O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZLUKSIZ MALAKA OHIRISH DAVR TALABI Sh.M.Kenjayev
- 111 - Адабиётлар: 1. Авезов Ш. Ўқувчи шахсида экологик маданиятни таркиб топтириш ҳақидаги масалага доир / Ўқувчи шахсининг ахлоқий хислатларини шакллантириш: Илмий ишлар тўплами. - Тошкент, 1991. -Б. 62-67. 2. Алиқулова М. Экологик таълим жараёнини такомиллаштиришда ижтимоий педагогика фанининг имкониятлари // Халқ таълими. – Тошкент. -2015. -2-сон. – Б. 69 – 73. 3. Баранова Т.Б. Психологические особенности ценностного отношения школьников к природе /на материале 4-10 классов/: Дисс. канд. псих. наук. - Киев, 1984. - 180 с. 4. Бектуров Т. Формирование экологической културы учащихся в процессе обучения Кыргызской литературы: Доктора философий (PhD) педагогическим наукам. Автореферат. – Ташкент, 2017. – 22 с. 5. Валиханов М.Н. Табиатшунослик асослари. - Т.: Мирзо Улугбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети, 2004. - 243 б. 6. Ҳайитов А.Т. Мактаб табиий география курсларида геоэкологик билимлар тизими ва таълимнинг методик асослари. Пед. фан. ном .. дисс. автореф. – Тошкент, 1999. – 21 б. 7. Джураев Р.Х., Турдиқулов Э.О. Экологик таълимнинг долзарб муаммолари ва уларни ҳал экологик тарбияиш йўллари //Узлуксиз таълим. -Тошкент. -2004. – 6-сон. –Б. 3-9 UZLUKSIZ MALAKA OHIRISH DAVR TALABI Sh.M.Kenjayev – Xorazm viloyati XTXQTMOHM “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz malaka oshirish tizimini tashkil qilishning afzalliklari, “Hayot davomida o‘qish” tamoyilining davr talabi ekanligi va masofadan malaka oshirish tizimi yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasi haqida ma’lumotlar ketirilgan O‘ZBEKISTON Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabr “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 4884-son qarorida “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizim yaratish nazarda tutilgan. Ushbu tizim «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasi orqali tashkil qilinishi belgilab berilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar va mutaxassis xodimlar esa, har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim. O‘qituvchining 5 yilda bir marta bir oy davomida malaka oshirishi va qolgan davrda o‘z ustida doimiy ravishda ishlamasligi o‘qituvchilarning bugungi kun talabi asosida darslarni samarali tashkil qila olmasligiga olib keladi. Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modulga - 112 - asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda, xalq ta’limi sohasida malaka oshirish tizimi faoliyati samarali tashkil etilmoqda. Ammo, ushbu yo‘nalish bo‘yicha xalqaro tajribalarni inobatga olib, tahlil qiladigan bo‘lsak ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Bu esa, malaka oshirish tizimini innovatsion boshqarish, ayniqsa, o‘qituvchilar malakasini oshirishda innovatsion yondashishni talab etadi. Ayni paytda, AQSh, Germaniya, Angliya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda axborot va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan malaka oshirish, qayta tayyorlash va uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. O‘zbekiston sharoitida bosqichma-bosqich tarzda o‘qituvchilarning malakasini masofadan o‘qitishni tashkil etishning ko‘plab ijobiy tomonlari mavjud. Chunki, hozirda nafaqat rivojlangan balki, qator rivojlanyotgan davlatlar ham masofadan malaka oshirish tizimini joriy etishga intilmoqda. Masofaviy ta’lim bu – ta’lim beruvchi (instruktor, trener) va ta’lim oluvchining bir-biridan ajralgan holda amalga oshiriladigan rejalashtirilgan bilim olish tajribasi yoki usulidir. Masofaviy ta’lim tizimi doirasida axborot almashinuvi va muloqot chop qilingan materiallar yoki elektron media vositalari orqali amalga oshiriladi. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda masofaviy ta’lim mavjud o‘qituvchilarning bilimini, mahoratini va ko‘nikmasini rivojlantirish vazifasini amalga oshiruvchi malaka oshirish mexanizmi sifatida qo‘llaniladi. Asosan rivojlangan mamlakatlarda masofaviy ta’lim ko‘pincha internet ta’lim shaklida davomli ta’lim mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi va o‘qituvchilik malakasiga ega bo‘lgan kasb egalariga o‘z kasblari doirasida yanada boyitilgan va kuchaytirilgan qo‘shimcha o‘quv dasturlarini taqdim etib boradi. Ko‘rinib turganidek, masofadan malaka oshirish tizimi joriy etilishining bir qator o‘ziga xos qulayliklari mavjud. Ushbu yo‘nalishdagi xorijiy tajribalarni tahlil qilar ekanmiz, ayniqsa aksariyat rivojlangan davlatlarda pedagog xodimlarning malakasini oshirish tizimi pullik ekanligi sababli o‘qituvchilarga qo‘shimcha moliyaviy xarajat keltirishini hamda bu borada O‘zbekistonda samarali mexanizm mavjudligini ta’kilash lozim. Ya’ni, bizning mamlakatimizda pedagog xodimlar bepul malaka oshirishadi. Ammo, zamon talablari va ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirda mavjud malaka oshirish tizimiga innovatsiyani joriy etish lozim. Ushbu kiritilayotgan innovatsiyalar pedagog kadrlarni viloyat markazida joylashgan Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish hududiy markazlariga kelib malaka oshirishlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilish imkonini beradi. Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi ta’lim olish natijalarini baholashda kredit-modul tizimini joriy etish rejalashtirilgani holda unga ko‘ra, xodim tomonidan bir yilda yig‘ilishi lozim bo‘lgan kreditlar(akademik soatlar)ning eng kam hajmi nazarda tutilmoqda. Har bir xodim yuqorida qayd etilgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali unga taqdim etilgan o‘quv modullarini o‘zlashtirgach, platforma tomonidan baholanadi va yig‘ilgan kreditlar xodimning shaxsiy kabinetida jamlanadi. Kreditlarning belgilangan miqdorini yiqqan xodim shu yil uchun malaka oshirish kursini to‘la o‘tagan hisoblanadi. - 113 - Xulosa qiib aytganda, bugungi kunda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda malaka oshirish tizimining uzluksizligini ta’minlash oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling