O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi; 2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri; 3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; 6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori ko‘chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak; 2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi; 3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar; Oldingi tahrirga qarang. 4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. (350-moddaning to‘rtinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza javobgarlar soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling