O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘G‘risida


III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoShLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OShIRISh


Download 38.71 Kb.
bet5/10
Sana18.02.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1211859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yahyobek

III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoShLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OShIRISh
11-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini tashkiliy jihatdan ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ishlab chiqadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va boshqa davlat idoralari, joylarda esa xalq deputatlari Kengashlari ijroiya idoralari zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashining vazifalari, vakolatlari va tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yoshlarga oid davlat siyosati asosidagi tadbirlarni pul bilan ta’minlash o‘lchamlari va ilmiy jihatdan asoslangan ijtimoiy mezonlarini ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va Prezidentiga har yili yoshlarning ahvoli xususida ma’ruza taqdim etadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
12-modda. Yoshlarga oid siyosatni ro‘yobga chiqarishning davlat dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan davlat dasturi negizida amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Davlat dasturining ishlab chiqilishidan va ro‘yobga chiqarilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni, insoniy qadr-qimmatini, o‘ziga xos, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan, ixtiyoriylik va tanlash imkoniyati qoidalari asosida yoshlarning xalq xo‘jaligida mehnat qilishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Davlat dasturini ro‘yobga chiqarishda mulkchilikning turidan qat’i nazar, korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.
Davlat dasturi moddiy resurslar, mehnat resurslari va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanadi.
Mahalliy hokimiyat idoralari kichik dasturlar, shuningdek mustaqil hujjatlar tarzida dasturlar ishlab chiqadilar. Dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi mahalliy budjet mablag‘lari va pul bilan ta’minlashning boshqa manbalaridan amalga oshiriladi.

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling