O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


-modda. Yoshlarning ijtimoiy xizmati


Download 38.71 Kb.
bet6/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

13-modda. Yoshlarning ijtimoiy xizmati
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni, yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, yoshlarning jamoat uyushmalari va ularning korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning fuqaro sifatidagi tashabbuskorligini ro‘yobga chiqarishga yordam ko‘rsatish maqsadlarida yoshlar davlat-jamoat ijtimoiy xizmati amal qiladi.
Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik, huquqiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmaganlar hamda boshqa yosh fuqarolarga maslahat berish;
jismoniy nuqsonlari tufayli juda noqulay sharoitda qolgan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
mehnat va o‘quv jamoalarida yoshlarni huquqiy himoya qilish;
voyaga yetmagan huquqbuzarlarga maxsus tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
ozodlikdan mahrum etish va maxsus tarbiya muassasalaridan qaytgan yosh fuqarolarni ijtimoiy jihatdan tiklash (ko‘niktirish);
yoshlarning jamoa bo‘lib va yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bu faoliyatni rivojlantirish;
huquqiy tashviqot, yoshlarni ishga joylashish, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlik ko‘rish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, turizm va sport bilan shug‘ullanish sohasidagi manfaatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida xabardor etish;
yoshlarning o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini rivojlantirishga;
yoshlarning yashash joylarida o‘z bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etishga ko‘maklashish va yoshlarga yordam ko‘rsatish borasidagi boshqa vazifalarni bajarish.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hududdagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda ijtimoiy xizmatning aniq shaklini belgilaydi.
14-modda. Davlatga taalluqli bo‘lmagan idoralar va fuqarolarni yoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga jalb etish
Yoshlarning jamoat uyushmalarini, boshqa davlatga taalluqli bo‘lmagan tashkilotlarni yoshlarga ijtimoiy jihatdan yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatga jalb etish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va respublikaning boshqa idoralari bilan shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi. Shartnoma yoshlarning talab-ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatning turi va mazmuni, tomonlarning majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki moddiy yordamning shartlari belgilanadi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling