Suhbatdoshning hissiyotlarini tushunishga harakat qiling.
Suhbatdoshning nafaqat soʻzlarini, balki hissiyotlarini ham tushunish kerakdir. Yodda tutingki, insonlar, qabul qilingan ijtimoiy normalarga asoslangan holda, oʻz fikrlari va hissiyotlarini “kodlashtirilgan” tarzda uzatib berishga moyildirlar.
Kuzatuvchan boʻlishni oʻrganing.
Soʻzlayotgan insonning soʻzsiz signallarini kuzating, chunki
muloqotning aksariyat vaqti, эmotsional muloqotdan tashkil topadi.
Muloqotning mas’uliyatidan qochmang.
U ikki tomonlama, chunki suhbatda ikki inson ishtirok эtadi, shu oʻrinda, tinlovchi oʻrni almashinib turadi. Suhbatdoshga, siz uni haqiqatan tinglayotganingizni va tushunayotganingizni koʻrsata oling. Bunga, aniqlashtiruvchi savollar, faol эmotsiyalar orqali эrishish mumkin. Suhbatdoshga oʻzingiz savol berib turmasangiz, siz uni tushunayotganingizni u qanday tushunadi?
Sabrli boʻling.
Soʻzlayotgan insonni toʻxtatib qoʻymaslik uchun oʻzingizda yetarlicha sabr va vaqt toping.
Oʻz hissiyotlaringizni saqlab qoling.
Jahli chiqqan inson koʻp hollarda soʻzlarni notoʻgʻri talqin qiladi. Oʻzingizga quloq soling. Sizning tashvishlanishingiz va joʻshqinlanishingiz, sherigingizni эshitishga halaqit beradi. Agar uning nutqi va oʻzini tutishi sizning hissiyotlaringizga tegsa, unda ularni talqin qilib berishga harakat qiling, bu vaziyatni oydinlashtiradi va suhbatdoshingizni tinglash jarayoni yengillashadi.
Tanqid qilayotganda эhtiyot boʻling, baho bermang.
Suhbatdoshga ijobiy munosabatda boʻlish kerak эkanligi qoidasiga rioya qiling. Sizning ma’qullashingiz, u oʻz fikrlarini aniqroq namoyon эtishiga yordam beradi. Har qanday salbiy munosabat, unda himoyalanish reакцияsini, oʻziga ishonchsizlikni, sergaklikni chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |