O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


Download 38.71 Kb.
bet8/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

17-modda. Yoshlar jamg‘armalari
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa ijodiy faoliyatni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning muammolarini hal etishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat-jamoat yoshlar jamg‘armalari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlarning davlat-jamoat jamg‘armalarini tashkil etish, ular faoliyatining tartibi va tashkil bo‘lish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 240-son “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
18-modda. Davlatning yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashi
Davlat yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini, xalq hunarmandchiligi va hunarmandchilik kasb-kori bilan shug‘ullanishi, yoshlar korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlovchilar ro‘yxat tarkibining kamida 75 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil etadigan quyidagi korxonalar: maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus bilim yurtlarining o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarining talabalari, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va joriy etish ishlari olib borish uchun yosh olimlar tomonidan tashkil etilgan korxonalar, shuningdek yoshlar tashkilotlari tuzgan hamda ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan yoshlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar yoshlar korxonalari hisoblanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar korxonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq: qarz olishda, investitsiyalarda, zarur ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanishda, yer maydonlarini olishda, o‘zlarining tijorat tavakkallarini sug‘urtalashda imtiyozlar belgilanadi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling