oliy ta’lim - institut, universitetlarga kirish (qamrov) va sifatli ta’lim olishning
ta’minlanganlik darajasi.
Dunyo boʻyicha ta’limga oid oʻtkazilgan ko‘pgina tadqiqot natijalari va
reytinglar kattalar savodxonligi darajasi va yakunlangan(tugatilgan) ta’lim
darajasini o‘z ichiga oladi. Biroq, ba’zi tadqiqotlar oʻquvchi, talabalar va ularning
turli fan yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻnikma va malakalari darajasini
tadqiq qiladi.
Amerikada SAT(Scholastic Aptitude Test) yoki ACT(American College Test)
imtihonlariga o‘xshash testlar topshiriladi. SAT va ACT ikkalasi ham kollejga
kirishda foydalaniladigan standartlashtirilgan testlardir. SAT O‘qish, yozish va
umumiy matematik savodxonlik, ACT ingliz tili, matematika, o‘qish va tanqidiy
fikrlash darajasini sinovdan oʻtkazishga yoʻnaltirilgan
Dunyo miqyosida taraqqiyot darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda
rivojlangan ta’lim tizimlari va sifatli oliy ma’lumot olish imkoniyatlari mavjud
bo‘lib, bu mamlakat fuqarolariga yuqori maoshli ish va turmush tarzi sifatini
oshirishda yordam beradi.
Har tomonlama, mukammal tarzda eng yaxshi va yomon ta’lim beradigan
mamlakatlarning aniq roʻyxati yoʻq. Biroq, maxsus tashkilotlar, tahlil markazlari va
nashrlar qaysi davlatlar eng yaxshi ta’lim tizimiga ega ekanligini aniqlash va reyting
darajasi boʻyicha roʻyxatni shakllantirish uchun savodxonlik yoki qaysidir
yoʻnalishda ta’lim muassasasini bitiruv darajasi kabi ma’lumotlardan foydalanganlar.
Ana shunday ma’lumotlar asosidagi roʻyxat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti(OECD) tomonidan tayyorlangan. Ushbu tashkilot 25 yoshdan 64
yoshgacha bo‘lgan kasb-hunar oʻrgatishga yoʻnaltirilgan ikki yoki to‘rt yillik
dasturini tugatib, diplom olishi mumkin bo‘lgan odamlar sonini ko‘rib chiqdi. Ushbu
tahlillar qaysi mamlakatlarda oliy yoki oʻrta ma’lumotlilar sonini aniqlash va
roʻyxatini shakllantirishda foydalanilgan.
Ushbu ro‘yxatga asosan, Kanada eng o‘qimishli mamlakatdir. Bu davlatda
kattalarning 56% dan ortig‘i o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirgan. Ikkinchi o‘rinda
Do'stlaringiz bilan baham: |