O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Адабиётлар: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги “Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5712-сон Фармони. // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й. 2. 2019 йил 13 майдаги Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, касб-ҳунар ва мактабдан ташқари давлат таълим муассасалари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” ги 392-сон қарори. 3. Кузмина Н.В., Михалевская Г.И. Оценка профессионалной деятелности учителей // Акмеологические проблемы подготовки преподавателей: сборн. науч. трудов. Вып. 1. – М.; Шуя: Исслед. центр проблем качества подготовки специалистов, 1998. – С. 42–56. 4. Smith B.L., Beason L., Graham B.D., Strader R.A. Examining Applicants for Admission and Completion of an Online Teacher Certification Program // Educational Technology & Society. – 2009. – 12 (1). – P. 214–229. 5. Zuzovsky Ruth. Teachers’ qualifications and their impact on student achievement // IERI Monograph Series: Issues and Methodologies in Large-Scale Assessments. –October 2009.– P. 37. - 119 - O‘QUVCHILARNI BAHOLASHNING ROLI, AHAMIYATI VA UNING MAQSADI Abdullayev Farrux Rustam o‘g‘li – A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Narziyev Zohid Shomurodovich – Respublika ta’lim markazi metodisti. Annotatsiya: Mazkur maqolada baholash tushunchasi, baholash jarayoni, baholashga nisbatan yondashuvlar, baholashning maqsadi va uning ta’lim jarayonidagi roli, baholashda Blum taksonomiyasidan foydalanish, baholashning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan. Baholash bugungi ta’lim tizimining asosiy va ajralmas qismidir. Baholash o‘quvchining shaxsiy rivojlanish tizimi va o‘zlashtirish trayektoriyasini aniqlash, oldingi va keyingi o‘quv natijalarini taqqoslash uchun xizmat qiladi. Baholash – ta’lim jarayoning ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil etishdan iborat jarayondir. Baholash natijasida chiqariladigan xulosalar o‘quvchi, o‘qituvchi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim muassasasi, ta’lim dasturi yoki butun boshli bir ta’lim tizimining faoliyatiga baho berish uchun ishlatiladi. Bugungi kunda baholash yo‘nalishida juda ko‘p turli xil tashkilotlar va baholashda turli xil yondashuvlar mavjud, ba’zan baholashning asl maqsadini anglab yetish qiyin bo‘ladi. Xo‘sh, ushbu barcha baholarning asosida nima yotadi? Baholashning maqsadi - o‘quvchilarning o‘quv faoliyati rivojlanishi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarni to‘plash, ularning o‘quv jarayoni yaxshilash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish ularning qiziqishlarini, o‘qitishning asl natijalari bilan kutilganlarining mosligini aniqlashdir. Ushbu ma’lumotni olganidan so‘ng, o‘qituvchilar har bir o‘quvchining yutuqlari, shuningdek guruhning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o‘qitish shakllari, usullari va metodlarini o‘zgartirishlari mumkin. Darslarda ta’lim natijalarini baholash maqsad (kutilgan natija), o‘qitishning metod va shakllari bilan bog‘liq. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini baholashda o‘qituvchi o‘qitishning tanlangan metod va shakllari bilan mos ravishda baholashning turli metodlarini qo‘llaydi. Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Baholash natijasida o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab, kuchli va kuchsiz tomonlari to‘g‘risida fikr bildirishi mumkin. O‘qituvchilar baholash ma’lumotlaridan foydalanib kerakli ko‘nikmani o‘zlashtirmagan o‘quvchilar uchun individual ishlash rejasini tuzishlari mumkin. Baholashdan oldin uning maqsadi nima ekanligiga aniq ishonch hosil qilish kerak. Eng avval “Biz nimani baholamoqchimiz?”, “Biz kimni baholayapmiz?”, “Natijalar bizga nima beradi?” kabi savollarga javob topiladi. - 120 - Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birini qiyin, qaysi birini esa oson o‘zlashtirilishi aniq ravshan bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchiga ham ta’lim jarayonida qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysi qoniqarli va nimani yomon o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g‘ri baholashga qodir emas. Ba’zan unga go‘yo o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog‘ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lib qoladi. Baholash natijasida, ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish, tahlil qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Bu jarayon Blum taksonomiyaga asoslanadi (1-rasm) 1-rasm. Blum taksonomiyasi O‘quvchilarning bilish, tanish, eslab qolish, jarayonga o‘girish, misol keltirish, tasniflash, xulosalash, taqqoslash, tushuntirish, bajarish, amalda qo‘llash kabi ko‘nikmalari odatda quyi darajada baholanadi, tahlil qilish, farqlash, tashkil etish, atributlash, baholash, tekshirish, tanqidiy fikrlash, rejalashtirishrish, yaratish kabi ko‘nikmalari odatda yuqori darajada baholanadi. Qolaversa, baholashning tarbiyaviy ahamiyati ham mavjud, bunda ta’lim oluvchilarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug‘iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatni hosil qiladi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o‘z natijalari to‘g‘risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg‘ularini, uning xarakteridagi irodalilik hamkorlik, o‘zaro - 121 - bir biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim bo‘ladi. Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois baholashni ta’lim olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin. Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim- tarbiya sohasidagi faoliyatiga, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Ta’lim standartlarida davlat tomonidan qo‘yilgan talablar nechog‘lik bajarilayotgani aniqlanadi. Natijalarni baholash orqali bir paytning o‘zida butun ta’lim tizimi va uning komponentlari tekshirib ko‘rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib, o‘lchanadi. Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin: Nega baholash kerak? − o‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash, natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun; − ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini bilish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash, ta’lim beruvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritish uchun; − yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash, ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash, ta’lim oluvchilarni qiziqtirish uchun; − tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma’lumot berish uchun. Nimani baholash kerak? − nazariy bilimlarni; − amaliy bilim va ko‘nikmalarni; − xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni. Yuqorida ta’kidlanganligidek, nazariy bilimlar baholanayotganida kognitiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholaniyotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholaniyotganida esa effektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish tizimli doimiy tarzda bo‘lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa ta’lim oluvchilarning o‘qishga bo‘lgan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling