O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlatning iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi


Download 38.71 Kb.
bet4/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

9-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlatning iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi
Davlat iste’dodli yoshlarni alohida qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar iste’dodli yoshlarni aniqlashda va ularning ijodiy kamol topishida ko‘maklashishlari shart. Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasida fan va texnika, iqtisodiyot, boshqaruv, san’at sohalarida iste’dodli yoshlarni qidirib topishni, ularni muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda moddiy-texnika bazalari bilan ta’minlangan davlat muassasalari, jamoat birlashmalari va komissiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari respublika va mahalliy budjetlar, hamda boshqa manbalardan pul bilan ta’minlanadi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
10-modda. Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish jismoniy, aqliy, axloqiy jihatdan o‘sishni va O‘zbekiston xalqining manfaatlari yo‘lida ijtimoiy kamol topishini ta’minlash uchun yosh fuqarolar va ularning oilalariga beriladigan davlat kafolatlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar uchun:
bepul tibbiy xizmat;
bepul ta’lim olish;
sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda qatnash;
uy-joy qurish, ro‘zg‘or buyumlari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish;
dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta’minlanish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq moddiy kompensatsiya olish huquqi;
ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chog‘ida yoshlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olish;
o‘quvchilar, talaba yoshlar va voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish imtiyozlari;
voyaga yetmaganlarga kompensatsiya to‘lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy ta’minlanish minimumi belgilanadi.
Voyaga yetmaganlarni, yosh fuqarolarning ayrim toifalarini (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan va tarbiyalanib chiqqanlar, o‘quvchilar, talabalar, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan harbiy xizmatchilar, zaxiradagi harbiy xizmatchilar va shu kabilarni) ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar, shuningdek ularning huquqlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori bilan tasdiqlangan “To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat № 1187, 11.11.2002-y.) qarang.

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling