O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- 124 - Аdabiyotlar: 1. Karimov. I.A. ─ «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». ─ T.: Ma’naviyat. 2008. 2. K.Qosimova va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.T.: Noshir. 2009. 3. X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, U. Shermatova. 4-sinfda ona tili darslari. ─ T.: O‘qituvchi, 2003. 4. R. Ikromova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, D. Shodmonqulova. Ona tili (4-sinf uchun darslik). - T.: O‘qituvchi, 2014. TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‘QUVCHILAR FAOLLIGINI TA’MINLASH YUZASIDAN FIKR - MULOHAZALAR Borixodjayeva Munojat Yakubovna – Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 286-maktab, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar faolligini oshirish jarayoni, bu borada yangi zamonaviy innovatsion usullardan foydalanish masalasi haqida fikr yuritiladi. Respublikamizda bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchi va murabbiylarga e’tiborning kuchayishi barcha ustozlarning qalbiga quvonch hissini solmoqda. Ular uchun talab darajasida yaratilayotgan sharoitlarni ko‘rib ham ustoz degan sharafli kasb egasi bo‘lganingizdan xursand bo‘lasiz. O‘qituvchi va murabbiylarga shunday keng imkoniyatlar yaratilayotgan bu davrda o‘quvchilarning bilim, salohiyat va malakasi qay darajada, ularning fanga bo‘lgan qiziqish-u e’tiborlari qanday? Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda yashar ekanmiz, o‘qituvchi har taraflama, ham intellektual salohiyatli, ham ma’naviyati, madaniyati, ham axborot vositalari bilan ishlashni yuqori darajada biluvchi, yangi innovatsion texnologiyalardan o‘z darslarida samarali foydalana olishlari zarur va shart. O‘qituvchi o‘quvchiga faqat bilim va tarbiya beribgina qolmay, ularga psixologik jihatdan yondashishi, har bir shogirdining tabiatini besh qo‘lday anglay olishi, ularni ruhiy jihatdan ham qo‘llay olishlari kerak. Xo‘sh bugungi kun o‘qituvchisi bu talablariga to‘liq javob bera oladimi? Ha bugungi zamonaviy o‘qituvchilar tinmay izlanmoqda, o‘rganmoqda, bir soz bilan aytganda, davr bilan hamnafas nafas olmoqda. Aks holda, u davr kemasidan tushib qolishi mumkin. Maktab shunday bir tabarruk dargohki, bu dargohda bilim hosil bo‘ladi. Bilim hosil qilish igna bilan quduq qazib suv chiqarganchalik mehnatga o‘xshasa, hozir egallanishi lozim bo‘lgan bilimga erishish esa go‘yo kiprik bilan quduq qazib suv chiqarganchalik chekilgan mashaqqatga o‘xshaydi. O‘quv tarbiya jarayonida qirq besh daqiqa davom etadi. Bu vaqt oz ko‘rinsa-da, uning takrori, tafakkuri, idroki ko‘p. Bilimning eng afzali hozir bajarilishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlaridir. Shundagina kutilayotgan natija nuqsonsiz bo‘ladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilar faolligi sezilsa- da, bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quv vaziyatlarida qo‘llay olmayotganligi o‘qituvchilarni tashvishga solib keldi. O‘qilgan kitob, takrorlangan dars, mustaqil egallangan darsdan bilim hosil qilish mumkin, lekin u yodda qolmaydigan yoki zarur vaqtda foyda bermaydigan bilim bo‘lsa-chi? Kompetensiyaviy ta’lim yo‘nalishi - 125 - asosida o‘quv tarbiya jarayonini tashkillashtirish bu kabi muammolar yechimini topishda muhim o‘rin egallaydi. Har bir o‘quv tarbiyaviy jarayoni sifati va samaradorligini oshirish orqali kirishuvchan yuzaga kelgan muammoning yo‘lini topa oladigan fikri keng, ijodkor o‘quvchini tarbiyalash har bir o‘qituvchining asosiy ko‘zlagan maqsadiga aylanadi. O‘quv tarbiya jarayonlariga o‘quvchilarning kirishuvchanligi, faolligi, ijodkorligini ta’minlashda innovatsion usullardan foydalanish muhim. O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi asosida tashkillashtiriladigan oddiy, yaxshi tanish jamoa bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari o‘qituvchi va o‘quvchining bir-birini tushuna olishi, ishtirokchilarning bir-biriga hurmati, ishonch hislarini shakllantirib boradi. E’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan ta’limning noan’anaviy shakllari hamkorlikda o‘ynaladigan o‘yin turi: “Quvnoq vagonlar” deb nomlanadi. Bu o‘yin o‘quvchilarning so‘z boyligini oshishda, mantiqiy fikrlanishini rivojlantiradi. Buning uchun o‘nta rasm kerak bir xil hajmda. Har bir rasm bu poyezd vagoni. Rasmlar har xil bo‘lishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchi beshtadan rasm oladilar. O‘qituvchi o‘quvchiga birgalikda “Quvnoq vagonlar” o‘yinini o‘ynashni taklif etadi. O‘qituvchi bir rasmni joylaydi. O‘quvchilari ikkinchi rasmni joylaydi. Shu tariqa navbati bilan o‘quvchilar rasmlarni joylashtirishadi. Lekin haqiqiy poyezdda vagonlar bir-biriga ulangan bo‘ladi. Yo‘lda ajralib ketmasligi uchun rasmli vagonlar ham bir- biriga ulangan bo‘lishi lozim. Mana u qanday joylashadi. Birinchi rasm yong‘oq daraxti, keying archa daraxti, keying rasm do‘lana daraxti. O‘yin natijasida to‘rtinchi sinf tabiatshunoslik darsligi “O‘rmonlar” mavzusida o‘rganilgan daraxt turlari hosil bo‘ladi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi sinf o‘quvchilari uchun bu o‘yinni soddalashtirib qo‘llash mumkin. Bu o‘yin orqali texnologik tizimning asosiy belgisi kutilmagan natijaga erishish mumkin. Yana bir o‘yin nomi: “Mening ismimni top”. Bu o‘yin alifbe davrida harf va bo‘g‘in bilan tanishtirishda samarali. Buning uchun o‘nta qiz bola, o‘g‘il bola rasmi tasvirlangan kartochkalar tayyorlanadi. Bu rasmlarni xohlagan jurnallardan olish mumkin. Rasmning orqa tomonida boshqa bir rasmlar yopishtiriladi? Yoki chiziladi. Masalan: Qiz bola rasmi orqasida: Lagan, olma, limon, anor Oy, yostiq, delfin, ilon, nina Doska, it, yomg‘ir, osh, randa, ayiq Gul, ukki, lola, ikki O‘gil bolalar rasmning orqa tomonida shunday rasmlar joylashtirish mumkin: Anjir, zanjir, in, zirak Atirgul, laylak, ikki Uzum, mushuk, ip, daraxt Ninachi, ananas, ilon, mashina O‘quvchilarga shunday taklif berish mumkin. Rasmning bosh harflarini bog‘lang va har bir bolaning ismini toping. O‘quvchilar quvnoqlik bilan har birining ismini topadilar. Bu o‘yinda qiz bolalar ismi quyidagicha: Guli, Lola, Oydin, Diyora. Bu o‘yinda o‘g‘il bolalar ismi quyidagicha: Aziz, Ali, Umid, Naim. - 126 - Ustozlarning o‘z dars mashg‘ulotlarida bunday zamonaviy innovatsion usullardan foydalanishi dars sifatini oshiradi va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Bugungi kunda yurtimizda jahon ta’limi tajribalari o‘zining samarali tomonlarini ko‘rsatmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali bolalik davri bilan xayrlashmagan, shuning uchun dars jarayonlarida o‘yin metodlaridan unumli foydalansak, ularning bilimiga bilim qo‘shiladi va olingan bilimlar asrlar davomida ularning xotirasida abadiy mustahkamlanib, muhrlanadi. Xulosa qilib aytganda, bunday o‘yin turlaridan foydalanishga imkon yaratish o‘quvchida mavjud bilim, ko‘nikma, malakalarini kundalik faoliyatida qo‘llay olishga yordam beradi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling