O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning jamoat birlashmalari


Download 38.71 Kb.
bet9/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

19-modda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning jamoat birlashmalari
Respublika yoshlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq hamda erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, shuningdek ularning faolligi va tashabbuskorligini rivojlantirishni o‘zining asosiy maqsadlaridan biri deb bilgan fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgach, ko‘ngilli uyushmasi O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning jamoat birlashmasi deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21—27-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Yoshlar jamoat birlashmasining Ustavi (nizomi, boshqa asosiy hujjati) da a’zo bo‘luvchining yoki qatnashchisining yoshi chegaralab qo‘yilgan (30 yosh) bo‘lishi kerak. Yoshlar jamoat birlashmasidagi 30 yoshdan katta a’zolar (qatnashchilar) ko‘pi bilan yoshlar jamoat birlashmasiga kirganlar jami sonining 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Yoshlarning jamoat birlashmalari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlatning kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqishida qatnashadilar.
IV. YAKUNLOVChI QOIDALAR
20-modda. Ushbu Qonunning ijrosini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning ro‘yobga chiqarilishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va boshqa davlat idoralari nazorat qilib boradilar.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ushbu Qonunning barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar tomonidan aniq va bir tahlitda ijro etilishi ustidan oliy nazorat o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasining Prokurori zimmasiga yuklatiladi.

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling