O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


-modda. Voyaga yetmagan huquqbuzarliklarning huquqlarini muhofaza qilish


Download 38.71 Kb.
bet3/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

7-modda. Voyaga yetmagan huquqbuzarliklarning huquqlarini muhofaza qilish
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburiy tarbiyaviy ta’sir chora-tadbirlarini qo‘llash, shu jumladan: yetkazilgan aziyat g‘uborini ko‘tarish majburiyatini yuklash, jarima solish, ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, axloq-tuzatish ishlariga yuborish, hibsga olish, ozodlikdan mahrum etish, ularni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish faqat sudning hukmiga yoki tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shaxsning huquqlariga rioya etilishini va uning qadr-qimmati hurmat qilinishini, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar ancha insonparvar rejimda saqlanishini kafolatlaydi, ozodlikdan mahrum qilish joylarida ularning ahvolini xalq deputatlari Kengashlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi uchun shart-sharoit yaratadi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlik uchun sodir etgan jinoyatlarning og‘irlik darajasi va ularning yoshini hisobga olib, ozodlikdan mahrum qilish joylarida tabaqalashtirilgan rejimda saqlash nazarda tutiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
8-modda. Yoshlarning ta’lim sohasidagi huquqlari
O‘quvchilar va talabalarning o‘quv-tarbiya muassasalari ma’muriyati bilan o‘zaro munosabatlardagi huquq va burchlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, shuningdek tegishli muassasalar o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining qarorlarida belgilanadi. O‘quvchilar, talabalar yoki ularning qonuniy vakillari o‘quv yurtlarining ma’muriyati bilan tegishli qoidalar, shartnoma (bitimlar) ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
O‘quvchilar va talablarni o‘quv jarayoni vaqtida ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday ish ular tanlagan mutaxassislikka mos bo‘lib, o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotining shakli hisoblangan yoxud o‘quvchilar va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ixtiyoriy ravishda jamoa bo‘lib yoki yakka tartibda mehnat qilgan hollar bundan mustasnodir. Mazkur mehnat faoliyatiga mehnat yoki fuqarolik qonunlariga muvofiq tegishlicha rasmiylashtirilgan shartnoma bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quvchilar va o‘quv yurtlarining talabalariga o‘quv ashyolari, darsliklar va maktab kiyimlarini imtiyozli narxlarda sotib olish huquqi beriladi. Mollar ro‘yxati va ularni realizatsiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 5-yanvardagi 4-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling