O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Adabiyotlar: 
1. G.M.Berdiyev, Z.M.Djalolova. Pedagogik texnologiya samaradorligini oshirish va 
baholash mezoni. Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 2017.11-son. 
2. G.Abdullayeva, T.Yo‘ldosheva. Ta’limda innovatsion usullardan foydalanish. 
Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 2019.7-son. 
XALQ TA’LIMI TIZIMI STATISTISTIKASINI RIVOJLANTIRISH 
ISTIQBOLLARI 
Muradov Ikrom Turdiboyevich - A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBTI kichik ilmiy 
xodimi 
Annotatsiya: Xalq ta’limi tizimi statistikasini rivojlantirish, statistik 
ko‘rsatkichlar bilan faol ishlash, xalq ta’limi rahbar va mutaxassis xodimlarining 
kasbiy layoqat va mahoratini yanada oshirish, Internet global tarmog‘idan samarali 
foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish, rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta’lim jarayonining yuqori 
samaradorligini ta’minlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mavzuning eng muhim 
o‘zagini tashkil etadi. 
Davlat va jamiyat boshqaruvida qarorlar qabul qilish jarayonlarini miqdoriy va 
sifatli ko‘rsatkichlar bilan ta’minlashda statistika tizimining ahamiyati va o‘rni 
beqiyos. Bundan tashqari, Parlament nazoratini samarali amalga oshirish, qonun 
hujjatlarini qabul qilishda ham statistik ma’lumotlarga tayaniladi. Iqtisodiyotning 
raqamli transformatsiyalashuvi sharoitida statistika davlat, jamiyat va biznesni 
ob’yektiv, ishonchli hamda shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlovchi umummilliy 
manba sifatida shakllanishi kun tartibida eng dolzarb masala sifatida turibdi. 
Bugungi kunda, statistik ma’lumotlardan jamiyatning barcha a’zolari to‘liq va 
cheklovlarsiz foydalanishi, statistikaning ijtimoiy ne’mat sifatida shakllanishi uchun 
ma’lumotlarning ochiq va ishonchli bo‘lishiga talab tobora kuchayib bormoqda. 
Mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajribaga nazar soladigan bo‘lsak, xususan, Buyuk 
Britaniya Milliy infratuzilmani rivojlantirish komissiyasining 2017 yildagi hisobotida 
(NIC, 2017) statistika Milliy infratuzilmaning muhim elementi, amalga 
oshirilayotgan siyosatning samaradorligini ta’minlashda va uning natijalarini 


- 127 - 
baholashda xizmat qiluvchi ijtimoiy ne’mat ekanligi qayd etilgan. Yevropa 
Ittifoqining Statistika byurosi xulosalariga asosan (Eurostat, 2018; Baldacci et al., 
2016) xalqaro miqyosda katta massiv ma’lumotlarga (Big data) bo‘lgan talab keskin 
ortib bormoqda. 
O‘zbekistonda ham so‘nggi uch yilda statistika tizimini takomillashtirishga 
qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 31-iyuldagi PQ-
3165-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustda 
«O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish 
va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4796-son qarorlari qabul qilingan. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Statistika tizimi qanchalik 
haqqoniy va ochiq bo‘lsa, amalga oshirayotgan islohotlarimiz shunchalik to‘g‘ri va 
natijador bo‘ladi[1]». 
Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish tizimini 
takomillashtirish masalalari bo‘yicha statistik kuzatuv ma’lumotlarining yarmi 
qog‘oz shaklida to‘planishi va ma’lumotlarni tahlil qilishda bundan 20 yil oldingi 
dasturiy ta’minotdan foydalanilib kelinayotgani biroz qayg‘uli holat hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, Xalq ta’limi tizimi statistikasini rivojlantirish 
xalq ta’limi rahbar va mutaxassis xodimlarining kasbiy layoqat va mahoratini yanada 
oshirish, ularga yangi bilimlar berish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, Internet global tarmog‘idan samarali foydalanish kompetensiyalarini 
rivojlantirish, rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishda ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, ilmiy 
tadqiqotlarga intilish, ijodiy mahorat va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini 
rivojlantirish muhim vazifalardir. 
Taʼlim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga koʻtarish maqsadida 2018-
yil 5-sentyabrda davlatimiz rahbarining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini 
takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni, 
shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.
Umumta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog va rahbar 
xodimlarning maoshi oshirilmoqda. Xalq taʼlimi xodimlariga uy, yer, maishiy 
texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy 
etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti taʼsis qilindi. Oʻqituvchilarni boshqa 
ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar oʻtkazish amaliyotiga chek 
qoʻyildi. Xususan soha oldida yana koʻplab vazifalar turgani, darsliklar taʼminoti, 
taʼlim dasturlari sifati, oʻqituvchilar bilim va malakasini oshirish, kadrlar 
yetishmovchiligini bartaraf etish, chet tillarini oʻqish imkoniyatini kengaytirish 
borasidagi ishlar talab darajasida emasligi aytib o‘tilmoqda.
Xalq taʼlimi tizimida oʻquv jarayonini avtomatlashtirish, oʻquvchilarni 
maktabga qabul qilish va koʻchirish xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish, davlat-
xususiy sheriklik asosida xususiy maktablar tashkil etish sust borayotgani ta’kidlash 
joiz. Mamlakatimizda xorijiy tajriba asosida xususiy maktablarni rivojlantirish 
istiqbolli vazifalardan biri hisoblanadi. 


- 128 - 
Shaffof, ochiq va ishonchli statistik ma’lumotlarning mavjudligi mamlakat 
ravnaqining va unda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligining garovidir. 
Xulosa qilib aytganda, milliy statistika tizimini xususan xalq ta’limi statistikasini 
rivojlantirish o‘z navbatida mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarida 
barqaror rivojlanishni ta’minlashda, amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning 
natijadorligini aks ettirishda hamda mavjud kamchiliklarni belgilab olish va 
istiqbolda ularni samarali bartaraf etishda xizmat qiluvchi ko‘zgu sifatida namoyon 
bo‘ladi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling