O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini iqtisodiy ta’minlash


Download 38.71 Kb.
bet7/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

15-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini iqtisodiy ta’minlash
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi tadbirlarni pul bilan ta’minlash budjetlar, yoshlar jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar respublika budjeti va mahalliy budjetlar, shuningdek respublika jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlanadi:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi respublikaning kompleks va aniq maqsadli dasturlari;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni hal etishni jadallashtirishga qaratilgan, aniq maqsadlar uchun qilinadigan xarajatlar;
yoshlar jamoat tashkilotlarining ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilinadigan xarajatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va unga bo‘ysunuvchi muassasalarni ta’minlashga ketadigan xarajatlar;
O‘zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalarga muvofiq yoshlarning mintaqalararo miqyosda va xalqaro aloqalarni amalga oshirish uchun qilinadigan xarajatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan yosh fuqarolarni ijtimoiy ta’minlashning kafolatlangan umumdavlat minimumiga qilinadigan xarajatlar;
voyaga yetmagan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar.
16-modda. Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga davlat yordami
Yosh fuqarolar va yosh oilalarga ijtimoiy imtiyozlar, chunonchi: yakka tartibda uy qurish uchun yer ajratish, uy-joy sotib olish, uy-joy qurish kooperativlariga a’zo bo‘lish uchun pay badallari to‘lash, ro‘zg‘or buyumlari sotib olish (shu jumladan chorva mollari sotib olish), uzoq muddat foydalanadigan kundalik uy jihozlari sotib olish, tijorat asosida amal qiladigan o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun haq to‘lash va boshqa maqsadlarga uzoq muddatli kreditlar beriladi. Yoshlarga kreditlar banklar tomonidan kam foiz olish sharti bilan berilib, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan imtiyozli tartibda uziladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Yosh fuqarolarning ayrim toifalariga temir yo‘l, havo, suv, avtomobil transportida (taksidan tashqari) va shahar passajir transportida yurishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 22-dekabrdagi PF-517-son “O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilari va talabalarining har yilgi qishki ta’tili to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling