi 
degan savol javobini ochib beradi. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkilotining tadqiqot natijalari 
ma’lumotlariga koʻra 25-64 yoshdagi kattalarining taxminan 79% to‘liq o‘rta 
ma’lumotga ega. OECDning 34 mamlakatida, Janubiy Afrikada va Rossiya 
Federatsiyasida 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining 60% yoki undan 
ko‘prog‘i kamida o‘rta maktabni tugatgan. Ba’zi mamlakatlarda buning aksi: 
Meksika va Turkiyada 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining 60% va undan 
ko‘prog‘i to‘liq o‘rta ma’lumotga ega emas.
Maktab ta’limi sifat ko‘rsatkichi (MTSK)-indeksi maktab ta’limi sohasida 
davlatlar va hududlar faoliyatini baholash uchun ishlab chiqilgan. Indeks, davlatlar 
va hududlarga kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va ehtiyojlarga mos kurslarni 
takomillashtirish yoki zarur tartiblarni ishlab chiqish ishlarini amalga oshirish orqali 
ta’lim siyosatiga yo‘naltirilgan natijalarga qaratilgan.
Jahon banki va sektor mutaxassislari kabi asosiy manfaatdor tomonlarni o‘z 
ichiga olgan hamkorlikdagi jarayon orqali ishlab chiqilgan indeks sifatli ta’limni qay 
darajada ta’minlanganligini baholaydigan 30 muhim ko‘rsatkichdan iborat. Ushbu 
ko‘rsatkichlar quyidagicha tasniflanadi: 
- Maktab ta’limi sifat ko‘rsatkichi (MTSK)-indeksi maktabdagi ta’lim sifatini 
yaxshilashga yoʻnaltirilgan islohotlarini olib borishga qaratilgan. Ushbu indeks ta’lim 
olish darajasini yaxshilash, erkin foydalanish, tenglik, infratuzilma va boshqaruv 


- 100 - 
jarayonlarini takomillashtirish orqali ta’lim natijalarini oshirishga qaratilgan e'tiborni 
ta’sis etishga intiladi. 
- Indeks maktab ta’limi iqtisodiy samaradorlikni oshirish va natijalarni 
yaxshilashda davlat darajasida yetakchilik qilishi va hal qiluvchi ahamiyatga ega 
ekanligini tan oladi. Ushbu indeks davlatlarda maktab ta’limi sifati holatini muntazam 
va shaffof ravishda ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.
Ta’lim sifati darajasi eng yaxshi mamlakatlar ma’lumotlarni tushunish darajasi 
asosidagi global so‘rovnoma natijalariga ko‘ra saralanadi. Ushbu so‘rovnoma uchta 
teng kuchga ega bo‘lgan xususiyatlarga asoslanadi: rivojlangan xalq ta’limi tizimi, 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling