O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


-§. Yo‘lovchilar tomonidan unutilgan buyumlarni saqlashga topshirishni rasmiylashtirish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
5-§. Yo‘lovchilar tomonidan unutilgan buyumlarni saqlashga topshirishni rasmiylashtirish 
83. Yo‘lovchilarning unutib qoldirgan buyumlari qatnov tugashi bilan haydovchi tomonidan 
avtovokzal (avtostansiya) smena navbatchisiga yoki tashuvchining navbatchi dispetcheriga, ular 
bo‘lmaganda esa — topilmalar idorasiga topshirilishi shart. 
84. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi, tashuvchining navbatchi dispetcheri yoki 
topilmalar idorasi xodimi topilgan buyumlarni olib kelgan shaxs ishtirokida unutilgan buyumlarning 
ro‘yxati bilan ikki nusxada dalolatnoma tuzishi shart. 
85. Dalolatnoma tuzilgandan keyin omborchidan ikki nusxaga ham tilxat olinib, bittasi 
tashuvchida qoldiriladi, boshqasi esa omborxonaga topshirish uchun omborchiga barcha buyumlar 
bilan birgalikda beriladi.
86. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi yoki tashuvchining navbatchi dispetcheri 
yo‘lovchining avtotransport vositasida unutib qoldirgan buyumlarni qidirishga tegishli bo‘lgan 
savollariga tushuntirish berishi shart. 
V bob. Yo‘lovchilar avtovokzallari (avtostansiyalari) 
87. Avtovokzallar (avtostansiyalar) aholi yashash joylarida hamda avtomobil yo‘llari 
trassalarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va xalqaro, shaharlararo hamda shahar atrofida 
qatnovchi avtobus yo‘nalishlarida avtobuslar harakatiga tezkor rahbarlik qilish, foydalanish xizmat 
xonalarini va haydovchilarning dam olish xonalarini joylashtirish uchun tashkil etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Har bir avtovokzal belgilangan namunadagi o‘z pasportiga ega bo‘lishi kerak. Pasport 
O‘zbekiston avtomobil transport agentligi tomonidan beriladi.
(87-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-
iyundagi 434-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 
09/18/434/1339-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
88. Avtovokzallar (avtostansiyalar) muayyan toifa va klasslarga bo‘linadi. Yo‘lovchilar 
avtokzallari (avtostansiyalari)ni toifalarga va klasslarga kiritish tartibini, ularning funksiyasini, 
ishlarning texnologik jarayonini belgilovchi Nizom O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi 
tomonidan tasdiqlanadi.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son) 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling